Baybabaeva Shoiraxon Ismatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining diskursiv kompetensiyasini “Flipped learning” texnologiyasi asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8619
Ilmiy rahbar:Muradkasimova Kamola Shuxratovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umurzoqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Masharipova Feruza Jumanazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi ikkinchi bosqich bo‘lajak mutaxassislarning diskursiv kompetensiyasini “Flipped learning” texnologiyasi yordamida takomillashtirish.
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak ingliz tili mutaxassislar kommunikativ xatti-harakatlarining maqsadini belgilashda diskursiv kompetensiyaning  janr subkomponenti zarurati muloqotning dominant omili sifatida og‘zaki/yozma matnni kodlash va dekodlashda izchillik, uzviylik hamda taktik komponentlarni butundan qismga germenevtik yondashuv asosida Graysning maksimlari xulq kategoriyasiga integratsiya qilish orqali isbotlangan; 
diskursiv tahlilga o‘rgatishda refleksiya darajalari o‘rtasida yuzaga keluvchi interferensiya hodisasini bartaraf etishga qaratilgan lingvo-metodik ta’minot reseptiv-reproduktiv mashqlar o‘rtasidagi tafovutni maxsus professional yo‘naltirilgan mazmun (content-oriented) va jarayon (process-oriented) interfaol metodik vositalar muvozanatini ta’minlashga qaratilgan spektrli modelning tashkiliy-strategik konseptual blokning funksional komponentini sinergetik moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
“Flipped learning” texnologiyasiga asoslangan inversiv mustaqil va auditoriya ta’limi uzviyligi samaradorligi Consciousness-raising learning (kognitiv aqliy faoliyat) ta’lim bosqichiga ierarxik strategiyalarni tarkibiy qism sifatida kiritish hamda scaffolding texnologiyasining stimullashtirish xususiyatlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash orqali  dalillangan;
bo‘lajak mutaxassislarning diskursiv kompetensiyasini baholash mezoni CEFRda taqdim etilgan diskriptorlar hamda “Flipped learning” texnologiyasi komponentlarini Blum taksonomiyasining kognitiv darajalari bilan vertikal integratsiya qilish orqali diskursiv kompetensiya komponentlarining differensial xususiyatlarining gorizontal chiziqdagi kogeziya va kogerentlik mazmuniga muvofiq takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislar diskurs kompetensiyasini takomillashtirishda “Flipped learning” ta’lim texnologiyasi xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak ingliz tili mutaxassislar kommunikativ xatti-harakatlarining maqsadini belgilashda diskursiv kompetensiyaning  janr subkomponenti zarurati muloqotning dominant omili sifatida og‘zaki/yozma matnni kodlash va dekodlashda izchillik, uzviylik hamda taktik komponentlarni butundan qismga germenevtik yondashuv asosida Graysning maksimlari xulq kategoriyasiga integratsiya qilish orqali isbotlanganligiga oid xulosalardan Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. Natijada, diskursiv kompetensiya, kompetensiya komponentlari, yozma va og‘zaki matn kabilar bilan bog‘liq atamalarning ilmiy izohlari hamda amaliyotga tatbiq etilishi imkoniyatlari ta’minlangan. Shuningdek, ushbu yangilikdan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Jahon Adabiyoti” eshittirishlari ssenariysida 2024-yilda fevral oyida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM 2024-yil 8-maydagi 04- 36-627-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda diskursiv kompetensiya terminini kelib chiqishi, chet tili o‘qitish metodikasi uning davriy rivojlanishi chet tilini o‘qitishda ta’lim texnologiyalari, chet tilini o‘qitishda mustaqil ta’limni tizimli tashkil etish orqali, “Flipped learning” texnologiyasi kirib kelishi, bosqichi va tamoyillari qiyosiy tahliliga asoslanganligi ta’minlangan.
diskursiv tahlilga o‘rgatishda refleksiya darajalari o‘rtasida yuzaga keluvchi interferensiya hodisasini bartaraf etishga qaratilgan lingvo-metodik ta’minot reseptiv-reproduktiv mashqlar o‘rtasidagi tafovutni maxsus professional yo‘naltirilgan mazmun (content-oriented) va jarayon (process-oriented) interfaol metodik vositalar muvozanatini ta’minlashga qaratilgan spektrli modelning tashkiliy-strategik konseptual blokning funksional komponentini sinergetik moslashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan HMM Radiotexnika qo‘shinlari o‘quv-terminologik lug‘ati “Erudit” shifrli maqsadli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 2024-yil 27-martdagi 10/593-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ilmiy natijalari loyiha doirasida qo‘llanma, dastur va ishlanmalar ishlab chiqishda tavsiyalar amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar loyiha doirasida o‘z aksini topgan. 
“Flipped learning” texnologiyasiga asoslangan inversiv mustaqil va auditoriya ta’limi uzviyligi samaradorligi Consciousness-raising learning (kognitiv aqliy faoliyat) ta’lim bosqichiga ierarxik strategiyalarni tarkibiy qism sifatida kiritish hamda scaffolding texnologiyasining stimullashtirish xususiyatlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash orqali  dalillanganligiga doir ilmiy natijalari O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagoglarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq markazi kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq markazi kasbiy qayta tayyorlash kursi o‘quv rejasining 3.7. “Til aspektlari amaliyoti” modul dasturini yaratish doirasida foydalanildi (2024-yil 10-oktyabrdagi 07/4069-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ilmiy natijalari 3.7- “Til aspektlari amaliyoti” moduli dasturi asosida fan resursi, testlar banki va dars ishlanmalar yaratildi. Dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar diskursiv kompetensiyani takomillashtirishda “Flipped learning” texnologiyasi orqali mustaqil ta’lim hamda auditoriya mashg‘ulotlarini integratsiyasini amaliyotga tatbiq etilishi ta’minlangan.
bo‘lajak mutaxassislarning diskursiv kompetensiyasini baholash mezoni CEFRda taqdim etilgan diskriptorlar hamda “Flipped learning” texnologiyasi komponentlarini Blum taksonomiyasining kognitiv darajalari bilan vertikal integratsiya qilish orqali diskursiv kompetensiya komponentlarining differensial xususiyatlarining gorizontal chiziqdagi kogeziya va kogerentlik mazmuniga muvofiq takomillashtirilganligiga doir yangiligidan O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida amalga oshirilgan 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan S-UZ2800-21-GR-3106 “Access Microscholarship Program” xalqaro innovatsion grant loyihasida foydalanildi (2024-yil 21-oktyabrdagi 01/650-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot yangiligi loyihaning ilmiy qimmati oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi va loyiha ishtirokchilarining diskursiv kompetensiyani “Flipped learning” texnologiyasi asosida baholash bo‘yicha bilimlarini kengayishiga hissa qo‘shdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish