Karimova Shoira Tursunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bolalarda alaliyani bartaraf etish bo‘yicha korreksion logopedik ish 13.00.03 -Maxsus pedagogika (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped 1691
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muminova Lola Rahimovna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori (DSc) professor; Turg‘unboev Sirojiddin Fahriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda alaliyani bartaraf etish bo‘yicha korreksion-logopedik ishlarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
motor alaliyasi bor bolalarda nutqni adekvat shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari nutq tovushlarini kodlash va dekodlash jarayonlari, psixomotor va kognitiv rivojlanish, verbal assotsiatsiyalar ko‘rinishidagi semantik maydonning yosh xususiyatlariga bog‘liq lingvistik senzitivligiga ko‘ra artikulyasion praksis va sinkineziyaga didaktik-logoritmika orqali ta’sir etish asosida nutq markazlarini faollashishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
motor alaliyasi bor bolalar bilan logopedik ish metodikasining mazmuni tovush hosil bo‘lishidagi fonematik tasavvurlar ta’sirida nutq boyligi, so‘z, so‘z birikmalarining mantiqiy tuzilmasini to‘g‘ri shakllanishi asosida fonetik-fonematik va leksik-grammatik nutq buzilishlarini psixik jarayonlarni rivojlanganligi orqali tuzatishda neyrologopedik yondashuvni qo‘llashning didaktik maqsadlarini belgilashga ko‘ra takomillashtirilgan;
motor alaliyasi bor bolalarda nutqni rivojlantirishning korreksion-logopedik texnologiyasi bolalardagi ekspressiv va impressiv nutqni assotsiatsiyalash, tovushlarni farqlash, sintaktik va so‘z yasovchi morfemalarni nutq birikmalaridan ajratish ko‘nikmasini shakllantirish muhimligi tufayli leksik, grammatik, fonetik nuqtni sensomotor xususiyatlarga neyrodidaktik o‘yinlarni qo‘llashga ko‘ra uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ilk bor maktabgacha yoshdagi bolalarda motor alaliyani bartaraf etish modeli “Alfa-Balans” individual dasturi hamda DENAS-terapiyani an’anaviy logopedik korreksiya yo‘nalishlari bilan integrativ qo‘llanilishiga ko‘ra nutq va psixofiziologik jarayonlarga neyropsixologik ta’sir darajasini lingvodidaktik maqsadlar orqali kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alaliyli bolalarda nutq buzilishlarini o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Motor alaliyasi bor bolalarda nutqni adekvat shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini nutq tovushlarini kodlash va dekodlash jarayonlari, psixomotor va kognitiv rivojlanish, verbal assotsiatsiyalar ko‘rinishidagi semantik maydonning yosh xususiyatlariga bog‘liq lingvistik senzitivligiga ko‘ra artikulyasion praksis va sinkineziyaga didaktik-logoritmika orqali ta’sir etish asosida nutq markazlarini faollashishi bilan bog‘liqligi asosida aniqlashga oid takliflar “Logopedik massaj” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 2-iyundagi 11-05-3631/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada motor alaliyasi bo‘lgan bolalarda nutqni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslarini va mavjud korreksion yondashuvlarni tahlil qilingan.
Motor alaliyasi bor bolalar bilan logopedik ish metodikasining mazmunini tovush hosil bo‘lishidagi fonematik tasavvurlar ta’sirida nutq boyligi, so‘z, so‘z birikmalarining mantiqiy tuzilmasini to‘g‘ri shakllanishi asosida fonetik-fonematik va leksik-grammatik nutq buzilishlarini psixik jarayonlarni rivojlanganligi orqali tuzatishda neyrologopedik yondashuvni qo‘llashning didaktik maqsadlarini belgilashga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar “Logopedik massaj” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 2-iyundagi 11-05-3631/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi motor alaliyasi bo‘lgan bolalarning psixologik-pedagogik va nutqiy rivojlanish xususiyatlarini o‘rganishga erishilgan.
Motor alaliyasi bor bolalarda nutqni rivojlantirishning korreksion-logopedik texnologiyasini bolalardagi ekspressiv va impressiv nutqni assotsiatsiyalash, tovushlarni farqlash, sintaktik va so‘z yasovchi morfemalarni nutq birikmalaridan ajratish ko‘nikmasini shakllantirish muhimligi tufayli leksik, grammatik, fonetik nuqtni sensomotor xususiyatlarga neyrodidaktik o‘yinlarni qo‘llashga ko‘ra uyg‘unlashtirishga oid takliflar “Logopedik massaj” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 2-iyundagi 11-05-3631/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada motor alaliyasi bo‘lgan bolalarda nutqni shakllantirish samaradorligi oshgan.
Ilk bor maktabgacha yoshdagi bolalarda motor alaliyani bartaraf etish modelini “Alfa-Balans” individual dasturi hamda DENAS-terapiyani an’anaviy logopedik korreksiya yo‘nalishlari bilan integrativ qo‘llanilishiga ko‘ra nutq va psixofiziologik jarayonlarga neyropsixologik ta’sir darajasini lingvodidaktik maqsadlar orqali kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar Logopedik massaj” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 2-iyundagi 11-05-3631/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda alaliyani bartaraf etish bo‘yicha korreksion logopedik ishning amaliy samaradorligi oshgan.