Boyturaeva Gulbaxor Kamoliddin qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fizika kursini fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (7-sinf misolida)” 13.00.02-“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (fizika) ixtisosligi bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Ped4999
Ilmiy rahbar: Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich, pedogogika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04-raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
1. Zaynabidinov Sirojiddin Zaynabidinovich – Andijon davlat universiteti, fizika matematika fanlari doktori, O‘zRFA akademigi.
2. Abdullaeva Ozoda Safibulloevich – Namangan davlat texnika universiteti, fakultet dekani, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf fizika fanini fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
7-sinf fizika fanini fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitishning axborot-metodik ta’minoti, ta’lim sifati va samaradorligi o‘sishiga xizmat qiluvchi didaktik vositalarni (ishlab chiqilgan fanlararo mazmundagi dars ishlanmalari va uslubiy qo‘llanma) tabiiy fanlar o‘zaro integratsiyasi (vertikal va gorizontal yoʻnalishlardagi) intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
7-sinf fizika fanini quyi sinflarda va yondosh fanlardan o‘rganilgan bilimlarga tayanib fanlararo aloqadorlikda o‘qitish orqali o‘quvchilarning refleksiv ko‘nikmalarini (axborotlar to‘plash, tahlil qilish va baholash) shaxsiy, faoliyatga yoʻnaltirilgan, subektiv, interfaol yondashuvlarning metodik imkoniyatlarini takomillashtirish asosida rivojlantirilgan;
fizikani fanlararo aloqadorlikda o‘qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantiruvchi hamda kasbga yoʻnaltirish imkonini beruvchi tamoyillar (shaxsga yoʻnaltirilganlik, amaliyotda qo‘llash, uzviylik, differensial yondashuv, axborot ochiqligi va ommaboplik)ni ta’lim muhitiga integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
7-sinfda fizikani fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitish modeli nazariy bilimlarning natijador-amaliyligini ta’minlashga qaratilgan tuzilmaviy komponentlarni pedagogik jarayondagi o‘zaro integratsiyasini ta’minlash orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, kreativ-ijodiy faolligini oshirish, tabiiy-ilmiy bilimlarni yaxlit va uyg‘un holda o‘zlashtirishiga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 7-sinfda fizik bilimlarni fanlararo aloqadorlikda o‘qitish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
7-sinf fizika fanini fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitishning axborot-metodik ta’minoti, ta’lim sifati va samaradorligi o‘sishiga xizmat qiluvchi didaktik vositalarni (ishlab chiqilgan fanlararo mazmundagi dars ishlanmalari va uslubiy qo‘llanma) tabiiy fanlar o‘zaro integratsiyasi (vertikal va gorizontal yoʻnalishlardagi) intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalardan, 7-sinf fizika fani “Tabiatda kuch”, “Energiya” va “Issiqlik hodisalari”, “Elektr”, “Yorug‘lik hodisalari” boblari uchun ishlab chiqilgan fanlararo aloqadorlikda o‘qitish jadvallaridan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Fizika” fanidan darslik va uning multimediyali ilovalarini ishlab chiqishda, fizika fanini fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 23-maydagi 01/11-5-336-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 7-sinf fizika fani boblarini o‘qitishda fanlararo bilimlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning abstrakt fikrlash qobiliyatlari shakllanishi va rivojlantirilishiga hamda ta’lim jarayoni uzviyligi va izchilligini ta’minlashga erishilgan;
7-sinf fizika fanini quyi sinflarda va yondosh fanlardan o‘rganilgan bilimlarga tayanib fanlararo aloqadorlikda o‘qitish orqali o‘quvchilarning refleksiv ko‘nikmalarini (axborotlar to‘plash, tahlil qilish va baholash) shaxsiy, faoliyatga yoʻnaltirilgan, subektiv, interfaol yondashuvlarning metodik imkoniyatlarini takomillashtirish asosida rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar, 7-sinfgacha tabiat haqida bilim beruvchi “Tabiiy fanlar” o‘quv fani orqali olgan bilimlaridan foydalangan holda fizik hodisalarni kuzatish orqali o‘quvchilarning tabiiy va iqtisodiy fanlarni o‘zlashtirishda egallagan bilimlari asosida fikrlashini rivojlantirish hamda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning didaktik ta’minoti “7-sinfda fizika fanini fanlararo o‘qitish” nomli uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 23-maydagi 01/11-5-336-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fanlararo mazmundagi ishlab chiqilgan dars ishlanmalari orqali o‘quvchilarning refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
fizikani fanlararo aloqadorlikda o‘qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantiruvchi hamda kasbga yoʻnaltirish imkonini beruvchi tamoyillar (shaxsga yoʻnaltirilganlik, amaliyotda qo‘llash, uzviylik, differensial yondashuv, axborot ochiqligi va ommaboplik)ni ta’lim muhitiga integratsiya qilish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan foydalanib 7-sinfda fizikaga oid bilimlarni fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitish samaradorligini oshirishning axborot-metodik ta’minoti bo‘yicha “Turli temperaturali suvlar aralashganda issiqlik almashuvini kuzatish” (№ DGU 33239), “Notekis harakatning o‘rtacha tezligini aniqlash” (№ DGU 42480) nomli elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan(O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 23-maydagi 01/11-5-336-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fizikadan dars mashg‘ulotlarini mazmuni ishlab chiqilgan didaktik vositalar bilan boyitilib, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari, ilmiy-analitik fikrlash ko‘nikmalari, ilmiy dunyoqarashi hamda ularning shaxsiy intellektual qobiliyatlari intelektual-refleksiv kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
7-sinfda fizikani fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitish modeli nazariy bilimlarning natijador-amaliyligini ta’minlashga qaratilgan tuzilmaviy komponentlarni pedagogik jarayondagi o‘zaro integratsiyasini ta’minlash orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, kreativ-ijodiy faolligini oshirish, tabiiy-ilmiy bilimlarni yaxlit va uyg‘un holda o‘zlashtirishiga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleraduokompaniyasi “Namangan” teleradiokompaniyasining “Guldasta” ko‘rsatuvi orqali 7-sinfda fizika fanini fanlararo aloqadorlik vositasida o‘qitishning ilmiy ahamiyati va pedagogik imkoniyatlarini, fanlararo bog‘lanishlar(dalillar, tushunchalar, nazariy va amaliy)ni mavzular, boblar va mashg‘ulotlarni rejalashtirish darajalarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Fizika” fani o‘qituvchilariga etkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleraduokompaniyasi “Namangan viloyati teleradiokanali” Davlat muassasasining 2025-yil 18-fevraldagi 02-4-27-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fizikadan fanalararo mazmundagi o‘quv jarayoni tashkil etilishi dars natijadorligiga erishish omili ekanligi aniqlangan va o‘quvchilarning fizikadan olgan bilimlarini o‘zlari tanlagan kasbda foydalanish kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan.