Otajonov Anvarjon Abdurahim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning markaziy hududlarida qovunning asosiy kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx927.
Ilmiy rahbar: Xaytbaeva Nodira Seytjanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Bahodir Ro‘zimboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Sodiqov Baxrom Sattarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning markaziy hududlarida qovun navlarida uchraydigan kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning qovun navlarida va qovun hosiliga zararini aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy hududlarda etishtiriladigan qovun navlarida kasalliklarning tarqalishi taxlil qilinganda erta pishar navlardan Handalak, Kichkintoy navlari 25,5-37,0 % gacha kasalliklar bilan zararlanishi, kech pishar navda Umr boqi navi 31,6-38,7% gacha zararlanishi aniqlangan;
qovun ekilgan dalalarning tuprog‘i va qovundan (ildiz, poya, barg, meva) 4 ta turkum Fusarium turkumining 5 ta turi, Alternariya turkumi zamburug‘ining 2 ta turi, Perenospora turkumining 2 ta turi Trichothecium turkumi zamburug‘larining 1 ta turi zararlashi aniqlangan;
ilk bor Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida qovun ekinida zamburug‘lar keltirib chiqaradigan asosiy kasallik qo‘zg‘atuvchi Alternaria alternata va Fusarium solani molekulyar-genetik usulda aniqlangan;
qovun un shudring kasalligiga qarshi mikrobiologik preparatlardan Serenada ASO sus.k. (8 l/ga) sarf me’yorda qo‘llanilganda 80,0-82,5% gacha biologik samaradorlikka erishilgan;
qovunning fuzarioz kasalligiga qarshi O‘zxitan 2% k.e. (20,0 ml/1 kg), qovunning al`ternarioz kasalligiga qarshi Serenada ASO sus.k. (8 l/ga), qovunning un-shudring kasalligiga qarshi Mankotseb gold 72% n.kuk. (1,5 kg/ga), Mankolaksil 72% n.kuk. (2,5 kg/ga) preparatlari qo‘llanilganda 86-88% gacha biologik samaradorlikka erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning markaziy hududlaridagi qovun dalalarida asosiy zamburug‘li kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
“Qovunning asosiy kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha” tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabr 05/06-04-600-son ma’lumotnoma). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda qo‘llanma sifatida agroklaster va fermer xo‘jaliklari tomonidan amaliy faoliyatida foydalanib kelinmoqda.
Qovunning asosiy fuzarioz, al`ternarioz va un-shudring kasalliklariga qarshi fungisidlar bilan ishlov berishda tajriba.Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi “Jumanov Mirzaxmad” fermer xo‘jaligining 1,0 gektar (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabr 05/06-04-600-son ma’lumotnoma). Natijada qovunning fuzarioz kasalligiga qarshi O‘zxitan 2% k.e. (20,0 ml/1 kg), qovunning al`ternarioz kasalligiga qarshi Serenada ASO sus.k. (8 l/ga), qovunning un-shudring kasalligiga qarshi Mankotseb gold 72% n.kuk. (1,5 kg/ga), Mankolaksil 72% n.kuk. (2,5 kg/ga) preparatlari qo‘llanilganda 86-88% gacha biologik samaradorlikka erishilgan.
Qovunning asosiy fuzarioz, al`ternarioz va un-shudring kasalliklariga qarshi fungisidlar bilan ishlov berishda tajriba.Sirdaryo viloyati Oq oltin tumanidagi “Xakim Davron” fermer xo‘jaligining 20,0 gektar va “Nurmatullo” fermer xo‘jaligining 7,0 gektar, Mirzaobod tumanidagi “Fish kompani agro group” fermer xo‘jaligining 4,0 gektar, Sardoba tumanidagi “Yangiobodda sehrli er” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar jami maydon 34 gektar joriy etildi (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabr 05/06-04-600-son ma’lumotnoma). Natijada, erni kuzda 40 sm shudgor qilish, urug‘larni saralash, o‘z vaqtida ekish, sifatli ko‘chat tayyorlash va ekish, qovunning fuzarioz kasalligiga qarshi O‘zxitan 2% k.e. (20,0 ml/1 kg), Vitavaks 200 FF (andoza) (2,0 l/t), qovunning al`ternarioz kasalligiga qarshi Serenada ASO sus.k. (8 l/ga), qovunning un-shudring kasalligiga qarshi Mankotseb gold 72% n.kuk. (1,5 kg/ga), Mankolaksil 72% n.kuk. (2,5 kg/ga) qo‘llash orqali yuqori va sifatli qovun hosili olinganligi va iqtisodiy samaradorlik ortgan.
Qovunning asosiy fuzarioz, al`ternarioz va un-shudring kasalliklariga qarshi fungisidlar bilan ishlov berishda tajriba.Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Shirmoy buloq” fermer xo‘jaligining 2,0 gektar va Arnasoy tumanidagi “Mardiyev Yorqin” fermer xo‘jaligining 5,0 gektar, jami 42,0 gektar qovun maydonida amaliyotga joriy qilingan.(Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabr 05/06-04-600-son ma’lumotnoma). Natijada mikrobiologik preparatlardan Serenada ASO sus.k. (8 l/ga), kimyoviy preparatlardan, O‘zxitan 2% k.e. (20,0 ml/ 1 kg), Mankotseb gold 72% n.kuk. (1,5 kg/ga), Mankolaksil 72% n.kuk. (2,5 kg/ga) preparatlarini qo‘llanilganda 22% gacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.