Xalmurzaeva Naima Fatixovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim xizmatlari bozorida iste’molchi xulqini tadqiq etishning zamonaviy yondashuvlari”. 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/iqt4549
Ilmiy rahbar: Temirov Muxammadali Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: Yarasheva Vasila Kamalovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shadieva Gulnora Mardievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim xizmatlari bozorida iste’molchi xulqini tadqiq etishni yanada rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim tizimini – oliy o‘quv yurti, ish beruvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘z ichiga olgan murakkab ekotizim sifatida talqin qiluvchi, ushbu uchta komponentning integratsiyalashuviga asoslangan yangi konseptual model taklif etilgan;
ta’lim xizmatlari bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ta’lim xizmatlari iste’molchilarining xulqini chuqurroq tahlil qilish imkonini beruvchi EKB (Engel-Kollat-Blackwell) va ABC (Activity-Based Costing) modellarini moslashtirish va modifikatsiya qilish taklif qilingan;
marketing modellarini qo‘llash asosida ta’lim xizmatini ko‘rsatayotgan muayyan ta’lim muassasasi tomonidan ta’lim olayotgan talabalar boshqa ta’lim muassasalari uchun potensial mijoz ekanliklari ilmiy asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlangan mutaxassislarning olayotgan daromadlari o‘sishini regression ekonometrik model` asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oliy ta’lim xizmatlari bozorida iste’molchi xulqini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ta’lim tizimini – oliy o‘quv yurti, ish beruvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni o‘z ichiga olgan murakkab ekotizim sifatida talqin qiluvchi hamda ushbu uchta komponentning integratsiyalashuviga asoslangan yangi konseptual modelga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 3 martdagi № 04/17-526-sonli va Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutining 2025 yil 28 fevraldagi № 590-01/8-18-son ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutida oliy ta’lim muassasasi, ish beruvchi va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir asosida o‘quv dasturlari ish beruvchilarning talablari va mehnat bozori ehtiyojlarini inobatga olgan holda yangilangan, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va ularni mehnat bozoriga tayyorlash samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
ta’lim xizmatlari bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ta’lim xizmatlari iste’molchilarining xulqini chuqurroq tahlil qilish imkonini beruvchi EKB (Engel-Kollat-Blackwell) va ABC (Activity-Based-Costing) modellari moslashtirilgan va modifikatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 3 martdagi № 04/17-526-sonli va Nukus innovatsion institutining 2025 yil 1 martdagi № 01-86-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Nukus innovatsion institutida ta’lim xizmatlari iste’molchilarining qaror qabul qilish jarayonini chuqurroq tushunish, ta’lim xizmatlarini tanlashga ta’sir qiluvchi omillari aniqlanib, maqsadli marketing strategiyalari ishlab chiqilgan va resurslar samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
marketing modellarini qo‘llash asosida ta’lim xizmatini ko‘rsatayotgan muayyan ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan talabalar boshqa ta’lim muassasalari uchun potensial mijoz ekanliklari ilmiy taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 3 martdagi № 04/17-526-sonli va Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutining 2025 yil 28 fevraldagi № 590-01/8-18-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutida marketing strategiyasi takomillashtirilgan, institut talabalarini oliy o‘quv yurtida qolishga motivatsiya beruvchi vositalari joriy etilgan va ta’lim jarayoni va infratuzilmani yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlangan mutaxassislarning olayotgan daromadlari o‘sishini regression ekonometrik model` asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlar boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 3 martdagi № 04/17-526-sonli va Nukus innovatsion institutining 2025 yil 1 martdagi № 01-86-son ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Nukus innovatsion institutida regression model` natijalari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar, kasbiy yo‘nalishlarni aniqlashga yordam bergan va o‘quv dasturlarini bozor talablariga moslashtirish imkoniyati yaratilgan.