Tojiboev Davronbek Davlatalievich 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “VVR-SM reaktori issiqlik ustunining xizmat muddatini solishtirma elektr qarshiligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi asosida baholash uslubi», 01.04.01 - Eksperimental fizikaning asboblari va usullari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6073
Ilmiy rahbar: Kungurov Faxrulla Raxmatullaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Kurbanov Baxtiyar Ibragimovich, texnika fanlari doktori, professor;  Sairanbaev Darxan Sergazievich, falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti                                      
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neytronlar oqimi va haroratga bog‘liq holda solishtirma elektr qarshiligi va issiqlik o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi asosida VVR-SM yadro reaktorining issiqlik ustini grafit elementlarining ishlash muddatini aniqlash uslubini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VVR-SM reaktorining issiqlik ustunida ishlatiladigan GMZ markali grafitining solishtirma elektr qarshiligi va issiqlik o‘tkazuvchanligining o‘zgarishiga qarab foydalanish muddatini baholash uslubi ishlab chiqilgan;
GMZ markali grafit 1.12∙1020 n/sm2 flyuensli neytronlar bilan nurlantirilganda grafit kristall panjarasidagi nuqsonlar sonining ortishi natijasida uning solishtirma elektr qarshiligi 3.4 marta ortishi, issiqlik o‘tkazuvchanligi esa 1.4 marta kamayishi aniqlangan;
birinchi marta issiqlik o‘tkazuvchanlikni 1016 dan 3.5∙1022 n/sm2 gacha bo‘lgan diapozonda GMZ markali grafitning solishtirma elektr qarshiligi bilan bog‘lovchi empirik formula olingan, bu esa issiqlik ustunidan yana 3.08∙107 MVt∙soat foydalanish imkoniyatini bashorat qilish imkonini bergan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: VVR-SM yadro reaktorining issiqlik ustuni grafit elementlarining xizmat muddatini aniqlash uslubini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
VVR-SM reaktorining issiqlik ustunidagi GMZ markali grafitning xizmat muddatini baholash uchun ishlab chiqilgan uslub O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 12-maydagi №2/1255-1149-sonli xati). Ushbu natijalardan foydalanish VVR-SM reaktorining konstruksion materiallari mustahkamlik zaxirasini baholash imkonini bergan;
GMZ markali grafitni neytronlar oqimi bilan nurlantirish natijasida olingan eksperimental ma’lumotlar (solishtirma elektr qarshilikning 3,4 marta ortishi, issiqlik o‘tkazuvchanlikning 1,4 marta kamayishi), shuningdek GMZ markali grafitning issiqlik o‘tkazuvchanligini solishtirma elektr qarshiligiga bog‘liqligini aniqlaydigan empirik formula Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Yadro fizikasi instituti tadqiqot yadro reaktori VVR-Kda qo‘llanilgan (Yadro fizikasi institutining 2025-yil 30-apreldagi №06-06-13/428-sonli xati). Natijalardan foydalanish VVR-K reaktori issiqlik ustunidagi grafit holatini baholash va uning qolgan resursini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish