Raxmonov Ulug‘bek Karimovichning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Musiqa ta’limi orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3428.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Baxriev Axmad Raxmatovich pedagogika fanlari doktori, professor; 
Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor; Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: musiqa ta’lim orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
musiqiy ta’lim orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirish mazmuni adabiyot, tasviriy san’at, teatr hamda musiqani innovatsion texnologiyalar (improvizatsiya, musiqiy terapiya, multimediya), psixologik rivojlanish mashg‘ulotlari bilan bog‘lab, estetik-emotsional tarbiyani kuchaytirish asosida aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak tarbiyachilarni musiqa faoliyatlari orqali ularda emotsional va ijodiy rivojlanishiga xizmat qilishda asosiy vosita sifatida qo‘llashning ahamiyati o‘rganildi, tadqiqot jarayonida estetik kompetentlikni bo‘lajak tarbiyachilar tomonidan qabul qilinishi va ularning kasbiy rivojlanishida musiqaning o‘rni haqida yangi tushunchalar takomillashtirilgan;
musiqa ta’limi orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirish modelining mazmunli-jarayonli komponenti “Tizimli va ijodiy yondashuvlar”, “Interaktiv usullar”, “Raqamli va onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish”, “Notali o‘qitish” metodlarini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga improvizatsiya, musiqiy terapiya, multimediya texnologiyalari, musiqiy drama va loyiha metodlari bilan integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni estetik kompetentlikning bir necha komponentlaridan musiqiy bilish, vizual tasavvur, tasavvur qilish mahorati va ijodiy faoliyatlari alohida va tizimli ravishda rivojlantirish asosida kontekstual texnologiyalar orqali bo‘lajak tarbiyachilarning subekt sifatida estetik qarashlar rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Musiqa ta’lim orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
musiqiy ta’lim orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirish mazmuni adabiyot, tasviriy san’at, teatr hamda musiqani innovatsion texnologiyalari (improvizatsiya, musiqiy terapiya, multimediya), psixologik rivojlanish mashg‘ulotlari bilan bog‘lab, estetik-emotsional tarbiyani kuchaytirish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2020-2022-yillar davomida bajarilgan FZ-2020010829 sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 12-noyabrdagi 11-05-6491/04 sonli dalolatnomasi)da o‘z aksini topgan. Natijada musiqa ta’lim orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirishning mezon va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan hamda empirik baholash samaradorligi aniqlangan. 
bo‘lajak tarbiyachilarni musiqa faoliyatlari orqali ularda emotsional va ijodiy rivojlanishiga xizmat qilishda asosiy vosita sifatida qo‘llashning ahamiyati o‘rganildi, tadqiqot jarayonida estetik kompetentlikni bo‘lajak tarbiyachilar tomonidan qabul qilinishi va ularning kasbiy rivojlanishida musiqaning o‘rni haqida yangi tushunchalar takomillashtirishga oid takliflar “Bolalarning musiqa ta’limi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 12-noyabrdagi 11-05-6491/04 sonli dalolatnomasi). Natijada musiqa ta’lim orqali bo‘lajak tarbiyachilarni estetik kompetentligini rivojlantirishga doir mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan.
musiqa ta’limi orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirish modelining mazmunli-jarayonli komponenti “Tizimli va ijodiy yondashuvlar”, “Interaktiv usullar”, “Raqamli va onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish”, “Notali o‘qitish” metodlarini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga improvizatsiya, musiqiy terapiya, multimediya texnologiyalari, musiqiy drama va loyiha metodlari bilan integrativ qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Musiqa to‘garaklarini tashkil etish” nomli o‘quv-qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 12-noyabrdagi 11-05-6491/04 sonli dalolatnomasi). Natijada musiqa ta’lim orqali bo‘lajak tarbiyachilarda estetik kompetentligini rivojlantirish hamda badiiy-estetik ong va didni shakllantirish jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasidan samarali foydalanishga asoslangan innovatsion pedagogik texnologiya ishlab chiqilgan.
bo‘lajak tarbiyachilarni estetik kompetentlikning bir necha komponentlaridan  musiqiy bilish, vizual tasavvur, tasavvur qilish mahorati va ijodiy faoliyatlari alohida va tizimli ravishda rivojlantirish asosida kontekstual texnologiyalar orqali bo‘lajak tarbiyachilarning subekt sifatida estetik qarashlar rivojlantirishga oid takliflar “Xor va xorshunoslik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 12-noyabrdagi 11-05-6491/04 sonli dalolatnomasi). Natijada fanlararo hamkorlikka asoslangan musiqa ta’lim orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan interfaol metodlar takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish