Isaqova Gulzoda Anvarjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili ta’limida yuqori sinf o‘quvchilari savodxonligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili), (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8660
Ilmiy rahbar: Abduraxmanova Barnoxon Muxammadjonovna pedagogika fanlari nomzodi , dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Lutfetdinova Ra’noxon Xusnetdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili ta’limida yuqori sinf o‘quvchilari savodxonligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ona tili ta’limida yuqori sinf o‘quvchilari savodxonligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishda orfoepik, fonetik, leksik-semantik (so‘z qo‘llash), aksentologik(urg‘uning to‘g‘riligi), grammatik, so‘z yasalish, grafik (yozuv), uslubiy me’yorlarga amal qilishlilik hamda o‘z fikrini aniq va ravon bayon qila olishga yo‘naltirilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish relevantligi asoslangan;
o‘quvchilar savodxonligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish modeli til kompetensiyasi, nutq madaniyati va kommunikativ faolligini oshirishda raqamli resurslardan foydalanish, matnga asoslangan interfaol ishlash, muammoli va ijodiy topshiriqlarni bajarishda tasvirli, elektron vositalar imkoniyatlaridan ratsional foydalanishda kreativ-faoliyatli ta’lim muhitini yaratish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishda fikrni og‘zaki va yozma shakllarda izchil, ta’sirli, aniq, ravon, hajm jihatdan qisqa bayon etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga va nutqiy faoliyatni tartibga soluvchi grammatik qoidalarni amaliyotda uyg‘unlikda o‘rganishga qaratilgan “Savodxon” elektron o‘quv-metodik ta’minot ishlab chiqilgan;
mantiqiy-rivojlantiruvchi topshiriqlarni ta’limiy maqsadlarga mos optimallashtirish, matn bilan ishlash malakalarini ierarxik oshirib borish, interaktiv holda fikr almashishga mos ogʻzaki va yozma nutqni erkin ifoda qilish, o‘z nuqtai nazarini dalillar asosida himoya qilish kompetensiyalarini shakllantirish natijasida innovatsion yondashuvlarning samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili ta’limida yuqori sinf o‘quvchilari savodxonligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ona tili ta’limida yuqori sinf o‘quvchilari savodxonligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishda orfoepik, fonetik, leksik-semantik (so‘z qo‘llash), aksentologik(urg‘uning to‘g‘riligi), grammatik, so‘z yasalish, grafik (yozuv), uslubiy me’yorlarga amal qilishlilik hamda o‘z fikrini aniq va ravon bayon qila olishga yo‘naltirilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirishga oid takliflar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf darsliklar(yangi nashr)ni yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 18-dekabrdagi 01/11-6-1089-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili darslarida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo‘llash samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘quv materiallari tizimlashtirilgan;
o‘quvchilar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishda fikrni og‘zaki va yozma shakllarda izchil, ta’sirli, aniq, ravon, hajm jihatdan qisqa bayon etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga va nutqiy faoliyatni tartibga soluvchi grammatik qoidalarni amaliyotda uyg‘unlikda o‘rganishga qaratilgan “Savodxon” elektron o‘quv-metodik ta’minotidan Respublika ta’lim markazi va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Sifatli ta’lim sari birgalikda” nomli qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 18-dekabrdagi 01/11-6-1089-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilari savodxonligini oshirish jarayonining mexanizm va omillarini aniqlashtirish bo‘yicha amaliy metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
mantiqiy-rivojlantiruvchi topshiriqlarni ta’limiy maqsadlarga mos optimallashtirish, matn bilan ishlash malakalarini ierarxik oshirib borish, interaktiv holda fikr almashishga mos ogʻzaki va yozma nutqni erkin ifoda qilish, o‘z nuqtai nazarini dalillar asosida himoya qilish kompetensiyalarini shakllantirishga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda (2023-2024) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 14-oktyabrdagi 04-36-1113-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar savodxonligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishga qaratilgan funksional-tizimli modeli ishlab chiqishga xizmat qilgan.