Zaylobidinova Dilnoza G‘ulomovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida
e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish” (xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi misolida) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.3.PhD/Ped5010
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich
pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09
Rasmiy opponentlar: G.X.Xasanova pedagogika fanlar doktori (DSc), dotsent
I.X.Iminaxunova pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirishda mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish natijalarini baholashning pedagogik shart – sharoitlari, malaka talablarining o‘ziga xos jihatlari, kasbiy refleksiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, CEFR talablari asosida baholash jarayonining ko‘p qirraliligini e’tiborga olgan holda implementatsion yondashuv asosida aniqlashtirilgan;
xorijiy tilni o‘rganish jarayonida talabalarning mutaxassislik fanlaridan o‘zlashtirish natijalarini baholashda, kognitiv, refleksiv bosqichlari muammoli va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillarining optimallashuvi asosida bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirishning ilmiy-konseptual asoslari tizimlashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirish va o‘rganayotgan xorijiy tilini samarali o‘rgatishga tayyorlashning metodik ish tizimini interpretatsiya qilish, faoliyatga doir zamonaviy ko‘nikmalar ehtiyojni aniqlash, maqsadni qo‘ya olish, bashorat qilish hamda integrallashgan tizimli ta’minotni refleksiv, kognitiv ta’lim nazariyalariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirish samaradorligi, kasbiy refleksiyasini rivojlantirish mezonlarini aniqlashning CEFR talabalari darajalariga muvofiqligiga erishish hamda o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirishning vektorial o‘sishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
“bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirishda mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish natijalarini baholashning pedagogik shart-sharoitlari, malaka talablarining o‘ziga xos jihatlari, kasbiy refleksiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, CEFR talablari asosida baholash jarayonining ko‘p qirraliligini e’tiborga olgan holda implementatsion yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahoratini oshirishdagi imkoniyatlari aniqlashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalar “Students book” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 noyabrdagi 429-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 429-613-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida kasbiy refleksiyasini rivojlantirishga tayyorlashning motivatsion, kognitiv, refleksiv bosqichlari muammoli va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillarining optimallashuvi asosida bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirishning ilmiy-konseptual asoslari va pedagogik mazmunini tizimlashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalar “English for students (Teachers book)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosan berilgan 429-788-raqamli nashr ruxsatnomasi.) Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirish va o‘rganayotgan xorijiy tilini samarali o‘rgatishga tayyorlashning metodik ish tizimi va u asosida ishlab chiqilgan model` mazmuni kasbiy faoliyatga doir zamonaviy ko‘nikmalar (ehtiyojni aniqlash, maqsadni qo‘ya olish, bashorat qilish, tahliliy va interpretatsiya qilish)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga doir ilmiy yangiliklardan “Farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Xayrli kun”, “Yoshlar vaqti” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan. (“Farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 5-noyabrdagi 01-12/230 ma’lumotnomasi.) Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirish va o‘rganayotgan xorijiy tilini samarali o‘rgatishga tayyorlashning metodik ish tizimini interpretesiya qilish, faoliyatga doir zamonaviy ko‘nikmalar ehtiyojni aniqlash, maqsadni qo‘ya olish, bashorat qilish hamda integrallashgan tizimli ta’minotni refleksiv, kognitiv ta’lim nazariyalariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilganligi, bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirish samaradorligi, kasbiy refleksiyasini rivojlantirish mezonlarini aniqlashning CEFR talabalari darajalariga muvofiqligiga erishish hamda o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirishning vectorial o‘sishini ta’minlash asosida ochib berishga oid ilmiy yangiliklardan “Farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Kun mavzusi” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan. (“Farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 5-noyabrdagi 01-12/230 ma’lumotnomasi.) Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini kasbiy refleksiyasini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;