Ibragimova Dilafruz Shuxratovnaning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning chet tilda kommunikativ kompetensiyasini ingliz badiiy asarlari asosida takomillashtirish lingvotexnologiyalari” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8652.
Ilmiy rahbar: Erkaev Elmirza Temirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iminaxunova Iroda Xuseinovna pedagogika fanlari doktori (DSc) professor, Saidumar Saydaliev – pedagogika fanlari nomzodi, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarning ingliz tilida kommunikativ kompetensiyasini ingliz badiiy asarlari asosida takomillashtirish lingvotexnologiyasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishlarida chet til o‘qitish mazmunining ingliz tilidagi zamonaviy badiiy asarlar va lingvistik, kulturologik, shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yondashuvlari orqali takomillashuvi, chet tilda kommunikant va kognizant shaxsni rivojlantirishning lingvotexnologik jihatlari aniqlashtrilgan;
chet tilda ekstensiv o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishning lingvotexnologiyasi ingliz tilidagi badiiy asarlar, sahnalashtirish, improvizatsiya, rolli o‘yinlar, pantomima, rekonstruksiya, muhokama va guruhli faoliyat usullari refleksiv muloqot kompetensiyalarini rivojlantrish asosida takomillashtrilgan;
talabalarning chet tilda kommunikativ kompetensiyasini rivojlantrish va proksimal rivojlanish zonasiga erishish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ingliz badiiy asarlari asosidagi mashqlar tizimi CEFR talablari asosida takomillashtirigan;
talabalarining chet tilda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan ingliz badiiy asarlarini sahnalashtirish va dramatizatsiyalashtirishga asoslangan lingvotexnologik jihatlari ta’lim resurslariga intrgratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning chet tilda kommunikativ kompetensiyasini ingliz badiiy asarlari asosida takomillashtirish lingvotexnologiyalariga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishlarida chet til o‘qitish mazmunining ingliz tilidagi zamonaviy badiiy asarlar va lingvistik, kulturologik, shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yondashuvlari orqali takomillashuvi, chet tilda kommunikant va kognizant shaxsni rivojlantirishning lingvotexnologik jihatlarini jadallashuviga doir ilmiy asoslangan takliflari Farg‘ona davlat universitetida 2020-2022 yillarga amalga oshirilgan “ACCESS microscholarship English Program” S-UZ800-20-GR-0040 amaliy loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024 yil 23 sentyabrdagi № 04-5236 -son dalolatnomasi). Natijada ingliz badiiy asarlar asosida ekstensiv o‘qishni o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan;
ingliz tilidagi badiiy asarlar, sahnalashtirish, improvizatsiya, rolli o‘yinlar, pantomima, rekonstruksiya, muhokama va guruhli faoliyat usullari asosida chet tilda ekstensiv o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga doir xulosalari “Developing British and American literature” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-sonli guvohnomasi) Natijada ingliz tilini o‘rganish jarayonida talabalarning chet tilda kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning chet tilda kommunikativ kompetensiyasini rivojlantrish va proksimal rivojlanish zonasiga erishish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ingliz badiiy asarlari asosidagi mashqlar tizimiga oid takliflaridan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022 yillarga amalga oshirilgan “ACCESS microscholarship English Program" S-UZ800-20-GR-0040 amaliy loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024 yil 23 sentyabrdagi № 04-5236 -son dalolatnomasi) Natijada talabalarga ingliz tilida kommunikativ kompetensiyasining oshirishning intensiv texnologiyalarini ishlab chiqish imkoniyati kengaytirilgan.
talabalarining chet tilda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan ingliz badiiy asarlarini sahnalashtirish va dramatizatsiyalashtirishga asoslangan lingvotexnologik jihatlari ta’lim resurslariga intrgratsiyalashga oid takliflari Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Xayrli kun”, “Yoshlar vaqti” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2024 yil 26 sentyabrdagi 148 - son ma’lumotnomasi) Natijada ingliz badiiy asarlarini sahnalashtirish lingvotexnologiyasi imkoniyatlari kengaygan.