Sonaev Sanjar Nurmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, “Neft va gaz sanoati korxonalari resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4651
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Nabieva Saidaxon Abduvahobovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Qosimova Dilorom Sobirovna, i.f.d., Adilova Go‘zal Abdazovna.
Yetakchi tashkilot: “MILLIY TEXNOLOGIK TADQIQOTLAR UNIVERSITETI” “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “O‘zbekneftgaz” AJ ga qarashli korxonalar resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
resurslardan foydalanish samaradorligini baholovchi moslashuvchan ko‘rsatkichli adaptiv indeks model va u asosida adaptiv indeks ko‘rsatkichlar taklif etilgan;
sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida tabiiy gaz iste’molidan samarali foydalanish maqsadida “Selnikell” par qozonidan “Ekonomayzer” qurilmasi bilan birgalikda foydalanish orqali tejamkorlikka erishish asoslangan;
neft-gaz sanoati tizimidagi ishlab chiqarish jarayonlari uchun raqamli monitoring va prognozlashtirishga asoslangan optimallashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
neft va gazni qazib olish va qayta ishlash korxonalarida resurslardan foydalanishni hisobga oluvchi ekonometrik model asosida 2030-yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“O‘zbekneftgaz” AJ va unga qarashli korxonalarda resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Neft-gaz sanoati korxonalari faoliyatini baholash natijasida resurslardan foydalanish samaradorligini baholovchi moslashuvchan ko‘rsatkichli adaptiv indeks modeli taklif etilgan. (“O‘zbekneftgaz” AJ ning 2025 yil 22 avgustdagi 05-18-8-790-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatiga qo‘llash natijasida boshqaruv samaradorligi 2,1 % ga oshgan;
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida tabiiy gaz iste’molidan samarali foydalanish maqsadida “Selnikell” par qozonidan “Ekonomayzer” qurilmasi bilan birgalikda foydalanish orqali tejamkorlikka erishish asoslangan. (“O‘zbekneftgaz” AJ ning 2025 yil 22 avgustdagi 05-18-8-790-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida resurslar iste’moli harajatlari yillik 13% ga tejalgan;
Neft-gaz sanoati tizimidagi ishlab chiqarish jarayonlari uchun raqamli monitoring va prognozlashtirishga asoslangan optimallashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan. (“O‘zbekneftgaz” AJ ning 2025 yil 22 avgustdagi 05-18-8-790-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatiga qo‘llash natijasida ishlab chiqarish xarajatlari 1,8 % ga tejalgan;
Neft va gazni qazib olish va qayta ishlash korxonalarida resurslardan foydalanishni hisobga oluvchi ekonometrik model asosida 2030-yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.