Mirzaeva Umida Zaxidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kovid asoratlarini rivojlanishida metabolik sindrom va uning tarkibiy qismlari» 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3728.
Ilmiy rahbar: Nasirova Xurshidaxon Kudratullaevna, tibbiet fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimuxamedova Gulruh Oybekovna, tibbiyot fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindrom va uning tarkibiy qismlari hamda COVID-19 o‘rtasidagi patogenetik o‘zaro bog‘liqliklarni, shuningdek, koronavirus infeksiyasini boshidan kechirgan bemorlarda asoratlar rivojlanishini bashorat qilishda ularning ahamiyatini baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
metabolik sindrom tarkibiy qismlari, COVID-19 kechishining og‘irligi va trigliserid-glyukoza indeksi va ApoB/ApoA1 nisbatining kardial, endokrin-metabolik, trombotik, respirator, immun-yallig‘lanish, nevrologik, nefrologik va gepatogastroenterologik asoratlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar kompleks baholanib, xavf guruhini shakllantirishda yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
ROC-tahlili yordamida ilk bor MS bilan og‘rigan bemorlarda COVID-19 ning og‘ir kechish xavfi yuqori bo‘lgan yallig‘lanish, gemodinamik va metabolik belgilar uchun diagnostik ahamiyatli kesish nuqtalari (cut-off) aniqlangan;
sun’iy neyron tarmog‘i asosida to‘rt modulli - metabolik, yallig‘lanish-trombotik, klinik va antropometrik - original kompleks prognostik modelning COVID-19 dan keyingi asoratlar rivojlanish xavfini va COVID-19 ning turli og‘irlik darajalarini (engil, o‘rtacha og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir shakllari) bashorat qilishi asoslangan;
COVID-19ning og‘ir kechishi va ko‘p a’zolarga ta’sir etuvchi asoratlar xavfini erta aniqlashda ishlab chiqilgan modelning validatsiyasi o‘tkazilib, uning yuqori aniqlik ko‘rsatkichlari (prognostik qiymat — 99,0%, sezgirlik — 97,0%, maxsuslik — 85,7%) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda metabolik sindrom va uning tarkibiy qismlarining klinik-prognostik ahamiyatini baholash va prognozlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. metabolik sindrom komponentlari, COVID-19 kechishining og‘irligi va trigliserid-glyukoza indeksi (TGI) va ApoB/ApoA1 nisbatining kardial, endokrin-metabolik, trombotik, respirator, immun-yallig‘lanish, nevrologik, nefrologik va gepatogastroenterologik asoratlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar kompleks baholanib, xavf guruhini shakllantirishda yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekanligi asoslanganligi Yo.X. To‘raqulov nomidagi RIIATEM Samarqand filialining 26.03.2024 yildagi 21-son va RIIATEM Farg‘ona filialining 16.03.2024 yildagi 16-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/20-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shifokorlar yallig‘lanish markerlari, qon bosimi ko‘rsatkichlari va metabolik almashinuv biomarkerlari asosida postkovid asoratlar xavfini erta aniqlash vositasiga ega bo‘ldilar. Bu har bir bemorga individual yondashish va profilaktika hamda davolash tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori xavf guruhidagi bemorlarni erta aniqlash bilan ifodalanadi, bu esa asossiz kasalxonaga yotqizilishlar sonini kamaytirishga, kasalxonada davolanish muddatini qisqartirishga va bir bemorni davolash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Xulosa: Metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda asoratlar rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni aniqlashda TGI va ApoB/ApoA1 nisbati yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekani isbotlangan. Bu aholi salomatligini yaxshilash, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish va asoratlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ROC-tahlili yordamida ilk bor MS bilan og‘rigan bemorlarda COVID-19 ning og‘ir kechish xavfi yuqori bo‘lgan yallig‘lanish, gemodinamik va metabolik belgilar uchun diagnostik ahamiyatli kesish nuqtalari (cut-off) aniqlanganligi Yo.X. To‘raqulov nomidagi RIIATEM Samarqand filialining 26.03.2024 yildagi 21-son va RIIATEM Farg‘ona filialining 16.03.2024 yildagi 16-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/20-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanish markerlari, arterial qon bosimi ko‘rsatkichlari va metabolik almashinuv biomarkerlari asosida postkovid asoratlar xavfini erta aniqlash imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori xavf guruhidagi bemorlarni erta aniqlash asossiz kasalxonaga yotqizishlar sonini kamaytirish, statsionar davolanish muddatlarini qisqartirish va davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, bu esa bemor va davlat byudjetiga tushadigan moliyaviy yukni engillashtiradi. Xulosa: taklif etilgan usullarni qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu bemorlarga individual yondashuvni ta’minlaydi, davolash sifatini yaxshilaydi va nogironlik darajasini pasaytirish orqali tibbiy yordam samaradorligini oshiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: sun’iy neyron tarmog‘i asosida to‘rt modulli - metabolik, yallig‘lanish-trombotik, klinik va antropometrik - original kompleks prognostik modelning COVID-19 dan keyingi asoratlar rivojlanish xavfini va COVID-19 ning turli og‘irlik darajalarini (engil, o‘rtacha og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir shakllari) bashorat qilishi asoslanganligi Yo.X. To‘raqulov nomidagi RIIATEM Samarqand filialining 26.03.2024 yildagi 21-son va RIIATEM Farg‘ona filialining 16.03.2024 yildagi 16-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/20-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan matematik model jamoat salomatligiga sezilarli hissa qo‘shadi, chunki u COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda asoratlar rivojlanish xavfini tez va aniq baholash imkonini beradi. Bu zamonaviy tibbiy yondashuvlarni takomillashtirish, samarali profilaktika choralarini joriy etish va sog‘liqni saqlash tizimini optimallashtirishga ko‘maklashadi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik amaliyotda ko‘p tarkibli matematik modelni qo‘llash tibbiy resurslarni samarali taqsimlash va xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. Asoratlarni erta tashxislash bemorlarning takroriy kasalxonaga yotqizilishini minimallashtirish va ularni davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.. Xulosa: Sun’iy neyron tarmog‘iga asoslangan ko‘p tarkibli matematik modeldan foydalanish metabolik sindromli bemorlarda turli organ tizimlarini qamrab olgan postkovid asoratlar - yurak-qon tomir, endokrin-metabolik, trombotik, nafas olish, immun-yallig‘lanish, nevrologik, nefrologik va gepatogastroenterologik asoratlar rivojlanish xavfini prognoz qilish imkonini beradi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19ning og‘ir kechishi va ko‘p a’zolarga ta’sir etuvchi asoratlar xavfini erta aniqlashda ishlab chiqilgan modelning validatsiyasi o‘tkazilib, uning yuqori aniqlik ko‘rsatkichlari (prognostik qiymat — 99,0%, sezgirlik — 97,0%, maxsuslik — 85,7%) aniqlanganligi Yo.X. To‘raqulov nomidagi RIIATEM Samarqand filialining 26.03.2024 yildagi 21-son va RIIATEM Farg‘ona filialining 16.03.2024 yildagi 16-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/20-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sun’iy intellektga asoslangan model kasallikning kechishini prognoz qilish va salbiy oqibatlarning oldini olishga yordam beradi, shuningdek, tibbiy xizmat sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: modelning yuqori prognostik ahamiyati va sezuvchanligi bemorlarning xavflarini aniq aniqlash va og‘ir holatlarga olib kelmasdan, erta bosqichlarda individuallashtirilgan terapevtik aralashuvlarni o‘tkazish imkonini beradi. Natijada, qimmatbaho va murakkab tahlillarni o‘tkazish zarurati qisqaradi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimidagi umumiy xarajatlarni samarali tarzda kamaytirishga xizmat qiladi. Xulosa: Sun’iy neyron tarmog‘iga asoslangan ko‘p tarkibli matematik modeldan foydalanish metabolik sindromli bemorlarda turli organ tizimlarini qamrab olgan postkovid asoratlar - yurak-qon tomir, endokrin-metabolik, trombotik, nafas olish, immun-yallig‘lanish, nevrologik, nefrologik va gepatogastroenterologik asoratlar rivojlanish xavfini prognoz qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish