Abdullaeva Hilola Nasim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Raqamli iqtisodiyot sharoitida insonning liderlik kapitali orqali mehnat unumdorligini oshirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3058.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Tagaev Behzod Ergashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shoyusupova Nargiza Turgunovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharoitida insonning liderlik kapitali orqali mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashkilot tuzilmasiga ko‘ra mehnat faoliyatiga muvofiq liderlarni taqsimlash jarayonining sifat belgilariga ko‘ra ularni “transformatsion lider”, “lider-brend”, “lider-ilm” va “IEL” (inson-ekologiya lider) darajalari bo‘yicha guruhlashning maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalari kooperatsion aloqalarini rivojlantirish, hamkor liderlarni umummaqsadga yo‘naltirish, jarayonni o‘zaro optimallashtirish, liderlar mehnat unumdorligini oshirish va “ustoz-shogird an’anasi” sharoitida yangi liderlarni izdosh rahbar (rahbar-gibrid) bilan biriktirish yondashuvining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
muayyan tuzilma rahbarini o‘z sohasida rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishda uni boshqa tuzilmalarga muayyan muddatga o‘tkazishga ko‘ra bilim va kasbiy mahoratini yanada boyitish va rivojlanishiga asos bo‘lishi hamda liderlar almashinuvi – yetakchilik munosabatlariga, umummaqsadlarga erishishda ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni rivojlantirishga asoslangan yondashuvni joriy etish taklifi asoslangan;
korxona (tuzilma) rahbarlari faoliyati samaradoriligini oshirishda ularning uzlyuksiz ta’limiga zarur shart-sharoitlar yaratish va rahbarlarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim olishlariga ko‘ra sinergetik samaradorlikni oshirish chora-tadbirlar tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida rahbar xodimlar mehnat unumdorligini oshirishda inson kapitaliini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashkilot tuzilmasiga ko‘ra mehnat faoliyatiga muvofiq liderlarni taqsimlash jarayonining sifat belgilariga ko‘ra ularni “transformatsion lider”, “lider-brend”, “lider-ilm” va “IEL” (inson-ekologiya lider) darajalari bo‘yicha guruhlashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi PQ-4472-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-ilova 3-bobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining 2024-yil 3-oktyabrdagi 02-1470-sonli ma’lumotnomasi). Taklif liderlarning o‘rni va majburiyatlarini ularning qobiliyatlari va kasbiy fazilatlariga muvofiq aniqroq taqsimlash natijasida resurslardan yanada samarali foydalanish, qaror qabul qilish va maqsadlarga erishish vaqtini qisqartirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalari kooperatsion aloqalarini rivojlantirish, hamkor liderlarni umummaqsadga yo‘naltirish, jarayonni o‘zaro optimallashtirish, liderlar mehnat unumdorligini oshirish va “ustoz-shogird an’anasi” sharoitida yangi liderlarni izdosh rahbar (rahbar-gibrid) bilan biriktirish yondashuvining maqsadga muvofiqligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 467-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining 2021-yil II yarim yilligi uchun faoliyati ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va samaradorligini baholashning tashkiliy sxemasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining 2024-yil 3-oktyabrdagi 02-1470-sonli ma’lumotnomasi). Taklif tajribali liderlar va yangi ishchilar o‘rtasida chuqur bilim va tajriba almashishga erishish, hamkorlikni mustahkamlash va innovatsion rivojlanish imkoniyatlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga muayyan daorajada xizmat qilgan;
muayyan tuzilma rahbarini o‘z sohasida rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishda uni boshqa tuzilmalarga muayyan muddatga o‘tkazishga ko‘ra bilim va kasbiy mahoratini yanada boyitish va rivojlanishiga asos bo‘lishi hamda liderlar almashinuvi – yetakchilik munosabatlariga, umummaqsadlarga erishishda ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni rivojlantirishga asoslangan yondashuvni joriy etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi 548-son “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining 2024-yil 3-oktyabrdagi 02-1470-sonli ma’lumotnomasi). Taklif rahbarlar faoliyat sohalaridagi qiyinchiliklar va imkoniyatlarni chuqurroq tushunish, rahbarlar o‘rtasida yaqin va o‘zaro manfaatli munosabatlarni shakllantirish, ma’lumotlarni yanada samarali va tezkor almashish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
korxona (tuzilma) rahbarlari faoliyati samaradoriligini oshirishda ularning uzlyuksiz ta’limiga zarur shart-sharoitlar yaratish va rahbarlarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim olishlariga ko‘ra sinergetik samaradorlikni oshirish chora-tadbirlar tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining 2024-yil 3-oktyabrdagi 02-1470-sonli ma’lumotnomasi). Taklif bilimga asoslangan faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan o‘z faoliyatida samaradorlikning eng yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlayotgan xodimlarga ularning lavozim maoshining ikki baravari miqdorida shaxsiy ustamalar belgilash huquqini joriy qilishga muayyan darajada xizmat qilgan.