Rosstal`naya Alla Leont`evnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarda shaxsiylashtirilgan respirator yordam”, 14.00.37 – Anesteziologiya i reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc /Tib1156.
Ilmiy rahbar: Sabirov Djurabay Marifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Sichev Aleksandr Anatol`evich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Ibragimov Nematjon Komiljonovich, tibbiyot fanlari doktori; Xamraeva Gul`chexra Shaxobovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Federal davlat byudjet ilmiy muassasasi “Federal reanimatologiya va reabilitologiya ilmiy-klinik markazi” (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarda shaxsiylashtirilgan respirator terapiyasining moslashtirilgan usullarini qo‘llash orqali reanimatsion tadbirlar va respirator qo‘llab-quvvatlash kompleksining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlarda respirator qo‘llab-quvvatlashning dastlabki bosqichida yuqori chastotali oqimli o‘pka sun’iy ventilyasiyasi algoritmining samaradorligi qondagi parsial kislorod bosimi darajasi va oksigenatsiya indeksining nisbati sezilarli darajada ortishi, gaz almashuvi parametrlarini yaxshilanishi, ventilyasiya- perfuziya nisbatlarining optimallashishi, tizimli va miya gemodinamikasi barqarorlashishi, xamda gipoksiya va giperkapniyaning sezilarli pasayishi hisobiga isbotlangan;
yuqori chastotali oqimli o‘pka sun’iy ventilyasiyasini singan qovurg‘alari tashqi fiksatsiya qilingan og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlarda shaxsiylashtirilgan respirator qo‘llab-quvvatlash tarkibiga kiritilishining samaradorligi ushbu bemorlarda o‘pka sun’iy ventilyasiyasining butun davri davomida kalla ichi bosimni pasaytirishi va miya tomirlarining spazmlarini keltirib chiqarmasdan miya perfuziyasini oshirishi hisobiga asoslangan;
og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlar uchun shaxsiylashtirilgan respirator qo‘llab-quvvatlashning noqulay natijalarining xavfli ko‘rsatgichlari miya va tizimli mexanizmlarining gipoksiya, giperkapniya va neyrovegetativ buzulishlarning o‘zaro ta’sirining kasallik kechishida prognostik qiymatligi isbotlangan;
og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlarda vibroakustik terapiyasining qo‘llanishi samaradorligi transpulmonal bosimning past bo‘lishi, qondagi kislorodning parsial bosimi va oksigenatsiya indeksining nisbati 300 dan ortishi hisobiga asoslagan va singan qovurg‘alarni tashqi fiksatsiyasiz og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlarda uni reanimatsion tadbirlari kompleksida qo‘llash ko‘rsatmalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarda shaxsiylashtirilgan respirator yordamni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.07.2025 y. 21/74-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlarda respirator qo‘llab-quvvatlashning dastlabki bosqichida yuqori chastotali oqimli o‘pka sun’iy ventilyasiyasi algoritmining samaradorligi qondagi parsial kislorod bosimi darajasi va oksigenatsiya indeksining nisbati sezilarli darajada ortishi, gaz almashuvi parametrlarini yaxshilanishi, ventilyasiya- perfuziya nisbatlarining optimallashishi, tizimli va miya gemodinamikasi barqarorlashishi, xamda gipoksiya va giperkapniyaning sezilarli pasayishi hisobiga isbotlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Chegara qo‘shinlari Harbiy gospitali 2025-yil 26-maydagi 29.20/480-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali 2025-yil 1-martdagi 51/12-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan usul yuqori salmog‘i ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. YuCh O‘S dan foydalanishi mazkur bemorlarda Glazgo natijalar shkalasi bo‘yicha o‘rtacha 40,91% ga yuqori ball bilan ifodalanishi va respirator qo‘llab-quvvatlash davomiyligining 42,7% ga qisqarganligini hisobiga bemorlarni layoqatsizlik muddatini qisqartirish va chuqur nogironlikni oldini olish uchun imkon yaratgan. Bemorlarning intensiv terapiya davomiyligini va umuman shifoxonada qolish muddati qisqartirgan, og‘ir nogironlik va o‘limning oldini olishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: og‘ir qo‘shma bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlarning respirator qo‘llab-quvvatlashda YuCh O‘SV dan foydalanish koma holatidan tiklanishni 11,88±2,63 kundan 4,21±1,04 kungacha tezlashtirishga imkon bergan va shu bilan intensiv terapiya bo‘limida o‘tkaziladigan vaqtni 23,45±2,91 kundan 6,52±1,11 kungacha qisqartirgan, bu esa har bir bemor uchun yotoq kuniga 3,57 million so‘m yoki usulni joriy etish miqyosida 21111872 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: og‘ir qo‘shma bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlarda respirator qo‘llab-quvvatlash kompleksida YuCh O‘SV dan foydalanish bemorlarning intensiv terapiya davomiyligini va umuman shifoxonada qolish muddati qisqartirgan, og‘ir nogironlik va o‘limning oldini olishga imkon bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yuqori chastotali oqimli o‘pka sun’iy ventilyasiyasini singan qovurg‘alari tashqi fiksatsiya qilingan og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlarda shaxsiylashtirilgan respirator qo‘llab-quvvatlash tarkibiga kiritilishining samaradorligi ushbu bemorlarda o‘pka sun’iy ventilyasiyasining butun davri davomida kalla ichi bosimni pasaytirishi va miya tomirlarining spazmlarini keltirib chiqarmasdan miya perfuziyasini oshirishi hisobiga asoslanganligi O‘zbekiston Respublikasi Chegara qo‘shinlari Harbiy gospitali 2025-yil 26-maydagi 29.20/480-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali 2025-yil 1-martdagi 51/12-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: singan qovurg‘alari tashqi fiksatsiya qilingan og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlar uchun shaxsiylashtirilgan respirator qo‘llab-quvvatlashdan foydalanishi kalla ichi bosimni pasayishi va miya tomirlarining spazmlarini keltirib chiqarmasdan miya perfuziyasini oshirishi orqali bemorlar sun’iy o‘pka ventilyasiyasida qolish muddatini qisqartiradi va o‘lim ko‘rsatgichini 21,05% dan 2,7% gacha kamaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: singan qovurg‘alarni tashqi fiksatsiyadan keyin, OQBMJ bo‘lgan bemorlarda YuCh O‘SV dan foydalanish bemorlar sun’iy o‘pka ventilyasiyasida qolish muddatini 13,24±3,1 kundan 5,82±1,2 kungacha, shuningdek intensiv terapiyada bo‘lish muddatini 23,45±2,91 kundan 6,52±1,11 kungacha qisqartirishga, ya’ni har bir bemor uchun 7757247 so‘m va usulni qo‘llash miqyosida (n=37) 294775386 so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: og‘ir qo‘shma bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlarda respirator qo‘llab-quvvatlash kompleksida YuCh O‘SV dan foydalanish respirator qo‘llab-quvvatlashga sarflanadigan vaqtni qisqartirishga imkon bergan va qonning kislorod bilan to‘yinganligi yaxshilanganligi sababli miya tomirlarining spazmisiz kalla ichi bosimini ishonchli tarzda kamaytirish va hushiga kelish vaqtining tezlashishtirishga qaratilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlar uchun shaxsiylashtirilgan respirator qo‘llab-quvvatlashning noqulay natijalarining xavfli ko‘rsatgichlari miya va tizimli mexanizmlarining gipoksiya, giperkapniya va neyrovegetativ buzulishlarning o‘zaro ta’sirining kasallik kechishida prognostik qiymatligi isbotlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Chegara qo‘shinlari Harbiy gospitali 2025-yil 26-maydagi 29.20/480-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali 2025-yil 1-martdagi 51/12-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: shaxsiylashtirilgan respirator qo‘llab-quvvatlashning salbiy natijalari uchun kritik chegaralarni aniqlash kasallikni oqibatlarini o‘z vaqtida bashoratlash va chuqur nogironlik yoki o‘limga olib keladigan natijalarning oldini olish imkonini yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi taklif etilgan usul yuqori salmog‘i ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, salbiy natijalarni erta bashorat qilish intensiv terapiya xarajatlarini har bir bemor uchun 1441700 so‘mni, joriy etilish ko‘lami (n=166) bo‘yicha 239322200 so‘mni tejashga imkon yaratilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlarda vibroakustik terapiyasining qo‘llanishi samaradorligi transpulmonal bosimning past bo‘lishi, qondagi kislorodning parsial bosimi va oksigenatsiya indeksining nisbati 300 dan ortishi hisobiga asoslagan va singan qovurg‘alarni tashqi fiksatsiyasiz og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlarda uni reanimatsion tadbirlari kompleksida qo‘llash ko‘rsatmalari takomillashtirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Chegara qo‘shinlari Harbiy gospitali 2025-yil 26-maydagi 29.20/480-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali 2025-yil 1-martdagi 51/12-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: singan qovurg‘alarni tashqi fiksatsiyasiz og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli (OQBMJ) bo‘lgan bemorlarda vibroakustik terapiyadan foydalanish bemorlarning respirator qo‘llab-quvvatlash muddatini qisqartirish, nafas olish va nevrologik dinamikani yaxshilashga imkon yaratgan, bu esa nogironlik va o‘lim ulushini kamaytirishga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan singan qovurg‘a tashqi fiksatsiyasisiz og‘ir qo‘shma bosh miya jarohatli bemorlarda vibroakustik terapiyasidan foydalanish har bir bemor uchun reanimatsiya xarajatlarini 8195208 so‘mga, joriy etish ko‘lami (n=37) bo‘yicha esa 303222696 so‘mni tejashga imkon bergan. Xulosa: og‘ir qo‘shma bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlarni respirator qo‘llab-quvvatlashda yuqori chastotali o‘pka sun’iy ventilyasiyadan algoritmlaridan foydalanish serebral perfuzion bosimini oshirish, kalla ichi bosimni kamaytirish va to‘qimalarni oksigenatsiyasini maqbullashtirish hisobigan bemorlarning sun’iy o‘pka ventilyasiyasi apparatida bo‘lishi muddatini o‘rtacha 7,91 kunga reanimatsiya bo‘limida davolanish umumiy muddatini o‘rtacha 16,92 kunga qisqartirish imkon berganligi qayd etilgan.