Bobojonova Shohista Davronbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Donorlar qonini brusellyozga tekshirish holati va uni takomillashtirish” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2554.
Ilmiy rahbar: Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSs 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori; Ibragimova Sapura Zaxidovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qon donorlari orasida brusellyozni uchrash darajasi va uni aniqlanish usullari asosida, donorlar qonini xavfsiz va ratsional qo‘llashni ta`minlashda yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda ilk bor qon donorlari orasida brusellyoz bilan kasallanish ko‘rsatkichi 100000 donorlarga nisbatan 20,3 tashkil qilishi, shuningdek eng yukori ko‘rsatgichlar Qashqadaryo 3,5 va Surxondaryo 4,27 viloyatlarida aniqlangan; 
brusellyozga ijobiy natijalar tufayli rad etilgan qon topshirishning miqdoriy ko‘rsatkichlari 0,23% (312,75±11,8 litr/yiliga) tashkil qilganligi, shuningdek brusellyozga ijobiy bo‘lgan donorlar qonini karantinlash usullaridan foydalanish uning xavfsizligini ta`minlamasligi asoslangan;
standart skrining usullari bilan solishtirganda polimeraza zanjir reaksiyasi usulidan foydalanish donor qonida brusellyoz infeksiyasi mavjudligini aniqlash va soxta ijobiy natijalarni bartaraf etishda yuqori aniqlik imkonini berishi aniqlangan;
qon donorlarida brusellyozni bosqichma-bosqich skrining qilishda polimeraza zanjir reaksiyasi usulidan foydalanish donorlar qonni rad etish darajasini 56,7% gacha oshirish imkonini berishi va undan oqilona foydalanish ko‘rsatkichini ko‘tarilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Donorlar qonini brusellyozga tekshirish holati va uni takomillashtirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistonda ilk bor qon donorlari orasida brusellyoz bilan kasallanish ko‘rsatkichi 100000 donorlarga nisbatan 20,3 tashkil qilishi, shuningdek eng yukori ko‘rsatgichlar Qashqadaryo 3,5 va Surxondaryo 4,27 viloyatlarida aniqlanganligi Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi 31.01.2025 yildagi 1-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazi 18.02.2025 yildagi 24-I-sonli buyrug‘i buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qon donorlar orasida brusellyoz infeksiyasini uchrash darajasi, 100 ming donorlarga nisbatan musbat natijalar, respublika xududlari bo‘yicha qon markazlarida brusellyoz infeksiyasini xaqiqiy xolatini baxolash, musbat natijalar xisobiga yaroqsiz donorlar qonini (litr) yo‘qotilish xolatlari. Iqtisodiy samaradorligi: qon donorlarini bosqichma-bosqich test sistemalarida tekshirish bu soxta musbat va musbat natijalar xisobiga yo‘qotilayotgan qon xajmi va donotsiyalar sonidagi cheklovlarni tartibga solishga olib keladi. Qon donorlarini bosqichma-bosqich test sistemalarda tekshirish iqtisodiy jixatdan sarf xarajatlar oshishiga olib kelishi mumkin, lekin bu xavfsiz qon va qon tarkibiy qismlarini tayyorlashga, soxta musbat natijalar xisobiga yo‘qotilayotgan donorlar qon xajmlarini, ya`ni bir tamondan kam uchraydigan qon guruxlarini va shu qonni tayyorlash, donordan qon olish jarayonlarida ishlatilayotgan sarf xarajatlarni saqlab qolishga imkon beradi. Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra qon donorlari orasida brusellyoz infeksiyasini uchrash darajasini, qon donorlarini bosqichma-bosqich test sistemalarida tekshirish, bu soxta musbat va musbat natijalar xisobiga yo‘qotilayotgan qon xajmi va donotsiyalar sonidagi cheklovlarni tartibga solishga olib kelgan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: brusellyozga ijobiy natijalar tufayli rad etilgan qon topshirishning miqdoriy ko‘rsatkichlari 0,23% (312,75±11,8 litr/yiliga) tashkil qilganligi, shuningdek brusellyozga ijobiy bo‘lgan donorlar qonini karantinlash usullaridan foydalanish uning xavfsizligini ta`minlamasligi asoslanganligi Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi 31.01.2025 yildagi 1-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazi 18.02.2025 yildagi 24-I-sonli buyrug‘i buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 2021-2023 yillar orasida qon donorlar orasida brusellyozga soxta va musbat natijalar xisobiga bosqichma-bosqich skrining test sistemalari orqali tekshirish natijasida rad etilgan qon topshirishning miqdoriy ko‘rsatkichlari 0,23% (312,75±11,8 litr/yiliga) tashkil qildi va shu yillar orasida brusellyozga ijobiy bo‘lgan donor qonini karantinlash usullaridan foydalanish uning xavfsizligini ta`minlamasligi asoslandi. Iqtisodiy samaradorligi: Bosqichma-bosqich olib borilgan tadqiqotlarda olingan 90 nafar donorlarda brusellyoz infeksiyasini yangi polimeraza zanjir reaksiyasi usuli orqali tekshirilganda 39 nafar donorda musbat natijalar qayd qilindi va musbat natijani hisobga olgan holda 19,5 litr konservlangan qon ekspertlar tomonidan yo‘q qilingan Xulosa: Xeddelson (AUS – 0,34) skrining usuli bilan taqqoslaganda, polimeraza zanjir reaksiyasi  usulidan foydalanish qon donorlarida brusellyoz mavjudligini aniqroq (AUS-0,79) aniqlashga va soxta ijobiy natijalarni (100%) istisno qilishga imkon beradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: standart skrining usullari bilan solishtirganda polimeraza zanjir reaksiyasi usulidan foydalanish donor qonida brusellyoz infeksiyasi mavjudligini aniqlash va soxta ijobiy natijalarni bartaraf etishda yuqori aniqlik imkonini berishi aniqlanganligi Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi 31.01.2025 yildagi 1-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazi 18.02.2025 yildagi 24-I-sonli buyrug‘i buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavfsiz qon va qon tarkibiy qismlarini tayyorlash, donor qonida brusellyoz infeksiyasi mavjudligini aniqlash va soxta ijobiy natijalarni bartaraf etishda yuqori aniqlik imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi usulning qiymati sarf materiallari, reagentlar va yangi usul uskunalarining narxi, taqqoslovchi usul narxidan birmuncha pastligi 26% tashkil qildi. Xulosa. Qon donorlarida brusellyoz uchun standart Xeddelson skrining testining ijobiy natijalari 100% yaroqsiz qonga asos bo‘ldi (45±0,9 l/yil).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qon donorlarida brusellyozni bosqichma-bosqich skrining qilishda polimeraza zanjir reaksiyasi usulidan foydalanish donorlar qonni rad etish darajasini 56,7% gacha oshirish imkonini berishi va undan oqilona foydalanish ko‘rsatkichini ko‘tarilishi aniqlanganligi Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi 31.01.2025 yildagi 1-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazi 18.02.2025 yildagi 24-I-sonli buyrug‘i buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/23-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: Donorlar qonida brusellyoz infeksiyasini aniqlaganda polimeraza zanjir reaksiyasini qo‘llash yaroqsiz donatsiyalar ulushini kamayishiga va saqlanib qolgan qoni maqsadli ishlatilishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: donorlarda brusellyoz infeksiyasini yangi polimeraza zanjir reaksiyasi  usuli orqali tekshirilganda 90 nafar donorlarga nisbatan polimeraza zanjir reaksiyasi usuli yordamida tekshirilganda xarajatlar tejalishiga olib keldi. Polimeraza zanjir reaksiyasi skriningidan foydalanish rad etilgan qon donatsiyasi darajasini 56,7% gacha (19,5±1,9 l/yil) kamaytirishga imkon berdi. Xulosa. Donorlar qonida brusellyoz infeksiyasi erta bashorat qilish va xavfini bartaraf etish orqali qon tayyorlashda soxta musbat brusellyoz infeksiyasi tufayli qon va qon tarkibiy qismlarini ortiqcha yo‘q qilish sarfini kamaytirish uchun serologik, bakteriologik va molekulyar-biologik usullarni samaradorligini baholashning yangi usullar bilan bog‘liq iqtisodiy samaradorligi o‘rtacha 26 % ni tashkil qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish