Nortojiev Bobosher Sheralievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Limon hosildorligini oshirishda bioo‘g‘itlarning ta’sirini va mevalarini saqlash texnologiyasini ilmiy asoslash” mavzusidagi 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik va  06.01.11- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi ixtisosliklari (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.4.DSc/Qx331
Ilmiy maslahatchi: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Faxriddinov Nuriddin Zayniddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Gulov Saidali Mamurovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: himoyalangan inshootlarda, limon hosildorligini oshirishda turli bioo‘g‘itlarni qo‘llash usullari va me’yorlarini ishlab chiqish, limon mevalarini sifatli hamda uzoq muddat saqlashni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor limon navlarining 2-3 yoshli o‘simliklari TERIA (5 l/ga) bioo‘g‘iti bilan 4 marotaba bargidan oziqlantirilganda, Meer navida 10,2 sm, Tashkenskiy navida 10,0 sm, Yubileyniy navida 11,0 sm, SERHOSIL (10 l/ga) bioo‘g‘itda oziqlantirilganda esa Meer navida 14,2 sm, Tashkenskiy navida 11,8 sm, Yubileyniy navida 14,5 sm novdalarning o‘sush ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
limon navlarining o‘simliklari -6-8 oC past haroratda zararlanganda, qayta tiklanish ko‘rsatkichlari, NOVO ORGANIC ME (5 l/ga) bioo‘g‘iti bilan 4 marotaba oziqlantirilganda, Meer navida 80 %, Tashkenskiy navida 82 %, Yubileyniy navida 78 %, bo‘lganligi isbotlangan;
limon navlarining o‘simliklari SERHOSIL (10 l/ga) bioo‘g‘itda 6 marotaba oziqlantirilganda hosildorlik Meer navida 20 % ga Tashkenskiy navida 19 % ga, Yubileyniy navida 18 % ga yuqori bo‘lgan va 1 dona limon mevasining og‘irligi Meer navida 25-30 g, Tashkenskiy navida 15-20, Yubileyniy navida 35-40 g ga ortganligi aniqlangan;
limon mevalarini sifatli holatda sovutgichli omborxonalarda saqlashda, havo harorati 2-3 oS,  nisbiy namligi esa 85-90 % eng maqbul sharoit ekanligi isbotlangan; 
limon mevalari oddiy omborxonalarda, havo harorati 6-14 oC nisbiy namligi 45-55 % o‘zgaruvchan sharoitda 90 kun davomida saqlanganda, tovarbop maxsulot chiqish ko‘rsatkichlari pergament qog‘ozda saqlanganda 82,1 %, polietilen qopchalarda saqlanganda esa 85,2 % bo‘lganligi aniqlangan;
limon mevalari oddiy omborxonalarda, havo harorati 6-14 oC, nisbiy namligi 45-55 % o‘zgaruvchan sharoitda turli qadoqlash materiallariga qadoqlanib, 90 kun davomida pergament qog‘ozda qadoqlab saqlanganda 12,2 %, polietilen qopchalarda saqlanganda esa 8,5 % tabiiy kamayishi aniqlangan;
limon mevalarini saqlashdan so‘ng mevalar tarkibidagi quruq moddalar va qandlilik ko‘rsatkichlari tahlil etilganda quruq modda miqdori 0,4-0,6 % ga, qandlilik darajasi esa 0,2-0,3 % ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston sharoitida limon o‘simliklarini parvarishlashda bioo‘g‘itlardan keng foydalanish va hosildorlikni oshirish hamda limon mevalarini sifatli va uzoq vaqt davomida saqlashning ilmiy asoslari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Limon o‘simligini parvarishlash va hosildorligini oshirish texnologiyasi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “To‘lg‘onoy” fermer xo‘jaligida 0,8 ga maydonida joriy etilgan (Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining 17.05.2025-yildagi № 157-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1 ga maydondan olingan hosildorlik ko‘rsatkichlari nazorat variantida 52,6 t/ga, TERIA bioo‘g‘iti qo‘llanganda 58,3 t/ga, SERHOSIL bioo‘g‘iti qo‘llanganda 62,1 t/ga va NOVO ORGANIC ME bioo‘g‘iti qo‘llanganda esa 56,4 t/ga mahsulot olishga erishilgan. Mahsulot sotishda rentabellik darajasi esa nazorat variantida 73,4 %, TERIA bioo‘g‘iti qo‘llanganda 80 %, SERHOSIL bioo‘g‘iti qo‘llanganda 96,5 %  va NOVO ORGANIC ME bioo‘g‘iti qo‘llanganda esa 71,4 % rentabellikka erishilgan.
Limon mevalarini saqlash ishlanmasi Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “ECO AGRO PRODUCT” fermer xo‘jaligining 100 t sig‘imga ega sovutgichli omborxonasida har bir limon navi mevasidan 10 t jami 30 t limon mevasi saqlashga joriy etilgan (Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining 17.05.2025-yildagi № 157-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan ishlanma asosida limon navlari mevalari saqlashdan so‘ng tabiiy kamayish ko‘rsatkichlari tahlil etilib, 1000 kg mahsulotdan Meer navida 826 kg, Tashkenskiy navida 846 kg va Xitoydan keltirilgan limon navida esa 837 kg sifatli mahsulot saqlab qolingan. Mahsulotni sotishda rentabellik darajasi Meer navida 44,3 %, Tashkenskiy navida 64,7 % va Xitoydan keltirilgan limon mevasida esa 26,0 % rentabellikka erishilgan.
Limon mevalarini etishtirish texnologiyasi Andijon viloyati Asaka tumani “Valled seeds” MChJ ga qarashli 1,8 ga himoyalangan inshootda joriy etilgan (Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining 17.05.2025-yildagi № 157-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, limonning “Toshkent” navidan 250 tup limon daraxti parvarishlanib 1 ga maydondan o‘rtacha 7,5 t mahsulot olishga erishilgan. Tavsiya etilgan ishlanma asosida limon o‘simligini parvarishlashda bioo‘g‘itlardan foydalanilganda hosildorlik ko‘rsatkichi 0,8-1,0 barobarga ortib, 72,8 % rentabellikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish