Sulaymonova Shahnoza Nodirovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 09.00.03 – Falsafa tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal726
Ilmiy rahbar: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmo‘minov Ja’far Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Allanazarov Muhiddin Xayitovich, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Ibn Miskavayhning falsafiy-axloqiy qarashlarida shaxs kamoloti konsepsiyasining ahamiyatini o‘rganish va asl manbalarni germenevtik tahlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn Miskavayhning “Tahzibul axloq” asarida bayon etilgan shaxs kamoloti konsepsiyasi ilk bor zamonaviy falsafiy-metodologik yondashuvlar – germenevtika, komparativistika va akmeologiya asosida ochib berildi, undagi “hikmat” (الحكمة), “iffat” ( العفة), “shijoat” (الشجاعة) va “adolat” (العدالة ) fazilatlari shaxsning ma’naviy-axloqiy etuklik darajasini belgilovchi universal kategoriyalar sifatida konseptual asoslandi;
Mutafakkirning “Tahzibul axloq” hamda “Tartibus saodat” asarlaridagi axloqiy konstruksiyalarda shaxs kamolotiga erishishning uch asosiy omili – nafsni poklash, ilmni egallash va iroda kuchini mustahkamlash o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik falsafiy-aksiologik model tarzida ishlab chiqildi;
Ibn Miskavayhning insonga “mikro olam” (العالم الصغير) sifatidagi yondashuvi zamonaviy holistik konsepsiya bilan qiyoslanib, jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanish jarayonini yagona konseptual birlikda ifodalovchi falsafiy paradigma shaklida  ishlab chiqildi;
Mutafakkirning shaxs kamoloti konsepsiyasi Yangi O‘zbekiston yoshlari tafakkurida ma’naviy etuklik, bag‘rikenglik, ijtimoiy adolat va barqaror jamiyat qurish kabi umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda muhim  metodologik asos sifatida ilmiy asoslab berildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ibn Miskavayhning falsafiy qarashlarida shaxs kamoloti konsepsiyasi”ning amaliy ahamiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
Ibn Miskavayh “Tahzibul axloq” asarida ilgari surgan to‘rt fazilat: “Donishmandlik” (hikmat الحكمة), “Iffat” (iffat العفة), “Shijoat” (shijoat  الشجاعة), “Adolat” (adolat العدالة)ning shaxs kamoloti konsepsiyasi falsafiy-axloqiy asoslarining genezisi ekanligi mantiqiy asoslanganligiga oid xulosalar va dissertatsiya materiallaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yil 5 dekabrdagi  10/198-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 42-bandi “Jamiyatda yoshi ulug‘ nuroniylarga e’tiborni oshirish, ularning ibratli hayot yo‘li, farzandlar tarbiyasidagi boy tajribalaridan foydalanish, keng targ‘ib qilish, bu boradagi ishlarga yangicha ruh berish borasidagi loyihalarni amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan;
Ibn Miskavayh shaxs kamoloti konsepsiyasining axloqiy tarbiya, tinchlik, adolat, ezgulik, do‘stlik, muhabbat, bunyodkorlik, insonparvarlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va ma’rifatga undovchi kamolot mezonlari tizimi turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda mustahkam immunitetni shakllantirish omili ekanligi isbotlangani haqidagi ilmiy xulosalari Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “Buyuk Termiziylar” nomli risolalarning mazmuniga singdirilgan. (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024 yil 18 noyabrdagi  01-07-204-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Termiziy ulamolarining islomiy madaniyat va jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman materiallarini shakllantirishda nazariy-metodik manba sifatida qo‘llanilgan;
Dissertatsiyada Ibn Miskavayh dunyoqarashining genezisi, rivojlanishining falsafiy jihatlarini hamda shaxs kamoloti konsepsiyasining nazariy va g‘oyaviy asoslari ochib berilgan. Yangi O‘zbekistonda Ibn Miskavayhning ilmiy-falsafiy dunyoqarashidagi shaxs kamoloti konsepsiyasining ma’naviy-ma’rifiy, madaniy ahamiyatini hamda bugungi yosh avlodni etuk shaxs va baxtiyor inson sifatida shakllanishida konseptual asos ekanligini ko‘rsatilgan. (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2024 yil 29 noyabrdagi  06-07/798-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Uchinchi Renessans poydevori yaratilayotgan bugungi sharoitda unda arab-musulmon dunyosida falsafiy g‘oyalar evolyusiyasining tarixiy-madaniy sharoitlari, Ibn Miskavayh falsafiy qarashlarining metodologik jihatlari, nazariy va g‘oyaviy asoslari, mutafakkir ilmiy-ma’naviy merosining Sharq falsafiy tafakkuridagi ahamiyati kabi masalalardan, ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalaridan “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman materiallarini shakllantirishda nazariy-metodik manba sifatida foydalanilgan;
 “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvini tayyorlashda Ibn Miskavayh “Tahzibul axloq” asarida ilgari surgan to‘rt fazilat: “Donishmandlik”, “Iffat”, “Shijoat, “Adolat”ning shaxs kamoloti konsepsiyasi falsafiy-axloqiy asoslarining genezisi, Ibn Miskavayh shaxs kamoloti konsepsiyasining axloqiy tarbiya, tinchlik, adolat, ezgulik, do‘stlik, muhabbat, bunyodkorlik, insonparvarlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va ma’rifatga undovchi kamolot mezonlari tizimi turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda mustahkam immunitetni shakllantirish omili ekanligiga oid ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasining 2025 yil 4 fevralagi  01-33/39-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Ibn Miskavayh shaxs kamoloti konsepsiyasining asosiy g‘oyalari mazkur telekanalda mafkuraviy tahdidlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish mazmunidagi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda, targ‘ibot tadbirlarining sifati va samaradorligini oshirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish