Atamuradov Dilshod Olimboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped8957
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01
Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari doktori, professor Safarova Rohat Gaybillaevna
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘chqorova Nargiza Mamajonovna, pedagogika fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlashning nazariy asoslari. Pedagogik shart-sharoitlari va mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlashning nazariy metodologik asoslari madaniyatlararo kompetensiya, dialogik madaniyat va muloqot kompetensiyasi, millatlararo identivlik va tolerantlik madaniyati, emotsional va ijtimoiy intellektni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash jarayonining modeli maqsad, vazifalar, metodologik asoslar, tayyorgarlikning asosiy komponentlari, texnologik blok, tashkiliy shakllar, kutilgan natijalarni o‘zaro mutanosiblikda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash mazmuni va pedagogik shart-sharoitlari dialogik, madaniyatshunoslik, kommunikativ, aksiologik, psixologik va ijtimoiy psixologik, pragmatik va kompetentli yondashuvlarga tayanishni nazarda tutgan holda takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash jarayonining samaradorligi interaktiv va kollaborativ (Case-study, World Cafe, Round-table), tarbiyaviy (Qadriyatli muhokama, Hayotiy misollar tahlili, “Inson qadri” debatlari), madaniyatlararo simulyasiya va empatiyani rivojlantirish (Cultural simulation, Empatiya treninglari, Media-dialog), refleksiv (Refleksiv kundaliklar, “Men va boshqalar” essesi), lingvomadaniy va media-kommunikativ metodlarni tizimli qo‘llash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlashning nazariy metodologik asoslari madaniyatlararo kompetensiya, dialogik madaniyat va muloqot kompetensiyasi, millatlararo identivlik va tolerantlik madaniyati, emotsional va ijtimoiy intellektni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan ilmiy ma’lumotlardan №F3-2016-0909111822 “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020-yy) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 29.01.2025-yil 11-05-558/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlashning nazariy asoslari boyitilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash jarayonining modeli maqsad, vazifalar, metodologik asoslar, tayyorgarlikning asosiy komponentlari, texnologik blok, tashkiliy shakllar, kutilgan natijalarni o‘zaro mutanosiblikda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan metodologiyalardan “Ijtimoiy Pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi TDPUning 29.01.2025-yil 11-05-558/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Oliy ta’lim jarayoni bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlashga oid metodik manbalar bilan ta’minlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash mazmuni va pedagogik shart-sharoitlari dialogik, madaniyatshunoslik, kommunikativ, aksiologik, psixologik va ijtimoiy psixologik, pragmatik va kompetentli yondashuvlarga tayanishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan tavsiyalardan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘iga asosan ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning millatlararo muloqot madaniyatiga oid bilimlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kengaygan.
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlash jarayonining samaradorligi interaktiv va kollaborativ (Case-study, World Cafe, Round-table), tarbiyaviy (Qadriyatli muhokama, Hayotiy misollar tahlili, “Inson qadri” debatlari), madaniyatlararo simulyasiya va empatiyani rivojlantirish (Cultural simulation, Empatiya treninglari, Media-dialog), refleksiv (Refleksiv kundaliklar, “Men va boshqalar” essesi), lingvomadaniy va media-kommunikativ metodlarni tizimli qo‘llash asosida ishlab chiqilgan tavsiyalardan “Komparativistik pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil "29" sentyabr dagi "438"-sonli buyrug‘iga asosan ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga tayyorlashga oid pedagogik mexanizmlar takomillashtirilgan.