Eshonov Sharof Nurovichnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Orolbo‘yi mintaqasida surunkali buyrak kasalligi tarqalganligi va uning avj olishida xavf xatar omillarini xususiyatlari” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4503.
Ilmiy rahbar: Daminova Kamola Maratovna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Ozimboy Otaxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Mirvosit Mirvosikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy amaliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi mintaqasida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida surunkali buyrak kasalligi tarqalganligi va uning avj olishiga ta’sir etuvchi xavf xatar omillarining xususiyatlari baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbuyi mintaqasi birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalari sharoitida surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash past darajada ekanligi va uni rivojlanishida noan’anaviy xavf omillari inobatga olinmaganligi aniqlangan;
ilk bor Orolbo‘yi aholisi orasida surunkali buyrak kasalligini rivojlanishida an’anaviy xavf omillari bilan bir qatorda iste’mol qiladigan suv manbai, insolyasiya davomiyligi va dengizga yaqin hududda istiqomat qilish kabi mezonlar ham xavf omillari ekanligi isbotlangan;
Orolbo‘yi mintaqasida aholi orasida surunkali buyrak kasalligining rivojlanishi va tez sur’atlarda avj olishiga ta’sir etuvchi noan’anaviy xavf omillari aniqlanib, ularning prognostik ahamiyati asoslangan;
Orolbo‘yi mintaqasining ekologik va demografik xususiyatlarini inobatga olgan holda, xavf guruhlarini stratifikatsiya qilish, skrining ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich baholash, laborator va instrumental testlarning minimal, axborotdor to‘plamini belgilash surunkali buyrak kasalligini erta aniqlash samaradorligini oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Orolbo‘yi mintaqasida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida surunkali buyrak kasalligi tarqalganligi va uning avj olishiga ta’sir etuvchi xavf xatar omilllarining xususiyatlari o‘rganish opqali kasallikni avj olishini oldini olish bo‘yicha olingan natijalap asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Orolbuyi mintaqasi birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalari sharoitida surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash quyi darajada ekanligi va kasallikni rivojlanishida noan’anaviy xavf omillari inobatga olinmaganligi aniqlanganligi QQR Qo‘ng‘irot tumani 26-sonli oilaviy poliklinikasi 11.02.2025 yildagi №17-sonli buypug‘ va 24-sonli oilaviy poliklinikasi 11.02.2025 yildagi №21-sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 20.06.2025 yildagi 20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintaqasida birlamchi birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalarida bemorlarda surunkali buyrak kasalligini o‘z vaqtida aniqlash uning rivojlanishini sekinlashtiradi va oqibatlarini engillashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintaqasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalarida surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash kasallik kechishi prognozlanadi va u bilan noxush oqibatlarni oldi olinib bemorlarni joriy nefrologik bo‘limlarida stasionar davo olish chastotasini kamaytirib ularni ijtimoiy faolligini saqlash imkonini bergan. Xulosa: Orolbo‘yi mintaqasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalarida surunkali buyrak kasalligini erta aniklash uning kechishi bashoratlanadi, avj olishi vaqtini uzaytiradi va dializgacha bulgan vaqtni uzaytirib beradi va u bilan noxush oqibatlarni oldi olinib bemorlarni joriy nefrologik bo‘limlarida stasionar davo olish chastotasini kamaytirib ularni ijtimoiy faolligini saqlanishi imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor Orolbo‘yi aholisi orasida surunkali buyrak kasalligini rivojlanishida an’anaviy xavf omillari bilan bir qatorda iste’mol qiladigan suv manbai, insolyasiyasi davomiyligi va dengizdan qancha masofada istiqomat qilishi kabi mezonlar ham xavf omillari ekanligi isbotlanganligi QQR Qo‘ng‘irot tumani 26-sonli oilaviy poliklinikasi 11.02.2025 yildagi № 17-sonli buypug‘ va 24-sonli oilaviy poliklinikasi 11.02.2025 yildagi № 21-sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 20.06.2025 yildagi 20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda Orolbo‘yi mintaqsida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishiga olib keluvchi noananaviy xavf-xatar omillarining ta’sirini urganish uning erta tashxislashni