G‘oyimov Umar Eshmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining refleksiv qobiliyatini shakllantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2022.1.PhD/Ped3101
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Shixnazar Raximberganovich, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti,  Ilmiy kengash raqami: PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent - Abdiev Umirbek Begmatovich, Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi “Umumiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent, pedagogika fanlari doktori (DSc)
ikkinchi opponent – Muxsieva Aziza Shamsiddinovna, O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori DSc.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv qobiliyatni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
refleksiv qobiliyatni shakllantirish jarayonining ratsional, irratsional, emotsional darajalarini inobatga olish hamda uning bilish, rivojlantirish, tartibga solish, mazmunni aniqlash, qayta aloqani ta’minlash, loyihalash, istiqbolni belgilash, identifikatsiyalash, baholash funksiyalariga ustivorlik berish asosida retrospeksiya, introspeksiya, ekstrospeksiya, perspektiv aks ettirish kabi refleksiv mazmunga oid tarkibiy komponentlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv qobiliyat shakllanganligini belgilovchi refleksiv bilim, refleksiv munosabat, refleksiv ko‘nikma, refleksiv tahlil, refleksiv loyihalash, refleksiv baholash kabi pedagogik parametrlari obektiv hamda subektiv omillar ta’sirini determinantlash, o‘quv jarayonini mustaqil ravishda tashkil qilish, o‘quvchilar bilan shaxslararo aloqalarni o‘rnatish bilan bog‘liq pedagogik refleksiyaning namoyon bo‘lish darajasini individual-guruhli diagnostikalash orqali  aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv qobiliyatni shakllantirishning didaktik modeli dual ta’limning o‘quv va ishlab chiqarish, nazariya va amaliyot jarayonlarini uyg‘unlashtirish, kasbiy tayyorlash sifatini oshirish, individual ta’lim traektoriyasini loyihalash, variativlik xususiyatlari bilan maqsadli, metodologik, mazmunli, tashkiliy va natijaviy-baholash bloklarining oʻzaro ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda refleksiv qobiliyatni shakllantirishning metodik tizimi faoliyatni tashkil etish shakllari (individual oʻqish, mustaqil ish, guruhda ishlash, ijtimoiy hamkorlik), o‘quv topshiriqlari mazmunini belgilash (bilishga doir, rivojlantiruvchi, korreksiyalash) hamda monokonstruktiv, sotsiokonstruktiv tavsifga ega diagnostik vositalarning didaktogen imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiluvchi lokal-modulli texnologiyani ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv qobiliyatni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
refleksiv qobiliyatni shakllantirish jarayonining ratsional, irratsional, emotsional darajalarini inobatga olish hamda uning bilish, rivojlantirish, tartibga solish, mazmunni aniqlash, qayta aloqani taminlash, loyihalash, istiqbolni belgilash, identifikatsiyalash, baholash funksiyalariga ustivorlik berish asosida retrospeksiya, introspeksiya, ekstrospeksiya, perspektiv aks ettirish kabi refleksiv mazmunga oid tarkibiy komponentlari aniqlashtirish, shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv qobiliyat rivojlanganligini belgilovchi refleksiv bilim, refleksiv munosabat, refleksiv ko‘nikma, refleksiv tahlil, refleksiv konstruksiyalash, refleksiv baholash kabi pedagogik parametrlari obektiv hamda subektiv omillar ta’sirini determinantlash, o‘quv jarayonini mustaqil ravishda tashkil qilish, o‘quvchilar bilan shaxslararo aloqalarni o‘rnatish bilan bog‘liq pedagogik refleksiyaning namoyon bo‘lish darajasini individual-guruhli diagnostikalash orqali  aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar 60110500-Boshlang‘ich ta’lim malaka talabi hamda “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 8-iyuldagi 02/01-01-267 son ma’lumotnoma; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi №314-son buyrug‘i, №314-228-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda refleksiv qobiliyat shakllanganligini belgilash mezonlari va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv qobiliyatni shakllantirishning didaktik modeli mamzunini dual ta’limning o‘quv va ishlab chiqarish, nazariya va amaliyot jarayonlarini uyg‘unlashtirish, kasbiy tayyorlash sifatini oshirish, individual ta’lim traektoriyasini loyihalash, variativlik xususiyatlari bilan maqsadli, metodologik, mazmunli, tashkiliy va natijaviy-baholash bloklarining oʻzaro ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida 2019-2024-yillarda bajarilgan 617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-CBHE-JP raqamli TRIGGER (Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia) mavzusidagi qo‘shma loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 20-yanvardagi 06/12-182-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda innovativ va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kurs dasturlari samadorligini oshirishga xizmat qilgan, shuningdek, talabalarda refleksiv qobiliyatni shakllantirishning amaliy-texnologik tizimi takomillashtirilgan;
talabalarda refleksiv qobiliyatni shakllantirishning metodik tizimi faoliyatni tashkil etish shakllari (individual oʻqish, mustaqil ish, guruhda ishlash, ijtimoiy hamkorlik), o‘quv topshiriqlari mazmunini belgilash (bilishga doir, rivojlantiruvchi, korreksiyalash) hamda monokonstruktiv, sotsiokonstruktiv tavsifga ega diagnostik vositalarning didaktogen imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiluvchi lokal-modulli texnologiyani ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid metodik taklif va tavsiyalardan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi №314-son buyrug‘i, №314-228-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishning metodik tizimi takomillashtirilgan, bu esa bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv qobiliyatni rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish