Ibragimov Nodirjon Nusriddinovichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada agrar sektorni optimal rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish” (Qashqadaryo viloyati misolida),  08.00.06-Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt972.
Ilmiy maslahatchi: ilmiy maslahatchisiz
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sauxonov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agrar sektor tizimini rivojlanishining optimal tartibga solish usullarini aniqlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrar sektor tizimini rivojlantirish asoslarini mustaxkamlash islohotlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari ichki va tashqi omillar (o‘sish, yorug‘lik, harorat, havoning nisbiy namligi) indekslari asosida rentabellikni ta’minlovchi ekstensiv va intensiv usullar darajasini baholashning  k=(∏_(j=1)^4▒k_(dss(j)) )^0,25 modeli taklif etilgan;
mintaqa agrar sektor tarmoqlarida ishlab chiqarish intensivligini oshirish darajalarining (0,55; 0,52; 0,52) real, (0,55; 0,54; 0,53) barqaror va (0,56; 0,54, 0,53) optimal ko‘rsatkichlari bo‘yicha dinamik simulyatsion modellar asosida baholash metodologiyasi taklif qilingan;
agrar sektor tizimini optimal tartibga solishda iqtisodiy, moliyaviy, texnologik, ijtimoiy, ekologik va tabiiy-iqlim shart sharoitlarini hisobga olgan holda barqaror rivojlantirishning (IK=(∏_(j=1)^6▒k_j )^(0,125))  modeli taklif qilingan;
agrar sektor tizimida iste’mol savatiga kiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish salohiyati indeksining (SI≤0,31) past, (0,31<SI≤0,66) o‘rta, (SI>0,66) yuqori samaradorlik mezonlari asosida minimallashtirilgan adaptiv ekonometrik modellar taklif qilingan; 
agrar sektor mahsulot ishlab chiqarish tizimini rivojlanishining  istiqboldagi 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlashning ko‘p variantli ekonometrik modellari taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Agrar sektor tizimining rivojlanishini optimal tartibga solish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agrar sektor tizimini rivojlantirish asoslarini mustaxkamlash islohotlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari ichki va tashqi omillar (o‘sish, yorug‘lik, harorat, havoning nisbiy namligi) indekslari asosida rentabellikni ta’minlovchi ekstensiv va intensiv usullar darajasini baholashning  k=(∏_(j=1)^4▒k_(dss(j)) )^0,25 modeli bo‘yicha berilgan taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyat hokimligining 2025-yil 6-noyabrdagi 07-07/9916-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrar sektor mahsulotlarini etishtirish jarayonlari bo‘yicha tezkor, ishonchli va birlamchi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratilgan;
mintaqa agrar sektor tarmoqlarida ishlab chiqarish intensivligini oshirish darajalarining (0,55; 0,52; 0,52) real, (0,55; 0,54; 0,53) barqaror va (0,56; 0,54, 0,53) optimal ko‘rsatkichlari bo‘yicha dinamik simulyatsion modellar asosida baholash metodologiyasi bo‘yicha berilgan taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyat hokimligining 2025-yil 6-noyabrdagi 07-07/9916-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif agrar sektor tarmoqlarini barqaror rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash imkonini bergan;
agrar sektor tizimini optimal tartibga solishda iqtisodiy, moliyaviy, texnologik, ijtimoiy, ekologik va tabiiy-iqlim shart sharoitlarini hisobga olgan holda barqaror rivojlantirishning (IK=(∏_(j=1)^6▒k_j )^(0,125))  modeli bo‘yicha berilgan taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyat hokimligining 2025-yil 6-noyabrdagi 07-07/9916-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida mavsumiy tebranishlarni aniqlash hamda viloyatda etishtirilgan agrar sektor mahsulotining real qiymati 2030-yilga kelib 1,16 barobarga oshirish imkonini bergan;
agrar sektor tizimida iste’mol savatiga kiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish salohiyati indeksining (SI≤0,31) past, (0,31<SI≤0,66) o‘rta, (SI>0,66) yuqori samaradorlik mezonlari asosida minimallashtirilgan adaptiv ekonometrik modellar bo‘yicha berilgan taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyat hokimligining 2025-yil 6-noyabrdagi 07-07/9916-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif  agrar sektor tizimida istemol savatiga kiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish imkonini bergan; 
agrar sektor mahsulot ishlab chiqarish tizimini rivojlanishining istiqboldagi 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlashning ko‘p variantli ekonometrik modellari bo‘yicha berilgan taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyat hokimligining 2025-yil 6-noyabrdagi 07-07/9916-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalardan agrar sektor tizimi hajmining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish