Adilova Manzuraxon Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Miofunksional korreksiya va logopedik massaj asosida reabilitatsion ishni tashkil etish texnologiyalari. 13.00.03 - Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6699
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Shokirova Shaxnoza Dilmurodovna, pedagogika fanlari doktori, professor v.b.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;  Turg‘unboev Sirojiddin Faxriddinovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi miofunksional korreksiya va logopedik massaj asosida reabilitatsion ishni tashkil etish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar serebral falajligi natijasida rivojlangan spastik dizartriyada og‘iz-yuz mushaklari va miofunksional buzilishlarining simptomatik-etiopatogenetik imkoniyatlari nutq buzilishlarida qo‘llanilgan davolash usullari va muddatlariga bog‘liqlik klinik belgilarga ta’sir etuvchi ijtimoiy, biologik-irsiy, terapevtik-reablitatsion, tashkiliy-metodik omillarning murakkab nisbatiga ko‘ra motor ko‘nikmalarni sensor integratsiya darjasi orqali tadrijiy kuzatish asosida aniqlashtirilgan;
spastik dizartriyada “miofunksional-logopedik reabilitatsiya” modeli miofunksional holatning nutq funksiyasi va kommunikativ ijtimoiy mezonlarning diagnostik-rivojlantiruvchi ta’lim muhitida neyrodinamik maqsadlar orqali shaxsning neyrokognitiv barqarorligigiga ko‘ra uyg‘unlashuvini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bolalar serebral falajligi natijasida rivojlangan spastik dizartriyada miofunksional korreksiya va logopedik massaj asosida reabilitatsion ishni tashkil etish texnologiyalari erta yordam, kompensator imkoniyatlarning shakllanishi uchun zarur sensomotor ta’lim muhiti, ixtisoslashtirilgan korreksiya, nutqiy nafas va ovozni rivojlantirishda ota-onalar bilan ishlash muhimligi tufayli nutqiy va motor ko‘nikmalar neyro-logopedik yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan; 
bolalar serebral falajligi natijasida rivojlangan spastik dizartriyada reabilitatsion ishni tashkil etish texnologiyasining samaradorligi artikulyasion apraksiyani baholashga yo‘naltirilgan differensial diagnostika yordamida orofatsial sohadagi propriotseptiv sensorikaning rivojlanganligi hamda gnosto-praksik funksiyalarni, orofatsial mushaklarga yo‘naltirilgan taktil-kinestetik stimulyasiyani nutq funksiyalariga bog‘liq namoyon bo‘lishiga ko‘ra oral-motorli miogimnastikani qo‘llash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Miofunksional korreksiya va logopedik massaj asosida reabilitatsion ishni tashkil etish texnologiyalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
bolalar serebral falajligi natijasida rivojlangan spastik dizartriyada og‘iz-yuz mushaklari va miofunksional buzilishlarining simptomatik-etiopatogenetik imkoniyatlarini nutq buzilishlarida qo‘llanilgan davolash usullari va muddatlariga bog‘liqlik klinik belgilarga ta’sir etuvchi ijtimoiy, biologik-irsiy, terapevtik-reablitatsion, tashkiliy-metodik omillarning murakkab nisbatiga ko‘ra motor ko‘nikmalarni sensor integratsiya darjasi orqali tadrijiy kuzatish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Fonopediya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3818/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning fanga doir bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
spastik dizartriyada “miofunksional-logopedik reabilitatsiya” modelini miofunksional holatning nutq funksiyasi va kommunikativ ijtimoiy mezonlarning diagnostik-rivojlantiruvchi ta’lim muhitida neyrodinamik maqsadlar orqali shaxsning neyrokognitiv barqarorligigiga ko‘ra uyg‘unlashuvini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fonopediya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3818/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p tarmoqli, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, nutq markazlarida logopedlar tomonidan bolalar nutq kamchiliklarini aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish hamda korreksion-logopedik ish sifatining oshirilishiga xizmat qilgan;
bolalar serebral falajligi natijasida rivojlangan spastik dizartriyada miofunksional korreksiya va logopedik massaj asosida reabilitatsion ishni tashkil etish texnologiyalarini erta yordam, kompensator imkoniyatlarning shakllanishi uchun zarur sensomotor ta’lim muhiti, ixtisoslashtirilgan korreksiya, nutqiy nafas va ovozni rivojlantirishda ota-onalar bilan ishlash muhimligi tufayli nutqiy va motor ko‘nikmalar neyro-logopedik yondashuvga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar “Fonopediya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3818/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada,  dizartriya nutq nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik-didaktik aspektlari takomillashtirilgan;
bolalar serebral falajligi natijasida rivojlangan spastik dizartriyada reabilitatsion ishni tashkil etish texnologiyasining samaradorligini artikulyasion apraksiyani baholashga yo‘naltirilgan differensial diagnostika yordamida orofatsial sohadagi propriotseptiv sensorikaning rivojlanganligi hamda gnosto-praksik funksiyalarni, orofatsial mushaklarga yo‘naltirilgan taktil-kinestetik stimulyasiyani nutq funksiyalariga bog‘liq namoyon bo‘lishiga ko‘ra oral-motorli miogimnastikani qo‘llash asosida oshirishga oid tavsiyalar “Fonopediya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3818/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, dizartriyali bolalar bilan korreksion logopedik ishlarni tashkil qilish hamda ikkilamchi buzilishlarning oldini olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish