O‘rozov Azamat Otaboevichning
fan doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini ekonometrik tadqiq etish usulini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”08.00.06-Ekononetrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5704.
Ilmiy rahbar: Madraximov Qaxramon Egamberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxonov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini ekonometrik tadqiq etish usulini takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini empirik tahlil etishda kvasieksperimental yondashuvlar va YaIMni dekompozitsiya qilish, β- va σ-konvergentsiya modellari, ekonometriya usullari, Moran I indeksi hamda fazoviy avtokorrelyatsiya kabi statistik metodologiyalar qo‘llanilib, hududlararo tafovutlarning sabablari va ularning o‘zaro ta’sir mexanizmlari aniqlangan;
hududlarda sanoatni rivojlantirishda hududning o‘ziga xos xususiyatlari (geografik, iqlimiy, demografik va ishlab chiqarish salohiyati) kabi omillarni inobatga oluvchi klaster mexanizmi taklif etilgan;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida Regression Tree grafigi shoxlanishlari va Random Forest feature importance natijalari asosida ln(X7) (chakana va ulgurji savdo hajmi), ln(X11) (kichik biznes faoliyati), ilmiy tadqiqot xarajatlari (ln(X6)), tashqi savdo (ln(X10)) ko‘rsatkichlarni ustuvorlik darajasi aniqlangan;
Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2030-yilgacha prognozini strategik dastur, omillar ta’siri (ln(Y1)), optimistik stsenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini ekonometrik tadqiq etish usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini empirik tahlil etishda kvasieksperimental yondashuvlar va YaIMni dekompozitsiya qilish, β- va σ-konvergentsiya modellari, ekonometriya usullari, Moran I indeksi hamda fazoviy avtokorrelyatsiya kabi statistik metodologiyalar qo‘llanilib, hududlararo tafovutlarning sabablari va ularning o‘zaro ta’sir mexanizmlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-oktyabrdagi 06-15-09/10354-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini empirik tahlil etishda ilg‘or ekonometriya usullarining kompleks qo‘llanilishi amaliyotda hududlarning iqtisodiy salohiyatini real baholash, resurslarni samarali taqsimlash, investisiya qarorlarini puxta asoslash, rivojlanish siyosatini maqsadli yo‘naltirish, hududlar o‘rtasidagi nomutanosibliklarni kamaytirish va barqaror o‘sishni ta’minlash imkonini bergan;
hududlarda sanoatni rivojlantirishda hududning o‘ziga xos xususiyatlari (geografik, iqlimiy, demografik va ishlab chiqarish salohiyati) kabi omillarni inobatga oluvchi klaster mexanizmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-oktyabrdagi 06-15-09/10354-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz hududlarida resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasida samarali kooperatsiyani ta’minlash, hududning raqobat ustunliklarini kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirish imkonini bergan;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida Regression Tree grafigi shoxlanishlari va Random Forest feature importance natijalari asosida ln(X7) (chakana va ulgurji savdo hajmi), ln(X11) (kichik biznes faoliyati), ilmiy tadqiqot xarajatlari (ln(X6)), tashqi savdo (ln(X10)) ko‘rsatkichlarni ustuvorlik darajasi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-oktyabrdagi 06-15-09/10354-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xizmatlar sohasi, savdo hajmi, kichik tadbirkorlik, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va tashqi savdo kabi determinantlarga ustuvor ahamiyat berish orqali hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsion faollikni oshirish, mahalliy tadbirkorlik muhitini yaxshilash, tashqi savdo salohiyatini kengaytirish hamda hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosibliklarni kamaytirish orqali mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishiga xizmat qilgan;
Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2030-yilgacha prognozini strategik dastur, omillar ta’siri (ln(Y1)), optimistik stsenariylari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-oktyabrdagi 06-15-09/10354-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlarda foydalanilgan.