Djuraeva Lola Rustamovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4756
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01.
Ilmiy rahbar: Izbullaeva Gulchehra Valerievna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Safarova Roxat Gaybillaevna pedagogika fanlari doktori, professor; Hasanova Zebo Davlatovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish yo‘llarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metakognitiv monitoring va refleksiv-analitik strategiyalar, raqamli kuzatuv konsepsiyalariga tayangan holda talabalarda tanqidiy, divergent-konvergent fikrlash, kontekstual mulohaza, muammolarga ratsional echim topish kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlangan;
talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mazmuni o‘z fikrini modellashtirish, uni yangi vaziyatlarga moslashtirish, noaniqlikni bartaraf etish hamda dalillarga asoslanib qaror qabul qilish ko‘nikmalari dialogik-konsensus (qaror qabul qilishda turli fikrlar o‘rtasida muloqot, o‘zaro hurmat va kelishuv asosida yagona pozisiyani shakllantirish) yondashuvi orqali integrativ tafakkurni faollashtirish hamda refleksiv muloqot jarayoni uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
PIKTAR ko‘nikmalarini mujassamlashtirgan konseptual – texnologik hamda to‘rt bosqichli (kognitiv, amaliy, refleksiv va kommunikativ) mezonlardan iborat natijaviy-baholovchi komponentlar “flipped classroom”, muammoli va loyihaviy ta’lim, raqamli dasturlar shuningdek, sun’iy intellekt vositalari integratsiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning kompleks modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish samaradorligi ta’limiy (interfaol, simulyativ, geymifikatsion) hamda tarbiyaviy (munozarali, jamoaviy) vositalarni o‘quv jarayonida kompleks qo‘llash natijasida talabaning mustaqil tahlil qilish, dalillarga asoslanish va ijodiy echimlar topish ko‘nikmalari rivojlantirish dinamikasini o‘zlashtirish darajalari (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli, kreativ) orqali bosqichma-bosqich baholash asosida oshirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mexanizmlari” mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
metakognitiv monitoring va refleksiv-analitik strategiyalar, raqamli kuzatuv konsepsiyalariga tayangan holda talabalarda tanqidiy, divergent-konvergent fikrlash, kontekstual mulohaza, muammolarga ratsional echim topish kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik texnologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrugʻi asosida berilgan 194-194 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish tizimining tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy-tarbiyaviy imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mazmuni o‘z fikrini modellashtirish, uni yangi vaziyatlarga moslashtirish, noaniqlikni bartaraf etish hamda dalillarga asoslanib qaror qabul qilish ko‘nikmalari dialogik-konsensus (qaror qabul qilishda turli fikrlar o‘rtasida muloqot, o‘zaro hurmat va kelishuv asosida yagona pozisiyani shakllantirish) yondashuvi orqali integrativ tafakkurni faollashtirish hamda refleksiv muloqot jarayoni uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik texnologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil, 27-avgustdagi 22-01-535/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
PIKTAR ko‘nikmalarini mujassamlashtirgan konseptual – texnologik hamda to‘rt bosqichli (kognitiv, amaliy, refleksiv va kommunikativ) mezonlardan iborat natijaviy-baholovchi komponentlar “flipped classroom”, muammoli va loyihaviy ta’lim, raqamli dasturlar shuningdek, sun’iy intellekt vositalari integratsiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning kompleks modeli takomillashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrugʻi asosida berilgan 194-194 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish samaradorligi ta’limiy (interfaol, simulyativ, geymifikatsion) hamda tarbiyaviy (munozarali, jamoaviy) vositalarni o‘quv jarayonida kompleks qo‘llash natijasida talabaning mustaqil tahlil qilish, dalillarga asoslanish va ijodiy echimlar topish ko‘nikmalari rivojlantirish dinamikasini o‘zlashtirish darajalari (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli, kreativ) orqali bosqichma-bosqich baholash asosida oshirildi. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil, 27-avgustdagi 22-01-535/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.