Aminova Dilnoza Xikmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Madaniyatlararo muloqot aspektida ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi harbiy terminologiyaning polisemiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5289.
Ilmiy rahbar: Dalieva Madina Xabibullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kurganov Anvar Muxtorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi harbiy terminologiya polisemiyasining struktur-semantik xususiyatlari hamda madaniyatlararo muloqot aspektida qo‘llanilish qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi harbiy terminologiyaning struktur-semantik va madaniyatlararo muloqotda qo‘llanilish xususiyatlarini aniqlash orqali polisemantik harbiy terminlarning leksik-semantik guruhlari, ularning birlamchi va ikkilamchi ma’nolari, metaforik va metonimik ko‘chish asosida ma’nolarning kengayish va torayish mexanizmlari semantik transformatsiya aspektida ochib berilgan;
harbiy terminologiyada polisemiyani shakllantiruvchi intralingvistik (metafora, metonimiya, kontekstli disambiguatsiya) va ekstralingvistik (kontekst, lingvistik konvensiyalar, kognitiv imkoniyatlar, tilning tarixiy rivojlanishi va ijtimoiy-madaniy) omillarni aniqlash asosida o‘rganilayotgan tillarda harbiy terminlarning tadrijiy rivojlanish xususiyatlari (semantik kengayishi, funksional o'zgarishi, terminologizatsiya va determinologizatsiya jarayonlari, milliy moslashuvi) aniqlangan;
harbiy terminlar polisemiyasi mexanizmlarini chog‘ishtirma va struktur-semantik tahlil qilish orqali o‘rganilayotgan tillarda metaforik, metonimik, funksional turlari, so‘z yasash va semantik derivatsiya asosida ma’no ko‘chishlarining radial, zanjirsimon va radial-zanjirsimon shakllanish modellari lingvosemantik va madaniyatlararo muloqot nazariyasi uyg‘unligida ochib berilgan;
struktur-semantik va komponent tahlil yordamida polisemantik harbiy terminlar ma’nolarining shakliy aloqalari turlari, chog‘ishtirilayotgan tillarda ularning madaniyatlararo kommunikatsiya aspektida shakllanishining tillararo simmetriya, ma’no ko‘chish mexanizmlari va polisemiya modellari kabi universal va tillararo asimmetriya, madaniy determinantlar va adaptiv strategiyalar singari milliy o‘ziga xos usullari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Madaniyatlararo muloqot aspektida ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi harbiy terminologiyaning polisemiyasi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi harbiy terminologiyaning polisemantik xususiyatlarini kompleks tahlil qilish, ularning struktur-semantik xususiyatlari va madaniyatlararo muloqotda qo‘llanilish qonuniyatlarini aniqlash orqali polisemantik harbiy terminlarning leksik-semantik guruhlari, ularning birlamchi va ikkilamchi ma’nolari, metaforik va metonimik ko‘chish asosida ma’nolarning kengayish va torayish mexanizmlari hamda semantik transformatsiya xususiyatlari ochib berilganiga oid xulosalardan O‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash va kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSh Davlat departamenti va O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan SUZ80021GR3106 raqamli “The English Access Microscholarship Program” (“Ingliz tili bo‘yicha mikrostipendiyalar dasturi”) innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 8-yanvardagi 01/01-52-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ishlab chiqilgan resurslar o‘quv jarayoni mazmunini boyitish imkonini bergan;
harbiy terminologiyada polisemiyani shakllantiruvchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni tasniflash asosida o‘rganilayotgan tillarda harbiy terminlar polisemiyasi rivojlanishining tarixiy-madaniy, ijtimoiy va kasbiy xususiyatlari asoslangani borasidagi xulosalardan Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit mobilligiga asoslangan holda 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan “2020-1-DE01-KA107-005433 raqamli Erasmus+ CM, KA-107 – International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 7-yanvardagi 17/1-14-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv jarayoni mazmuni loyiha doirasida yaratilgan resurslar bilan boyitilgan;
harbiy terminlar polisemiyasi mexanizmlarini chog‘ishtirma va struktur-semantik tahlil qilish orqali o‘rganilayotgan tillarda ma’no ko‘chishlarining metaforik (field of tactics / takticheskoe pole / taktik maydon), metonimik (command / komandovanie / qo‘mondonlik), funksional (fire / ogon` / o‘t) turlari, so‘z yasash modellari (base-basic-basically / baza-bazoviy-bazovo / baza-bazaviy-bazaviy tarzda) va semantik derivatsiya (attack-assault-offensive / ataka-nastuplenie-napadenie / hujum-taaruz-zarba) jarayonlari aniqlanganiga doir xulosalardan IL-662204405 raqamli “Eksperimental fonetik laboratoriya yaratish (xorijiy tillar misolida)” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 11-yanvardagi 04/01-86-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif va tavsiyalar loyihaning ijtimoiy samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutgan;
struktur-semantik va komponent tahlil yordamida polisemantik harbiy terminlar ma’nolarining shakliy aloqalari turlari, chog‘ishtirilayotgan tillarda ularning madaniyatlararo kommunikatsiya aspektida shakllanishining universal va milliy o‘ziga xos usullari dalillangani xususidagi ilmiy-nazariy mulohazalardan “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishining 2.10 “Tarjimaning ekstralingvistik muammolari” moduli bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishda, shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazining malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun qo‘shimcha o‘quv materiallarini tanlash va ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazining 2025-yil 16-yanvardagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv-uslubiy majmualar mazmunini boyitish, modul bo‘yicha testlarni ishlab chiqish hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun onlayn platformada joylashtiriladigan materiallarni shakllantirishga xizmat qilgan.