Xabibullaeva Gavxar Nosirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jadidlar nasriy asarlarida qo‘llangan etnografizmlar va ularning leksikografik talqini”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5228.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Madrahimov Ilhomjon Sobirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor.                                                                
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jadidlar nasriy asarlari uchraydigan etnografik birliklarning leksik-semantik hamda leksikografik xususiyatlarini aniqlab berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon, turkologiya hamda o‘zbek tilshunosligida etnografizmlarga doir ilmiy talqin va qarashlar qarashlarning voqelanish holatlari hamda lisoniy ko‘rinishlaridagi tarixiy-madaniy, milliy-etnik hamda hududiy jihatlari ochib berilgan va tizimlashtirilgan;
O‘zbekiston tarixidagi jadidlar harakati vakillari bo‘lgan adiblarning nasriy asarlari matnidagi leksik birliklar o’sha davr o‘zbek xalqining urf-odatlari, turmush tarziga xos etnografik birliklar sifatida tarixiy davr nuqtai nazaridan baholangan, tilning etnoleksik birliklari yig‘ilib, leksik-semantik xususiyatlari izohlanib tasniflangan; 
jadidlar davri etnografik leksikasi keng qamrovda – qiyosiy, tarixiy-etimologik, statistik hamda semantik-struktur metodologik tamoyillarga ko‘ra tahlil qilingan, etnografizmlarning tarixiy-madaniy jarayonlardagi leksik-semantik, funksional imkoniyatlari, ularning ilmiy-ommaviy va adabiy-badiiy muloqotlardagi qo‘llanish ko‘lami, darajasi hamda uslubiy jihatlari aniqlangan; 
jadid adabiyoti vakillari asarlaridagi madaniy merosga xos etnografizmlarning arxaiklashuvi, sinonimiyasi, variantdoshligi, tarixiy-etimologik manbalari izohlanib, olti jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd etilmagan etnografik birliklarning yangi “Jadidlar nasriy asarlarida qo‘llangan etnografizmlar izohli lug‘ati” yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Jadidlar nasriy asarlarida etnografizmlar va ularning leksikografik talqini”ni tadqiq etish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon, turkologiya hamda o‘zbek tilshunosligida etnografizmlarga doir ilmiy talqin va qarashlar qarashlarning voqelanish holatlari hamda lisoniy ko‘rinishlari tarixiy-madaniy, etnik-milliy va hududiy xususiyatlariga ko‘ra ochib berilgan va tizimlashtirilgan hamda O‘zbekiston tarixidagi jadidlar harakati vakillari bo‘lgan adiblarning nasriy asarlari matnidagi leksik birliklar o’sha davr o‘zbek xalqining urf-odatlari, turmush tarziga xos etnografik birliklar sifatida tarixiy davr nuqtai nazaridan  baholangan, tilning etnoleksik birliklari yig‘ilib, leksik-semantik jihatdan izohlangan va tasniflangan fikr va ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 – “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-fevraldagi 04/1-615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha etnografizm termini, uning o‘rganilishi, semantikasi, lug‘atlarda ifodalanish xususiyatlari borasida shakllantirilgan ilmiy qarashlar va tahliliy yondashuvlar metodik asoslari boyitilgan; 
jadidlar davri etnografik leksikasi keng qamrovda – qiyosiy, tarixiy-etimologik, statistik hamda semantik-struktur metodologik tamoyillarga tayangan holda tahlil etilgan hamda etnografizmlarning tarixiy-madaniy jarayonlardagi leksik-semantik, funksional imkoniyatlari, ularning ilmiy-ommaviy va adabiy-badiiy muloqotlardagi qo‘llanish ko‘lami, darajasi aniqlangan, uslubiy belgi-xususiyatlari esa maxsus tadqiq etilgan holda ilmiy-nazariy mezonlar orqali chiqarilgan xulosalardan Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasidagi 2020-2022-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 – “O‘zbek tilining taʼlimiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-fevraldagi 04/1-613-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining ta’limiy korpusida milliy-madaniy leksik qatlamni ajratish, tizimlashtirish va lingvodidaktik vosita sifatida belgilash imkoniyati ortgan;
jadid adabiyoti vakillari asarlaridagi madaniy merosga xos etnografizmlarning arxaiklashuvi, sinonimiyasi, variantdoshligi, tarixiy-etimologik manbalari  tasniflangan. Shu jarayonda olti jildli “O‘zbek tilining izohli lugʻati”da qayd etilmagan etnografik birliklar izohlangan va natijada “Jadidlar nasriy asarlarida qo‘llangan etnografizmlar izohli lug‘ati”da asoslangan materiallar asosida 2024-2025-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali”, “Bedorlik”, “ljod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshitirishlarining ssenariyasini yozishda foydalanildi va muallif bilan suhbatlar uyushtirildi (2025-yil 5-maydagi 26-36/984 sonli ma’lumotnomasi). Natjada ushbu ko‘rsatuvlarning mazmuniy tomonlari boyitilib, teleko‘rsatuv va eshittirishlarning tomoshabop jihatlari ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish