Xo‘janazarov Zayniddin Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “SMART texnologiyasidan foydalanib talabalarning o‘qitish natijalarini baholash metodikasini takomillashtirish” 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped8015. Ilmiy rahbar:Alimov A’zam Anvarovich pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05.
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod Gulomovich texnika fanlari doktori, professor, Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi SMART texnologiyasidan foydalanib talabalarning o‘qitish natijalarini baholash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar o‘qitish natijalarini baholashda samaradorlik va aniq natijalarga erishish uchun baholashning zamonaviy texnologiyalari tahlil qilingan SMART texnologiyasining diagnostik imkoniyatlari asosida talabalarning bilim darajasini avtomatlashtirilgan tarzda baholash usuli ishlab chiqilgan;
baholash jarayonini innovatsion yondashuvlar (Autoproctoring) orqali optimallashtirishga mo‘ljallangan hamda, o‘qitishning zamonaviy talablari bilan uyg‘unlashgan pedagogik model yaratilgan;
LMS platformasiga integratsiya qilingan, foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan, mobil hamda web-platformalarda ishlash imkoniyatiga ega, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini tahlil qilishga moslashtirilgan dasturiy vosita ishlab chiqilgan;
pedagogik model va dasturiy vositani amaliyotda sinab ko‘rilgan, tajriba-sinov natijalari tahlil qilingan va ularning samaradorligi bo‘yicha xulosalar hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning o‘qitish natijalarini baholash metodikasini SMART texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy tavsiyalar milliy va xorijiy ilg‘or tajribalarni qiyosiy tahlil qilish natijasida shakllantirildi. Ushbu yondashuv asosida mutaxassislik fanlaridan interfaol, ko‘p modulli elektron o‘quv kurslari yaratilib, “Moodle” platformasida joriy etildi hamda mustaqil ishlarni baholash uchun SMART texnologiyalariga asoslangan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tavsiyalar “Axborot tizimlarining interfeyslarini loyihalash” fanidan mustaqil ishlarni ob’ektiv baholashda amalda qo‘llanildi.(Adabiyot kiritilishi kerak ya’ni o‘quv qo‘llanma)
talabalarning baholashga doir SMART texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va ilmiy xulosalar AIF 2/20 – “Texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish” (2020–2022 yy.) mavzusidagi xalqaro grant loyihalar amalga oshirish uchun jaroyonga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 10-noyabrdagi 89-05-154-son ma’lumotnomasi). Bu tavsiya va xulosalar oliy ta’lim tizimida SMART texnologiyalarini joriy etish jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.
bundan tashqari, talabalar uchun mustaqil ta’limni samarali tashkil etish maqsadida “Axborot tizimlarining interfeyslarini loyihalash” fanidan SMART texnologiyalariga asoslangan elektron o‘quv kursi ishlab chiqildi va Farg‘ona politexnika instituti, Jizzax politexnika instituti hamda Buxoro muhandislik-texnologiya institutining masofaviy ta’lim shaklidagi 5321700 – “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi faoliyatiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 10-noyabrdagi 89-05-154-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, “Axborot tizimlarining interfeyslarini loyihalash” fanidan elektron darslik ishlab chiqilib, Guvohnoma № DGU 20227086 bilan tasdiqlandi. Mazkur elektron o‘quv kursi bo‘lajak muhandislarning mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish jarayonida SMART texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.