va shu bilan birga avj olishini sekinlashtiradi va oqibatlarini engillashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintaqsida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishiga olib keluvchi noananaviy xavf-xatar omillarining ta’sirini inobatga olgan holda, bulardan iste’mol qiladigan suv manbai, istiqomat qilish manzilini orol dengizigacha bo‘lgan masofa, erta tashxislashi fonida kasallik faolligi pasayishi, avj olishini kamayishi va uning noxush oqibatlarni oldi olinib bemorlarni joriy nefrologik bo‘limlarida stasionar davo olish chastotasini kamaytirib ularni ijtimoiy faolligini saqlash imkonini bergan. Xulosa: supunkali buypak kasalligida noan’anaviy xavf xatar omillarni inobatga olib kasallik faolligini ishonchli kamayishi fonida buyrak funksiyasi muvofiqlashtirish bilan buyrak etishmovchiligi oqibatlarini oldi olinib bemorlarni joriy nefrologik bo‘limlarida stasionar davo olish sonini kamaytirib ularni ijtimoiy faolligini saqlanishi imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi mintaqasida aholi orasida surunkali buyrak kasalligining rivojlanishi va tez sur’atlarda avj olishiga ta’sir etuvchi noan’anaviy xavf omillari aniqlanib, ularning prognostik ahamiyati asoslanganligi QQR Qo‘ng‘irot tumani 26-sonli oilaviy poliklinikasi 11.02.2025 yildagi №17-sonli buypuq va 24-sonli oilaviy poliklinikasi 11.02.2025 yildagi №21-sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 20.06.2025 yildagi 20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintaqasida Surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida ananaviy omillar bilan birgan noananaviy xavf xatar omillarni kuchli boglikligini inobatga olish bemorlarda kasallikning erta tashxislash, noxush oqibatlarni oldini olish bilan bemorlarni hayot sifatini yaxshilanishi ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintaqasida Surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida an’anaviy omillar bilan birgan noananaviy xavf xatar omillarni baxolash surunkali buyrak kasalligini avj olishini oldini olish bilan bemorlar hayot sifatini yaxshilash orqali ularni joriy nefrologik bo‘limlarida stasionar yotish chastotasini kamaytirib ularni ijtimoiy faolligini saqlash imkonini bergan. Xulosa: Orolbo‘yi mintaqasida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida ananaviy omillar bilan birga noananaviy xavf xatar omillarni kuchli boglikligini inobatga olish erta tashxislash, kasallik faolligi kamayishi va ulapni dializgacha bo‘lgan davpi uzaytipilishi, shuningdek dializga muxtojlap soni kamayishi imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi mintaqasining ekologik va demografik xususiyatlarini inobatga olgan holda, xavf guruhlarini stratifikatsiya qilish, skrining ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich baholash, laborator va instrumental testlarning minimal, axborotdor to‘plamini belgilash surunkali buyrak kasalligini erta aniqlash samaradorligini oshirishi asoslanganligi QQR Qo‘ng‘irot tumani 26-sonli oilaviy poliklinikasi 11.02.2025 yildagi № 17-sonli buypug‘ va 24-sonli oilaviy poliklinikasi 11.02.2025 yildagi № 21-sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 20.06.2025 yildagi 20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintaqasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalari shifokorlari “Surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini erta tashxislash va oldini olish bo‘yicha algoritm va maxsus so‘rovnoma”ni qo‘llashi supunkali buypak kasalligini erta tashxislashi va avj olishini sekinlashtipib bemorlarni dializgacha bo‘lgan davpi uzaytipilishi, shuningdek dializga muxtojlap soni kamayishi ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintaqasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalarida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini erta tashxislash va oldini olish bo‘yicha algoritm va maxsus so‘rovnomani nefrologiya amaliyotiga tadbiq qilinishi kasalligining turli bosqichlarida buyrak etishmovchiligi rivojlanish xavfini prognozlash imkonini berib uning noxush asoratlarini oldini olib avj olishini sekinlashtipish bilan davo samapadoplikni oshipishi tufayli bemoplapning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqapishini hisoblash opqali davolash usuli samapasi aniqlandi. Xulosa: Orolbo‘yi mintaqasida birlamchi tibbiy bo‘g‘inida algoritm va maxsus so‘rovnomani qo‘llash supunkali buypak kasalligini avj olishini sekinlashtipib bemoplap hayot sifatini yaxshilashi va ulapni dializgacha bo‘lgan davpi uzaytipilishi, shuningdek dializga muxtojlap soni kamayishi imkonini bergan.