Bo‘ronov Faxriddin Zayniddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Banan (Musa acuminata) o‘simligining agrobiologik xususiyatlari va ko‘chat ko‘paytirishning intensiv texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik ixtisosligi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2025.3.PhD/Qx1201
Ilmiy rahbar: Malikov Azim Ne’matovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Xalmirzaev Dilmurad Kamilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Murodova Sayora Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Himoyalangan erlarda etishtirilayotgan banan navlarini agrobiologik xususiyatlarini o‘rganish hamda ko‘chat ko‘paytirishning intensiv texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublikamiz sharotidagi himoyalangan erda banan o‘simligining introduksiya qilingan ertapishar (60 kun) navlaridan Super Dwarf bo‘yining balandligi 110,3 sm, barg soni 14,2 dona bo‘lganligi va Dwarf Cavendesh navida pishishi 66 kun, bo‘yining balandligi 214,9 sm, barg soni 17,8 dona bo‘lishi aniqlangan;
banan navlari ichida Masak xijau (71 t/ga), Dwarf Cavendesh (83 t/ga) navlari yuqori hosilli ekanligi, meva tarkibida Dwarf Cavendish navida – qand miqdori 18,6%, kislotalilik pH 4,5, quruq modda 27,6% va vitamin C 8,7 mg/100 g bo‘lishi isbotlangan;
banan o‘simligini issiqxona sharoitida vegetativ usulda piyozchasidan ko‘paytirishda bir yil davomida ko‘chatlar soni Masak xijau navida 7 dona, Grand Nine navida 6 dona, Dwarf Cavendish navida 4 dona, Super Dwarf navida 3 donaga ko‘payishi aniqlangan;
banan navlarini in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish uchun o‘simliklarni tashqi sterillash jarayonida 2,0% li natriy gipoxlorid eritmasida 20 daqiqa davomida sterillanganda, yashab qolish darajasi yuqori bo‘lgani aniqlangan;
banan o‘simligini mikroklonal ko‘paytirishda MS o‘zgartirilgan ozuqa muhitida BAP 1 litr muhitga 3,5 mg va IBA 0,1 mg konsentratsiyada qo‘llanilganda, 30 kun davomida o‘simlikning ko‘payishi 6 tagacha, bo‘yiga o‘sishi 1,25 sm bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banan (Musa acuminata) o‘simligining agrobiologik xususiyatlari va mikroklonal ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida
“In vitro” sharoitida hujayra va to‘qimalar kulturasi asosida introduksiya qilingan banan o‘simliklarini klonli mikro ko‘paytirish texnologiyasi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Salar – Nosirov Murod” fermer xo‘jaligida 0,10 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 10 may 05/06-03-187-sonli ma’lumotnomasi). Natijada banan navlari xosilga kirgan yildan boshlab 1 yilda 65 million daromad olishga erishilgan.
Himoyalangan maydonlarda banan o‘simliklarini etishtirish bo‘yicha agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan va Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Moxirjon To‘raqulov” tomorqa xo‘jaligida 0,05 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 10 may 05/06-03-187-sonli ma’lumotnomasi). Natijada banan navlarida tez va sifatli hosil hamda 40 million so‘mda daromad olishga erishilgan.
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi “Baxtiyor Zamin fayz” fermer xo‘jaligida 0,50 gektar maydonda issiqxona sharoitida banan navlarining ko‘chatlari amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 10 may 05/06-03-187 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur maydonlarda bananning Dwarf Cavendesh navi issiqxona sharoitida etishtirilganida bir tupidan o‘rtacha 28,4 kg/tup, “Grand nine” navidan 31,1 kg/tup, Super Dwarf navidan 8,2 kg/tup, Masak xijau navidan esa 32,9 kg/tup sifatli meva hosili olishga erishilgan, natijada 450 million so‘m daromad olishga erishilgan.