Ruzieva Dilafruz Faxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi korxonalarida inventarizatsiya o‘tkazish va uning natijalari tahlilini takomillashtirish”, 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. PhD /Iqt4177.
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc..03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qishloq xo‘jaligi korxonalarida inventarizatsiya o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buxgalteriya balansini MHXSga transformatsiya qilish jarayonida inflyasiyani hisobga olgan holda uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash natijalarini hisob va hisobot registrlarida aks ettirish operatsiyalarini korxonaning hisob siyosatiga kiritish orqali asosiy vositalarning balans qiymati aniqlashtirish hamda amortizatsiya xarajatlarining haqqoniyligini ta’minlash taklifi asoslangan;
inventarizatsiya hisobi natijalarini moliyaviy tahlilga integratsiyalashda raqamli ma’lumotlar tahlili, avtomatlashtirilgan hisoblash algoritmlari va vizualizatsiya vositalaridan foydalanishga asoslangan innovatsion usulni ishlab chiqish orqali inventarizatsiya ma’lumotlarini qayta ishlash vaqtini qisqartirish, tahliliy hisobotlar aniqligi va tahliliy qaror qabul qilish tezligini oshirish asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda inventarizatsiya yakunlarini ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari bo‘yicha moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlari tizimi va ularni baholashning analitik usulini ishlab chiqish orqali moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlari qamrovini kengaytirish, jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlarni integratsiyalash darajasi va tahliliy baholash natijasida zaxiralarni optimallashtirish samaradorligini oshirish asoslangan;
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalarining aktivlari, kapitali va majburiyatlaridan samarali foydalanishning optimal ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida inventarizatsiya o‘tkazish va uning natijalari tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy tavsiyalar asosida:
buxgalteriya balansini MHXSga transformatsiya qilish jarayonida inflyasiyani hisobga olgan holda uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash natijalarini hisob va hisobot registrlarida aks ettirish operatsiyalarini korxonaning hisob siyosatiga kiritish orqali asosiy vositalarning balans qiymati aniqlashtirish hamda amortizatsiya xarajatlarining haqqoniyligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-maydagi 02/24-113-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida moliyaviy hisobotlarda aktivlarning inflyasion ta’sirini hisobga olgan holda adolatli qiymatni aks ettirish va korxona moliyaviy ahvolining real ko‘rsatkichlarini ta’minlash imkoni yaratilgan;
inventarizatsiya hisobi natijalarini moliyaviy tahlilga integratsiyalashda raqamli ma’lumotlar tahlili, avtomatlashtirilgan hisoblash algoritmlari va vizualizatsiya vositalaridan foydalanishga asoslangan innovatsion usulni ishlab chiqish orqali inventarizatsiya ma’lumotlarini qayta ishlash vaqtini qisqartirish, tahliliy hisobotlar aniqligi va tahliliy qaror qabul qilish tezligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-maydagi 02/24-113-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida inventarizatsiya jarayonlarida aniqlik va tezlik oshirildi hamda moliyaviy tahlilning vizual va raqamli asosda samarali olib borilishi ta’minlangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda inventarizatsiya yakunlarini ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari bo‘yicha moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlari tizimi va ularni baholashning analitik usulini ishlab chiqish orqali moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlari qamrovini kengaytirish, jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlarni integratsiyalash darajasi va tahliliy baholash natijasida zaxiralarni optimallashtirish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-maydagi 02/24-113-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida ishlab chiqarish va mahsulot sotish jarayonlarining moliyaviy natijalari tahlili yaxshilanib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun analitik ko‘rsatkichlar tizimi shakllantirilgan;
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalarining aktivlari, kapitali va majburiyatlaridan samarali foydalanishning optimal ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-maydagi 02/24-113-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida qishloq xo‘jaligi korxonalarining aktiv va kapitaldan foydalanish samaradorligini baholash va rivojlanishni 2030-yilgacha ilmiy asosda prognoz qilish imkoni yaratilgan.