Safarov Tulqin Nazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: ““Geometriya asoslari ” fanini o‘qitishni zamonaviy bilimlarni qo‘llash yo‘li bilan takomillashtirish”, 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5153
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Termiz davlat universiteti. Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: f.-m.f.d., professor Artikbaev Abdullaaziz
Rasmiy opponentlar: p.f.d., prof. Yunusova Dilfuza Israilovna (Toshkent davlat pedagogika universiteti. MO‘M kafedrasi professori)
f.-m.f.f.d, PhD. Sultanov Bekzod Maqsud o‘g‘li (Urganch davlat universiteti, Algebra va matematik injenering kafedrasi dotsenti)
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi zamonaviy bilimlarni qo‘llash orqali oliy ta’lim muassasalarida “Geometriya asoslari” fani mazmunini takomillashtirish hamda talabalarning noevklid geometriyalarga oid ilmiy tadqiqotlarga qiziqishlarini orttirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dunyoning nufuzli universitetlarining “Geometriya asoslari” va unga turdosh fanlari mazmunining qiyosiy tahlili asosida geometriyaga oid nazariy va amaliy bilim-ko‘nikmalar oliy ta’limda tahsil oladigan talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishi uchun GeoGebra va Cabri 3D dasturlari orqali kognitiv qobiliyatlarni bosqichma-bosqich rivojlantirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
universitetlar “Geometriya asoslari” fanining o‘quv dasturi mazmuni uch o‘lchovli affin fazolardagi noevklid geometriyalar orasidagi farqni, o‘xshash xossalarini, shuningdek bu geometriyalarning kelib chiqish tarixini ochib berishga to‘la mos kelgan va kichik guruhlarda raqobat muhitini yaratadigan o‘quv-pedagogik dasturlar bilan mantiqan uyg‘unlashtirilib, Google Shees, LMS va Moodle avtomatlashtirilgan rag‘batlantirish platformalariga konstruktivistik yondashuv orqali integratsiya qilinishi asosida takomillashtirilgan;
uch o‘lchovli affin fazolardagi geometriyalar hamda elliptik va giperbolik tekislikdagi geometriyalar modullarini o‘qitish metodikasi amaliy va ijodiy kompetensiyalarni shakllantiruvchi integrativ o‘quv-amaliy materiallar majmuasining nazariy, amaliy va ijodiy bloklar uyg‘unligi hamda muammoli echimlar va tahliliy ko‘nikmalaridan foydalanish asosida Blum taksonomiyasi klassifikatsiyasi orqali kognitiv qobiliyatlarni bosqichma-bosqich rivojlantirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
“Geometriya asoslari” fanining takomillashtirilgan mazmuni, talabalarda tanqidiy fikrlash va ijodiy muammolarni hal qilish kompetensiyalarini rivojlantirishning strukturaviy-komponentli modeli xalqaro tajribada keng qo‘llanilayotgan cognitive apprenticeship (mutaxassis tajribasi orqali o‘qitish) va inquiry-based learning (tadqiqotga yo‘naltirilgan o‘qitish) elementlarini milliy ta’lim amaliyotida empirik-eksperimental tahlillarning metodik aprobatsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Geometriya asoslari” fanini o‘qitishda zamonaviy geometriya elementlaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Geometriya asoslari” fanidan proektiv metrikali fazolarga oid bilimlarni innovatsion ta'lim texnologiyalar vositasida talabalarga etkazish hamda ularda zamonaviy geometriya elementlariga oid bilimlarini rivojlantirish doirasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalari va ilmiy xulosalari amaliѐtga tatbiq etilan (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 26 oktyabrdagi 2/14-3/1-82-l59-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning noevklid geometriyasidan zamonaviy bilimlarini bilish va masalalar echish orqali o‘rganish jarayonida ilmiy-metodik mahorati, ilmiy-ijodkorlik qobiliyatlarini shakllanish, fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ta'lim sifatini oshirish imkonini bergan.
“Geometriya asoslari” fanini o‘qitish o‘quv-metodik ta’minoti, talabalarda noevklid geometriyasini rivojlantirishga qaratilgan mavzular ketma-ketligi bilan uzviy bog‘langan “Yangi geometriya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma (2023 y.) mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universitetining 2023-yil 11-oktyabrdagi 024-son buyrug‘i, 366-PO‘raqamli guvohnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma noevklid geometriya elementlarini o‘qitishda talabalarda fanga qiziqishni uyg‘otish, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorli talabalarlarni tanlab olish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.