Hamroev Rustam Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gazlarni MDEA yordamida nordon komponentlardan tozalash qurilmalari uchun ko‘piklanishga qarshi agentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T4369.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Rasulbek Jumyazovich, texnika fanlari doktori; Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professoi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gazlarni MDEA yordamida nordon komponentlardan tozalash qurilmalari uchun ko‘piklanishga qarshi agentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
GTKS-6 ko‘pik so‘ndirgichini qo‘llash davomiyligi 330 minutga yetganda MDEA eritmasi 4 mm balandlikdagi ko‘pik hosil qilishi, 360 minutda esa ushbu ko‘pikning balandligi 12 mm ni tashkil etishi stend sinovlari asosida isbotlangan;
assimetrik plyonka kerakli bir qalinlikda muvozanatga erishganda, uning ko‘pik plyonkasining mustahkamligiga ta’siri birlashtiruvchi bosimi izotermasidagi to‘siq balandligiga bir xil balandlikda bog‘liq bo‘lishi isbotlangan;
Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi ishchi MDEA eritmasini ko‘piklanish ko‘rsatkichlarini va ko‘pik so‘ndirgichlar uning ko‘piklanishiga qarshi samaradorligi aniqlagandan so‘ng, filtrlash va adsorbsion tozalash o‘tgandan keyingi tarkibi aniqlanib, unda 35% li MDEA suvli eritmasi massaviy ulushi - 98,33% gacha oshishi isbotlangan;
MDEA eritmasi tarkibidan mexanik zarrachalardan tozalashda Faudi GmbH kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan QAFCO 4 filtridan foydalanib, NWC CARBON kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi NWM®AR Super markadagi faollashtirilgan ko‘mirdan adsorbsion tozalash usuli ishlab chiqilgan;
gazlarni MDEA yordamida nordon komponentlardan tozalash qurilmalari uchun ko‘piklanishga qarshi agentlarni olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gazlarni MDEA yordamida nordon komponentlardan tozalash qurilmalari uchun ko‘piklanishga qarshi agentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
olingan gazlarni MDEA yordamida nordon komponentlardan tozalash qurilmalari uchun ko‘piklanishga qarshi agentlarni resepturasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2025 yil 03 martdagi 03-929-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 35%li MDEA suvli eritmasi filtrli va adsobsion tozalashdan o‘tkazilgandan so‘ng, MDEAning massaviy ulushi – 98,33% gacha oshirish imkonini beradi;
gazlarni MDEA yordamida nordon komponentlardan tozalash jarayonlari uchun ko‘pik so‘ndirgichlar olish va gazlarni absorbsion tozalashning kombinatsion texnologik tizimi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2025 yil 03 martdagi 03-929-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘pik so‘ndirgichning qo‘llash davomiyligi 300 minutgacha bo‘lgan vaqt ichida ko‘piklanish kuzatilmaganligi ko‘pik so‘ndirgichning qo‘llash davomiyligi 330 minutga etganda MDEA eritmasi 4 mm balandlikdagi ko‘pik hosil qilishi, 360 minutda esa ushbu ko‘pikning balandligi 12 mm ga etkazish imkonini beradi.