Raxmonova Mehrixon Xoshimovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy potensialini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim  va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped 2822
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karimova Muqaddasxon Otajonovna, pedagogika fanlari nomzodi,  dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nafisa Shavkatovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. Baxramov Anvar Axrarovich fizika- matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy potensialini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining  kasbiy potensialini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini faol fikrlash orqali muammoli vaziyatlarni to‘rt bosqichli kombinasiyalash (1-muammolarni aniqlash-tasniflash; 2-soddadan murakkabga o‘tish; 3-vaziyatlarni kompleks bog‘lash; 4-tajribani umumlashtirish-tatbiq etish), ta’limiy axborotlarni individual ta’lim traektoriyasiga identifikasiya qilish orqali o‘z darajasini belgilashga qaratilgan innovatsion yondashuv asosida aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy potensialini rivojlantirish modeli spiral-ekosistema asosida rivojlantirish (diagnostika, didaktik ta’lim, teskari amaliyot va refleksiya) bosqichlarini axborot, o‘quv va kasbiy rivojlanish muhitlari bilan integratsiyalash orqali ijodiy faollikni oshirish trayektoriyasi bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy potensialini rivojlantirish metodikasi interaktiv immersiv resurslar, virtual va video darslarni kogerent, signal, redundans va modulyarlik prinsiplari asosida loyihalash hamda ularni kasbiy rivojlanishga bo‘lgan qiziqishlari darajasiga parallel ravishda bosqichma-bosqich integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini  kasbiy potensialini rivojlantirish metodikasi samaradorligi refleksiv va ta’lim jarayonlarini konstruksiyalash, vaziyatli topshiriqlarni bosqichma-bosqich tatbiq etish va individual rivojlantiruvchi treninglar hamda pedagogik jarayonning kommunikativligini izchillik va uzviylik prinsiplariga  mos ta’minlash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining  kasbiy potensialini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini faol fikrlash orqali muammoli vaziyatlarni to‘rt bosqichli kombinasiyalash (1-muammolarni aniqlash-tasniflash; 2-soddadan murakkabga o‘tish; 3-vaziyatlarni kompleks bog‘lash; 4-tajribani umumlashtirish-tatbiq etish), ta’limiy axborotlarni individual ta’lim traektoriyasiga identifikasiya qilish orqali o‘z darajasini belgilashga qaratilgan innovatsion yondashuv asosida aniqlash bo‘yicha tavsiyalar «O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzlyuksiz kasbiy rivojlanish» o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrigi bilan tasdiqlangan 789626-raqamli guvohnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar kasbiy mahoratini uzlyuksiz oshirish, o‘quv ehtiyojlarini aniqlash, yangi axborotni ijobiy va tanqidiy idrok etishga, muammolarni yechishning yangi usullarini topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishgan; 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy potensialini rivojlantirish modeli spiral-ekosistema asosida rivojlantirish (diagnostika, didaktik ta’lim, teskari amaliyot va refleksiya) bosqichlarini axborot, o‘quv va kasbiy rivojlanish muhitlari bilan integratsiyalash orqali ijodiy faollikni oshirish trayektoriyasi bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar «O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzlyuksiz kasbiy rivojlanish» o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrigi bilan tasdiqlangan 789626-raqamli guvohnomasi). Natijada o‘qituvchilarning uzlyuksiz kasbiy rivojanish trayektoriyasini loyihalash va amalga oshirish samaradorligini ko‘tarishga erishilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy potensialini rivojlantirish metodikasi interaktiv immersiv resurslar, virtual va video darslarni kogerent, signal, redundans va modulyarlik prinsiplari asosida loyihalash hamda ularni kasbiy rivojlanishga bo‘lgan qiziqishlari darajasiga parallel ravishda bosqichma-bosqich integratsiya qilish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan malaka oshirish kurslari uchun «O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzlyuksiz kasbiy rivojlanish» o‘quv modulining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 6-iyuldagi 04-02/3-607-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning kasbiy mahoratini uzlyuksiz oshirish, o‘quv ehtiyojlarini aniqlash, murakkab vaziyatlarda optimal qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini  kasbiy potensialini rivojlantirish metodikasi samaradorligi refleksiv va ta’lim jarayonlarini konstruksiyalash, vaziyatli topshiriqlarni bosqichma-bosqich tatbiq etish va individual rivojlantiruvchi treninglar hamda pedagogik jarayonning kommunikativligini izchillik va uzviylik prinsiplariga  mos ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalar “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 6-iyuldagi 04-02/3-607-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish va malaka oshirish ta’lim  sifat ko‘rsatkichlarining oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish