Abdullaev Ziyodbek Mansurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va nemis tillari antroponimlarining chog‘ishtirma tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Fil888
Ilmiy maslahatchi: Muminov Sidikjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Yulchiev Qahhorjon Vahobovich, ikkinchi rasmiy opponent filologiya fanlari doktori, professor Sobirov Abdulxay Shukurovich, uchinchi rasmiy opponent filologiya fanlari doktori, professor Stefan Engelberg.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va nemis tili antroponimlarini chog‘ishtirma aspektda tadqiq etish orqali ularning tarixiy-etimologik, morfologik, milliy-madaniy hamda pragmatik jihatdan o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
atoqli otlar, xususan, antroponimlar tadqiqining tarixiy tadriji, tasnifiy tizimi, semantik talqini va raqamli kommunikativ makonda yuzaga kelayotgan yangi nominatsion jarayonlar qiyosiy-kontrastiv, lingvokul`turologik hamda kognitiv yondashuvlar asosida kompleks tahlil qilinib, ularga xos referensial, strukturaviy, pragmatik, assotsiativ va ijtimoiy-madaniy funksiyalarning madaniyatlararo muloqot hamda milliy tafakkur bilan uzviy bog‘liqligi nazariy tahlilga tortilgan;
o‘zbek tili antroponimikasi o‘zining tarixiy-etimologik rivojlanishida asosan fors-tojik, arab, mo‘g‘ul, rus tillari va ulardan o‘zlashgan nomlar ta’siri ostida shakllangani holda, nemis tili antroponimikasi etimologik qatlamlariga asosan lotin, yunon, qadimgi yahudiy, fransuz, ingliz tillari kuchli ta’sir ko‘rsatgani ilmiy dalillangan;
o‘zbek va nemis tillari antroponimik tizimlarining morfologik hamda semantik tuzilishi qiyosiy tahlili natijasida o‘zbek tilida antroponimlarning leksik-semantik, affiksatsiya, kompozisiya va qisqartirish asosida hosil bo‘lish jarayonlari yuqori mahsuldor ekani, arab va fors-tojik tillariga xos birliklar asosida shakllangan antropoformantlar tizimga faol singib, yangi yasalish modellari vujudga kelgani; nemis tilida esa antroponimik birliklarning strukturaviy soddaligi, kompozision va qisqa shakllarning funksional jihatdan farqlanishi hamda diniy motivlarning asosan familiya tizimida saqlanib qolganligi ilmiy asoslangan;
o‘zbek tili antroponimlarida jins tarixan asosan semantik va morfologik usul orqali ifodalanishi, nemis tili antroponimik tizimida esa semantik-morfologik usuldan ko‘ra konvensional jins ifodalanishi ommalashayotgani isbotlangan;
o‘zbek ismlari nomlash motivlari nemis tilidagi familiya nomlash motivlari bilan muayyan semantik kesishuvlarga ega ekanligi aniqlanib, har ikkala til murojaat kontekstida antroponimlar nafaqat identifikatsiya va referensiya vositasi, balki ijtimoiy yaqinlik, hurmat, birdamlik, baholash, ta’sir o‘tkazish kabi turli pragmatik maqsadlarni ifodalovchi ko‘p funksiyali birliklar sifatida qo‘llanishi ilmiy xulosalangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va nemis tillari antroponimlarini chog‘ishtirma tadqiq etish orqali erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
atoqli otlar, xususan, antroponimlar tadqiqining tarixiy tadriji, tasnifiy tizimi, semantik talqini va raqamli kommunikativ makonda yuzaga kelayotgan yangi nominatsiya jarayonlari qiyosiy-kontrastiv, lingvokul`turologik hamda kognitiv yondashuvlar asosida kompleks tahlil qilinib, ularga xos referensial, strukturaviy, pragmatik, assotsiativ va ijtimoiy-madaniy funksiyalarning madaniyatlararo muloqot hamda milliy tafakkur bilan uzviy bog‘liqligi haqidagi xulosalardan 2022-2023 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan vebsayt va mul`timedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663-raqamli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat Xoreografiya Akademiyasining 2025 yil 1 maydagi 1/04-220-son ma’lumotnomasi). Natijada chet tillariga tarjima qilinayotgan materiallarda nom va terminlar ekvivalentining aniq va kontekstual mos tarjimasini yaratish imkoniyati yuzaga keldi. Bu esa loyiha materiallarining xalqaro auditoriyaga ham sifatli taqdim etilishiga xizmat qildi;
o‘zbek ismlari nomlash motivlari nemis tilidagi familiya nomlash motivlari bilan muayyan semantik kesishuvlarga ega ekanligi hamda har ikkala til murojaat kontekstida antroponimlar nafaqat identifikatsiya va referensiya vositasi, balki ijtimoiy yaqinlik, hurmat, birdamlik, baholash, ta’sir o‘tkazish kabi turli pragmatik maqsadlarni ifodalovchi ko‘p funksiyali birliklar sifatida qo‘llanishi haqidagi xulosalardan Toshkent davlat agrar agrar universitetida 2024-2025 yillarda bajarilgan AL-672205589-sonli “O‘rmonchilik sohasiga oid atamalarning o‘zbekcha-inglizcha-ruscha-nemischa ilyustrativ elektron lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” nomli grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2025 yil 12 maydagi 1/11-582-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan ishlarning ilmiy asoslanganligi va amaliy qimmati yuqori bo‘lishi ta’minlangan;
o‘zbek tili antroponimikasi o‘zining tarixiy-etimologik rivojlanishida asosan fors-tojik, arab, rus tillari va ulardan o‘zlashgan nomlar ta’siri ostida shakllangani holda, nemis tili antroponimikasi etimologik qatlamlariga asosan lotin, yunon, qadimgi yahudiy, fransuz, ingliz tillari kuchli ta’sir ko‘rsatgani haqidagi xulosalardan Germaniya Federativ Respublikasi Mannhaym shahridagi Laybnis Nemis tili ilmiy tadqiqot instituti (Leibniz Institut für deutsche Sprache)da doktorantlar, talabalar va mustaqil tadqiqotchilar uchun tashkil etilgan o’quv mashg‘ulotlarida foydalanilgan (2024 yil 11 dekabrdagi Germaniya Laybnis nemis tili ilmiy tadqiqot instituti ma’lumotnomasi). Natijada germaniyalik talaba, doktorant va ilmiy tadqiqotchilar uchun o‘zbek tili antroponimik tizimi hamda uning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishish imkoniyati yaratilgan;
o‘zbek tili antroponimlarida jins tarixan asosan semantik va morfologik usul orqali ifodalanishi, nemis tili antroponimik tizimida esa semantik-morfologik usuldan ko‘ra konvensional usul orqali jins ifodalanishi ommalashayotgani aniq misollar asosida isbotlanganligi asosidagi xulosalardan Germaniya Federativ Respublikasi Dortmund shahridagi “Linguaviva Sprachschule Dortmund GmbH” nemis tili markazida tashkil etilgan NW-138-2024-guruhida tinglovchilarda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmasini shakllantirish, nemis tilida shaxs nomlarining murojaat shaklida qo‘llanishini o‘rganishga oid mashg‘ulotlarda amaliy manba sifatida foydalanilgan (Linguaviva Sprachschule Dortmund GmbH til markazining 2025 yil 31 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada nemis tili o‘rganuvchilari nemis tilidagi shaxs nomlarining murojaat aktlaridagi qo‘llanilishi hamda ularning o‘zbek tili antroponimlariga xos xususiyatlardan farqlanishini tizimli tarzda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lgan;
o‘zbek va nemis tillari antroponimik tizimlarining morfologik hamda semantik tuzilishi qiyosiy tahlili natijasida o‘zbek tilida antroponimlarning leksik-semantik, affiksatsiya, kompozisiya va qisqartirish asosida hosil bo‘lish jarayonlari yuqori mahsuldor ekani, arab va fors-tojik tillariga xos birliklar asosida shakllangan antropoformantlar tizimga faol singib, yangi yasalish modellari vujudga kelgani; nemis tilida esa antroponimik birliklarning strukturaviy soddaligi, kompozision va qisqa shakllarning funksional jihatdan farqlanishi hamda diniy motivlarning asosan familiya tizimida saqlanib qolganligiga oid xulosalardan Germaniya Federativ Respublikasi Koln universiteti lektori Eberhard Gade tomonidan filologiya yo‘nalishi talabalari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda va turli tillar atoqli otlar tipologiyasini tahlil etishga oid ilmiy tadqiqot ishi doirasida foydalanilgan (2025 yil 4 fevraldagi Germaniya Kyoln universiteti lektori Eberhard Gade ma’lumotnomasi). Natijada Germaniyalik talabalar uchun taqdim etiladigan nomshunoslikka oid nazariy ma’lumotlar kengayishiga erishilgan;
o‘zbek va nemis tillari antroponimik tizimlarining morfologik hamda semantik tuzilishi qiyosiy tahlili natijasida o‘zbek tilida antroponimlarning leksik-semantik, affiksatsiya, kompozisiya va qisqartirish asosida hosil bo‘lish jarayonlari yuqori mahsuldor ekani, arab va fors-tojik tillariga xos birliklar asosida shakllangan antropoformantlar tizimga faol singib, yangi yasalish modellari vujudga kelgani; nemis tilida esa antroponimik birliklarning strukturaviy soddaligi, kompozision va qisqa shakllarning funksional jihatdan farqlanishi hamda diniy motivlarning asosan familiya tizimida saqlanib qolganligiga oid xulosalar asosida Germaniya Federativ Respublikasi Mannhaym universiteti va Nemis tili ilmiy tadqiqot instituti doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilari hamda professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etiladigan ilmiy kollokviumda ma’ruza shaklida taqdimot qilindi va dissertatsiya bo‘yicha ilmiy xulosalardan o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanilmoqda (Germaniya Mannhaym universiteti va Nemis tili ilmiy tadqiqot instituti Leksika kafedrasi mudiri professor Stefan Engelbergning 2025 yil 20 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada germaniyalik tilshunoslar va doktorantlar o‘zbek hamda nemis tillaridagi antroponimlarning grammatik, morfologik va pragmatik sathlarida apellyativlardan farqlanuvchi xususiyatlari hamda bu birliklarni chog‘ishtirma tahlil qilish orqali ularga xos jihatlarning yanada aniq va yaqqol namoyon bo‘lishi haqidagi ilmiy xulosalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lgan;
o‘zbek ismlari nomlash motivlari nemis tilidagi familiya nomlash motivlari bilan muayyan semantik kesishuvlarga ega ekanligi aniqlanib, har ikkala til murojaat kontekstida antroponimlar nafaqat identifikatsiya va referensiya vositasi, balki ijtimoiy yaqinlik, hurmat, birdamlik, baholash, ta’sir o‘tkazish kabi turli pragmatik maqsadlarni ifodalovchi ko‘p funksiyali birliklar sifatida qo‘llanishiga oid tadqiqot natijalaridan Xalq demokratik partiyasining uslubiy-ta’minot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Markaziy Kengashining 2025 yil 29 apreldagi 6-207-son  ma’lumotnomasi). Natijada partiyaning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tashabbuslari hamda axborot-ta’sir kommunikatsiyasi strategiyalarini ishlab chiqishda antroponimlarning lingvokulturologik va pragmatik imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratildi, milliy o‘zlikni ifodalovchi nomlar tizimi orqali jamiyat a’zolarida tarixiy xotira, madaniy identitet va tilga bo‘lgan hurmatni mustahkamlashga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan yondashuvlar shakllantirilgan;
o‘zbek va nemis tillari murojaat kontekstida antroponimlar nafaqat adresatni identifikatsiyalash, unga ishora qilish vositasi, balki suhbatdoshga nisbatan yaqinlik, e’tibor, birdamlik, ta’sir o‘tkazish, tanqid, dashnom yoki dalda berish kabi turli muloqot maqsadlarini ifodalaydigan ko‘p funksiyali birliklar ekanligi haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining ko‘rsatuv va radioeshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. Xususan, “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Millat va ma’naviyat” kabi eshittirishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025 yil 1 maydagi 26-978-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarga turli tarixiy bosqichlarda shakllangan o‘zbek va nemis antroponimlarining xususiyatlari, ularning lingvistik va etnomadaniy manbalari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar etkazilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish