Nazirova Xilola Zoxidjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Taqsimlovchi tarmoqlarda elektr energiya isroflarini prognozlash modellarini ishlab chiqish (Yunusobod TET misolida)”, 05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.1.PhD/T3480
Ilmiy rahbar:Allaev Kaxraman Raximovich, texnika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Muzaffar Burxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaev Abdurashid Tuxtasinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent davlat transport universiteti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 0,4 kVli taqsimlovchi elektr tarmoqlarida energiya isroflarini yuqori aniqlikda baholash va prognoz qilish imkonini beruvchi intellektual prognozlash modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energiyasi isrofini prognozlash va tahlil qilishning ratsional modelini tanlash usuli va algoritmi aktiv quvvat, atrof-muhit harorati va havoning nisbiy namligi omillarining birgalikdagi ta’sirini optimallashtirish mezonlarini hisobga olib ishlab chiqilgan;
dastlabki ma’lumotlarni tuzilma jihatidan ajratishda DBSCAN klasterlash algoritmini va prognozlash jarayoni uchun elektr energiyasi isroflarini prognozlashning gibrid usuli taqsimlovchi tarmoq rejimlarining o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
elektr energiyasi isrofini prognozlashda minimum xatolikni ta’minlash mezoni asosida birlamchi ma’lumotlarni klassifikatsiyalash usuli Big Data ma’lumotlarni avtomatik tarzda optimal modellarga biriktirish yondashuviga asoslangan holda ishlab chiqilgan;
dastlabki ma’lumotlarning hajmi, tarkibi va statistik xususiyatlari vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan sharoitda bo‘lishini inobatga olgan holda, prognozlash modellarini avtomatik aniqlash, baholash va tanlashni ta’minlaydigan elektr energiyasi isroflarini prognozlashning adaptiv axborot tizimi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Taqsimlovchi tarmoqlarda elektr energiyasi isroflarini prognozlash usullari va algoritmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energiyasi isroflarini prognozlashning gibrid usuli “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJning Yunusobod tuman elektr tarmoqlariga joriy qilingan, (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 28-apreldagi 04-25-742-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyasi isroflarini hisoblash usulini avtomatlashtirish va prognozlash xatoligini 2,1% gacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
birlamchi ma’lumotlarni klassifikatsiyalash usuli “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJning Yunusobod tuman elektr tarmoqlariga joriy qilingan, (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 28-apreldagi 04-25-742-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yiliga 175 937 472 (bir yuz etmish besh million to‘qqiz yuz o‘ttiz etti ming to‘rt yuz etmish ikki) so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyati yaratilgan;
elektr energiyasi isroflarini prognozlashning axborot tizimi “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJning Yunusobod tuman elektr tarmoqlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 28-apreldagi 04-25-742-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiya isroflarini yuqori aniqlikda prognozlash hisobiga avariyaviy o‘chishlar sonini 12% kamaytirish imkoniyati yaratilgan.