Erkinova Muhayyo Jasurbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Limon (Citrus limon) navlarining hosildorligini oshirishda o‘g‘itlash tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik ixtisosligi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqami: B2025.1.PhD/Qx1625
Ilmiy rahbar: Qosimov Axmadjon Abduqodirovich, qishloq xo’jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raev Erkin Baxtiyarovich, qishloq xo’jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xandaklarda etishtirilayotgan limon (Citrus.limon) navlaridan yuqori sifatli mahsulotlar olish uchun samarali oziqlantirish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor xandaklarda etishtirilayotgan limon navlarini oziqlantirishda Baktomin (organik-mineral o‘g‘it) 10 l suvga/ 50 ml+10 t/ga organik o‘g‘iti qo‘llanilganda o‘simlikning o‘suv davri (17/III-19/III) 3 kun oraliqda hamda pishish muddatlari (16/X-21/X) 5 kun oraliqda erta boshlanishi aniqlangan;
Baktomin (organik-mineral o‘g‘it) 10 l suvga/ 50 ml+10 t/ga organik o‘g‘itini qo‘llash ta’sirida limon navlarini shoh-shabbalari nazoratga nisbatan qisqa, ixcham hamda intensiv shaklga ega bo‘lganligi, barg rivojlanishi yuqori (1 ta barg sathi 12,7-14,7 sm2), shoh-shabbalardagi kurtaklar soni (1565-1602 dona) va tupdagi tutgan mevalar ulushi 63,5% bo‘lganligi isbotlangan; 
Baktomin (organik-mineral o‘g‘it) 10 l suvga/ 50 ml+10 t/ga organik o‘g‘it qo‘llash limon mevalari vaznini og‘irligi Meer navida 165,5 grammgacha (kalibr 75 mm), O‘zbekiston to‘ng‘ichi navida 154,2 grammgacha (kalibr 73 mm), O‘zbekiston hosildori navida 149,4 grammgacha (kalibr 70 mm), shuningdek meva sifati bo‘yicha mevalarni to‘kiluvchanlik darajasi kuchsiz (5% gacha) hamda juda sersuvligi aniqlangan;
yuqori sifatli mahsulot olish uchun turli biopreparatlar bilan oziqlantirish orqali etishtirilgan limon navlarida quruq modda miqdori 12,5-13,6% gacha ortganligi, qand miqdori esa 1,7-2,3% gacha ortganligi hamda tarkibida pestisidlar qoldig‘i yo‘qligi aniqlangan; 
Baktomin (organik-mineral o‘g‘it) 10 l suvga/ 50 ml+10 t/ga organik o‘g‘it qo‘llash orqali limon navlaridan Meer navida 315 s/ga, O‘zbekiston to‘ng‘ichi navida 285,0 s/ga O‘zbekiston hosildori navida 270,0 s/ga gacha yuqori hosil olinganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Limon (Citrus Limon) navlaridan yuqori sifatli mahsulotlar etishtirishda “Baktomin”, “Plantastim”, “Maksiplant”kabi biologik preparatlari bilan  samarali oziqlantirish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari, limon mevalarni etishtirishga qiziqgan mutaxassislar va shaxsiy tomorqa er egalari uchun «Limon etishtirish texnologiyasi» nomli tavsiyanoma chop etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 5-iyundagi 05/06-04-317-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma limon navlaridan yuqori sifatli mahsulotlar olish, hosildorligini oshirish hamda resurs tejamkor etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
issiqxona va handak sharoitda etishtirilgan limonning “Meer”, “O‘zbekiston to‘ng‘ichi”, “O‘zbekiston hosildori” navlariga an’anaviy o‘g‘it qo‘llash (N120P60K30 va 20 t/ga) me’yorlariga nisbatan Baktomin (organik-mineral o‘g‘it) preparati + 10 l suvga/50 ml + tuproqqa 10 t/ga organik o‘g‘it me’yorlarida oziqlantirish usuli samarali ekanligi ilmiy asoslangan va viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 5-iyundagi 05/06-04-317-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turli erdan foydalanuvchilar uchun limon (Citrus Limon) navlarini an’anaviy o‘g‘itlash sharoitida etishtirilganda  20-25%, handak sharoitida etishtirilganda  esa 30-35% yuqori hosil hamda sifatli mahsulotlar etishtirilgan.
issiqxona va handaq sharoitida etishtirilgan limonning “Meer”, “O‘zbekiston to‘ng‘ichi”, “O‘zbekiston hosildori” navlariga Baktomin (organik-mineral o‘g‘it) preparati + 10 l suvga/50 ml + tuproqqa 10 t/ga organik o‘g‘it nisbatida oziqlantirish usuli taklif etilgan va Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Andijon paxtachilik sara urug‘” fermer xo‘jaligida 0,08 gektar, Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining “Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi”da 0,4 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 5-iyundagi 05/06-04-317-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur maydonlardan limoning “Andijon paxtachilik sara urug‘” fermer xo‘jaligida mevalarning yirikligi (kalibri) o‘rtacha 75 mm tashkil etib, gektaridan o‘rtacha 237 sentnerni, Andijon ilmiy-tajriba stansiyasida esa mevalarning yirikligi (kalibri) 75 mm ni, gektartaridan o‘rtacha 375 sentner hosil olishga erishilgan;
issiqxona sharoitida etishtirilgan limonning “Meer” naviga an’anaviy o‘g‘it qo‘llash (N120P60K30 va 20 t/ga) me’yorlariga nisbatan Baktomin (organik-mineral o‘g‘it) preparati + 10 l suvga/50 ml + tuproqqa 10 t/ga organik o‘g‘it me’yorlarida oziqlantirish usuli taklif etilgan hamda Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Vodiy elit mevasi” fermer xo‘jaligida 0,5 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 5-iyundagi 05/06-04-317-sonli ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy usulga nisbatan mevalarning yirikligi (kalibri) 77 mm tashkil etib, gektaridan o‘rtacha 253 sentner hosil olishga erishilgan;
handak sharoitida etishtirilgan limonning “Meer” hamda “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navlariga an’anaviy o‘g‘it qo‘llash (N120P60K30 va 20 t/ga) me’yorlariga nisbatan Baktomin (organik-mineral o‘g‘it) preparati + 10 l suvga/50 ml + tuproqqa 10 t/ga organik o‘g‘it bilan oziqlantirish usuli taklif etilgan hamda Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi “Madad aloqa hamrox” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 5-iyundagi 05/06-04-317-sonli ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy usulga nisbatan gektaridan o‘rtacha 250 sentnerni tashkil etib, 30-35% ga yuqori sifatli mahsulot olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish