Oxunova Shaxnoza Botirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekstrakorporal urug‘lantirish siklida tashxislash va davolash tadbirlarini gomotsistein miqdoriga bog‘liq holda takomillashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik i ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3PhD/Tib3697.
Ilmiy rahbar: Sadikova Dilfuza Ravshanbekovna, tibbiyot fanlari nomzodi dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti,  DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar:  Kurbanov Jaxongir Jamolovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bepushtlikda gomotsisteinning miqdorini aniqlash va korreksiyalashga qaratilgan davolash tadbirlarini takomillashtirish orqali ekstrakorporal urug‘lantirish sikllarida tuxum hujayralarning va embrionlarning sifatini, homiladorlikni yuzaga kelishi va uning kechishini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bepushtlik mavjud juftliklarni EKU dasturiga tayyorlash bosqichida xavf omillarni aniqlash va uni bartaraf qilish EKU amaliyoti samaradorligini 3,2 marotabagacha oshirishi (r<0,01) isbotlangan;
EKU amaliyotiga tayyorlash bosqichida bepushtligi mavjud juftliklarning qon tahlilidagi gomotsistein miqdorini aniqlash va uni korreksiya qilish dastur bo‘yicha tuxumdonlarni stimulyasiya qilish davrini 2,9 marotabagacha kamaytirishi (r=0,002) isbotlangan;
EKU siklidan oldin aniqlangan gomotsisteinning patologik darajasi ootsitlar va embrionning sifatiga teskari korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan, bunda M2 ootsitning sifati 1,12 martagacha (r=0,02), M1 ootsitning sifati 1,1 martagacha (r=0,001), A sinf embrionning sifati 1,82 martagacha (r<0,05)  pasayishi isbotlangan;
EKU siklini olib borish algoritmi asosida yuzaga kelgan homiladorlikning dastlabki trimestrida homila tushish xavfi (χ2=9,12; r<0,05), homila tushishi (χ2=10,8; r<0,01) chastotalarining kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
EKU siklidan oldin bepushtlik mavjud juftliklarni klinik, biokimyoviy, molekulyar-biologik, instrumental, morfologik va statistik tekshiruv usullari asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: bepushtlik mavjud juftliklarni EKU dasturiga tayyorlash bosqichida xavf omillarni aniqlash va uni bartaraf qilish EKU amaliyoti samaradorligini oshirishini asoslovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 dekabrda 12-24/536-t son bilan tasdiqlangan «Ekstrakorporal urug‘lantirish siklida gomotsistein miqdorini barqarorlashtirish orqali davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filialining 20 fevral` 2025-yildagi 54-sonli hamda Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti Doctor-D-IVF klinikasining 3 fevral` 2025-yildagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashining 2025 yil 17 iyuldagi №22/19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bepushtlik mavjud juftliklarni EKU dasturiga tayyorlash bosqichida xavf omillarni aniqlash va uni bartaraf qilish o‘tkazilayotgan EKU amaliyotini samaradorligini oshirishga, amaliyot natijasini ijobiy tus olishiga, qayta EKU amaliyotini o‘tkazishga ehtiyojning minimallashtirishga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: EKU dasturiga tayyorlash bosqichida bepushtlik mavjud juftliklarda xavf omillarini to‘g‘ri aniqlash va erta tashxislash orqali EKU amaliyotini samarasiz yakun topishi va qayta o‘tkazishga ehtiyoj qolmaganligi sababli 50 nafar juftlik uchun 1400000000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bepushtlikning kelib chiqish omillariga ko‘ra murojaat qilgan juftliklarni to‘g‘ri va erta tashxislash, 1 nafar juftlik uchun 1 marotaba o‘tkaziladigan EKU dasturi hisobiga 28000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.  
ikkinchi ilmiy yangilik: EKU amaliyotiga tayyorlash bosqichida bepushtligi mavjud juftliklarning qon tahlilidagi gomotsistein miqdorini korreksiya qilish dastur bo‘yicha tuxumdonlarni stimulyasiya qilish davrini kamaytirishini asoslovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 dekabrda 12-24/536-t son bilan tasdiqlangan «Ekstrakorporal urug‘lantirish siklida gomotsistein miqdorini barqarorlashtirish orqali davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filialining 20 fevral` 2025-yildagi 54-sonli hamda Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti Doctor-D-IVF klinikasining 3 fevral` 2025-yildagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashining 2025 yil 17 iyuldagi №22/19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi:  EKU amaliyoti o‘tkazilishi zarur bo‘lgan bepushtligi mavjud juftliklarning qonida gomotsistein miqdorini aniqlash shu ayollarning olib borish va stimulyasiya dasturi davomiyligini aniqlab berdi. Bu esa ushbu juftliklarda EKU amaliyoti samaradorligini yaxshilashga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: EKU amaliyotiga tayyorlash bosqichida bepushtligi mavjud juftliklarning qon tahlilidagi gomotsistein miqdorini darajasiga muvofiq EKU amaliyotini qo‘llash natijasida o‘rtacha 50 bemor uchun 60000000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bepushtligi mavjud juftliklarning qonida gomotsistein miqdoriga ko‘ra EKU dasturini oqilona tuzish 1 nafar juftlik hisobiga stimulyasiya uchun foydalaniladigan mablag‘larini 1200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. 
uchinchi ilmiy yangilik: EKU siklidan oldin aniqlangan gomotsisteinning patologik darajasi ootsitlar va embrionning sifatiga korrelyasion bog‘liqligini isbotlovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 dekabrda 12-24/536-t son bilan tasdiqlangan «Ekstrakorporal urug‘lantirish siklida gomotsistein miqdorini barqarorlashtirish orqali davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filialining 20 fevral` 2025-yildagi 54-sonli hamda Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti Doctor-D-IVF klinikasining 3 fevral` 2025-yildagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashining 2025 yil 17 iyuldagi №22/19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qonda gomotsisteinning patologik darajasini EKU dasturini amalga oshirishdan oldin aniqlash va muvofiqlashtirilmasligi yomon sifatli ootsitlar va embrionlarning hosil bo‘lishini prognozlash ahamiyatiga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: EKU amaliyotiga tayyorlash bosqichida bepushtligi mavjud juftliklarning qon tahlilidagi gomotsistein miqdorini muvofiqlashtirish natijasida o‘rtacha 50 nafar juftlik uchun 280000000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: qondagi gomotsisteinning patologik darajasini muvofiqlashtirish orqali EKU dasturi davomida embrionni ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini asosli qo‘llash natijasida 1 nafar juftlik hisobiga 5600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: EKU siklini olib borish algoritmi asosida yuzaga kelgan homiladorlikning dastlabki trimestrida homiladorlik asoratlari chastotalarining kamayishi isbotlanganligini asoslovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 dekabrda 12-24/536-t son bilan tasdiqlangan «Ekstrakorporal urug‘lantirish siklida gomotsistein miqdorini barqarorlashtirish orqali davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filialining 20 fevral` 2025-yildagi 54-sonli hamda Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti Doctor-D-IVF klinikasining 3 fevral` 2025-yildagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashining 2025 yil 17 iyuldagi №22/19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: EKU usuli amalga oshirish zarur bo‘lgan bepushtligi mavjud juftliklarga olib borishning tavsiya etilgan usuli homiladorlikning dastlabki trimestrida salbiy oqibatlarini oldini olishga va minimallashtirilishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: EKU amaliyotidan so‘ng homiladorlik kechishini prognozlash va shunga muvofiq davolash chora-tadbirlarini qo‘llash natijasida o‘rtacha 50 nafar juftlik uchun 100000000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: EKU amaliyotidan oldin zaruriy tekshiruvlarni amalga oshirish va davolash chora-tadbirlarini asosli qo‘llash natijasida 1 nafar ayol uchun koyka hisobiga byudjet mablag‘larini 2000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish