Xalbutaeva Aziza Kamaliddinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sinxron motorning o‘tkinchi jarayonlariga magnit o‘zak to‘yinishining ta’sirini tahlil qilish”, 05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari,  tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T922.
Ilmiy rahbar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Ishnazarov Oybek Xayrilaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: magnit o‘zak to‘yinishining ta’sirini hisobga olgan holda ayon qutbli sinxron motorning o‘tkinchi jarayonlarining matematik modeli va hisoblash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayon qutbli sinxron motorni asinxron usulda ishga tushirishning matematik modeli to‘yinish koeffisientini e’tiborga olgan holda ishga tushirish toki va elektromagnit momentning real dinamikasini aniq tavsiflash asosida takomillashtirilgan; 
o‘tkinchi jarayonda magnit o‘zak to‘yinishini hisobga olgan holda sinxron motorning magnit maydon garmonikalari va elektromagnit momentini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
chulg‘amlardagi differensial sochilma induktivlikni aniqlashning analitik bog‘liqligi magnit o‘zakning mahalliy to‘yinganligi sharoitida ayon qutbli sinxron motorning parametrlarini aniqlash asosida taklif etilgan;
ayon qutbli sinxron motorni silliq ishga tushirish usuli va sxemasi magnitlanish xarakteristikasining egilish nuqtasida bo‘lgan nominal kuchlanish qiymatini hamda motorning barqaror va silliq sinxronlashuvini ta’minlash mezoni asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sinxron motorning o‘tkinchi jarayonlariga magnit o‘zak to‘yinishining ta’sirini tahlil qilish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
magnit o‘zakning to‘yinish darajasi ta’sirini hisobga olgan holda mavjud ikkita usul (bo‘lak-chiziqli approksimatsiya va kubik polinomlar approksimatsiyasi) bo‘yicha hisoblash aniqligini taqqoslash maqsadida asinxron usulda ishga tushirish jarayonining matematik modeli takomillashtirildi. Natijada, 15 kW ayon qutbli sinxron motorning magnit o‘zak to‘yinganligini hisobga olmaslik differensial sochilma induktivligi, magnit induksiyasi, elektromagnit momenti va quvvatini aniqlashda 19,3% xatolikka olib kelishi aniqlandi.
ayon qutbli sinxron motorni mikroprosessorli ishga tushirishning tavsiya etilgan sxemasi "Navoiy IES" AJga joriy qilingan ("Navoiy IES" AJning 2020 yil 14 oktyabrdagi 13/1963-son ma’lumotnomasi). Natijada sinxron motorning ishga tushirish tokini kamaytirish hisobiga sinxron motorning ta’mirsiz ishlash davri 2,7 martaga oshirish imkonini bergan;
ayon qutbli sinxron motorni ishga tushirishning tavsiya etilgan usuli "Navoiy IES" AJga joriy qilingan ("Navoiy IES" AJning 2020 yil 14 oktyabrdagi 13/1963-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinxron motorning ishga tushirish jarayonini yaxshilash va sinxron motorni ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish hisobiga 161 000 000 (bir yuz oltmish bir million) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish