Turmanova Ulbosin Maxmutovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan kupratlarda Boze-suyuqlikli o‘ta o‘tkazuvchanlik va magnit maydon kirish chuqurligi”, 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1114
Ilmiy rahbar: Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Jumaev Mustaqim Rofievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Muxtarov Adil Pazilovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot ishining maqsadi uch o‘lchamli Boze-suyuqlik nazariyasi doirasida Boze-suyuqlikli o‘ta o‘tkazuvchanlik nazariyasini rivojlantirish, past va yuqori haroratlarda legirlangan YuHO‘O‘ kupratlarga London magnit maydoni kirish chuqurligining noodatiy haroratga bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch o‘lchamli Boze-suyuqlikli o‘ta o‘tkazuvchanlik nazariyasi legirlangan YuHO‘O‘ kupratlar uchun BKSh-simon Fermi-suyuqlikli nazariyalariga nisbatan ushbu kupratli o‘ta o‘tkazuvchan materiallarda yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchanlikni ta’riflashda eksperimental natijalar bilan yaxshi mos kelishi ko‘rsatilgan;
ikki turli xil T_c^*<T<T_c va 0≤T≤T_c^* harorat oraliqlarida yuqori haroratli kupratli o‘ta o‘tkazgichlarning uch o‘lchamli Boze-suyuqlikli o‘ta o‘tkazuvchanligining ikki xil (tirqishli va tirqishsiz) rejimlari mavjud bo‘lishi mumkinligi isbotlangan;
yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan kupratlarda T>T_c^* haroratida o‘ta oquvchan Boze-suyuqligining uyg‘onish spektrida energetik tirqishning ochilishi va uning ushbu materiallarda mavjud bo‘lmasligi mos ravishda Gorter-Kazimirning aniqlashtirilgan formulasi bilan ta’riflangan magnit maydoni kirish chuqurligining noodatiy eksponensial va darajali ravishda haroratga bog‘liqligida namoyon bo‘lishi birinchi marta ko‘rsatilgan;
yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan kupratlarda noodatiy uch o‘lchamli Boze-suyuqlikli o‘ta o‘tkazuvchanligi va yangi o‘ta o‘tkazuvchanlik tartiblanish parametrining haroratga kinksimon bog‘liqligi T_c dan past bo‘lgan T_c^* xarakterli harorat yaqinida magnit maydoni kirish chuqurligining haroratga g‘ayrioddiy kinksimon bog‘liqligiga sabab bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan kupratlarda Boze-suyuqlikli o‘ta o‘tkazuvchanlik va magnit maydonining kirish chuqurligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan kupratlarda uch o‘lchamli Boze-suyuqlikli o‘ta o‘tkazuvchanlik nazariyasini asoslashga oid natijalardan Qizil-qiya gumanitar pedagogika instituti o‘quv jarayonida “Kvant fizikasi” kursi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi doirasida foydalanilgan (Qizil-qiya gumanitar pedagogika institutining 2025-yil 14-apreldagi 126-sonli xatiga asosan). Natijalardan foydalanish talabalarning kondensirlangan holat fizikasining zamonaviy muammolari, xususan, legirlangan yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan kupratlarni tavsiflashda ikki rejimli Boze-suyuqlik modelini qo‘llash, noodatiy o‘ta o‘tkazgichlarga London magnit maydonining kirish chuqurligini nazariy sonli hisoblashlarni amalga oshirish haqidagi tasavvurlarini kengaytirish imkonini bergan;
olingan natijalar xorijiy tadqiqotchilar tomonidan ham foydalanilgan (xalqaro ilmiy jurnallarda havolalar: Physical Review B 109, 014512, 2024; Applied Sciences 2025, 15(4), 2225). Ilmiy natijalardan foydalanish o‘ta o‘tkazuvchan energiya kengligining umumiy simmetriyasi uchun mikroskopik hisob-kitoblarga asoslangan magnit maydoni kirish chuqurligi λ(T) ning kompleks nazariy ifodasini aniqlashga xizmat qilgan.