Igamberdieva Shaxnoza Adxamovnaning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini “BIT-dars” texnologiyasi orqali ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3552.
Ilmiy rahbar: Rashidova Feruza Musaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abbasova Nargiza Kabilovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dots.; Xasanova Gulsanam Xusanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dots.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini “BIT-dars” texnologiyasi orqali ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tizimli tahlil qilinib, “BIT-dars” texnologiyasining suhbat, o‘yin hamda ijodiy mashq komponentlari pedagogik mohiyati, tarkibiy tuzilmasi funksional vazifalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning interfaol metodlari, moderatorlik va fasilitatsion ta’lim imkoniyatlarini uyg‘unlashtiruvchi pedagogik modeli, faoliyatga yo‘naltirilgan tamoyillari o‘quv mashg‘lotlariga kolloborativ yondashuv asosida takomillashtirilgan;
“BIT-dars” texnologiyasini o‘quv mashg‘ulotlariga adaptiv qo‘llash, fanlararo integratsiya va interfaol yondashuv asosida takomillashtirilib, talabalarning kommunikativ, kreativ va ijtimoiy hamkorlik kompetensiyalari strategik tizimini bosqichma – bosqich tadbiq etish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda “BIT-dars” texnologiyasining samaradorligi empirik tarzda oʻrganilib, kognitivlik, kreativlik va mantiqiylik mezonlari asosida baholanishning ilmiy-metodik samaradorligini ta’minlovchi differensial yondashuvlari asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini “BIT-dars” texnologiyasi orqali ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tizimli tahlil qilinib, “BIT-dars” texnologiyasining suhbat, o‘yin hamda ijodiy mashq komponentlari pedagogik mohiyati, tarkibiy tuzilmasi funksional vazifalari ilmiy jihatdan asoslab berilganligiga oid ilmiy xulosa va yangiliklar “Xorijiy tilni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish (XTO‘MMSh) fanini o‘qitishning kreativ yondashuvlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini “BIT-dars” texnologiyasi orqali ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol metodlarni takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning interfaol metodlari, moderatorlik va fasilitatsion ta’lim imkoniyatlarini uyg‘unlashtiruvchi pedagogik modeli, faoliyatga yo‘naltirilgan tamoyillari o‘quv mashg‘lotlariga kolloborativ yondashuviga oid xulosa va takliflar “Xorijiy tilni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish (XTO‘MMSh) fanini o‘qitishning kreativ yondashuvlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini “BIT-dars” texnologiyasi asosida rivojlantirishga doir integrallashgan dars ishlanmalari shakllantirilgan;
“BIT-dars” texnologiyasini o‘quv mashg‘ulotlariga adaptiv qo‘llash, fanlararo integratsiya va interfaol yondashuv asosida takomillashtirilib, talabalarning kommunikativ, kreativ va ijtimoiy hamkorlik kompetensiyalari strategik tizimini bosqichma – bosqich tadbiq etishga doir tavsiyalardan“Xorijiy tilni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish (XTO‘MMSh) fanini o‘qitishning kreativ yondashuvlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini “BIT-dars” texnologiyasi orqali ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir metodik strategiyalarni takomillashtirishga imkon yaratilgan;
bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarini ijodiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda “BIT-dars” texnologiyasining samaradorligi empirik tarzda oʻrganilib, kognitivlik, kreativlik va mantiqiylik mezonlari asosida baholanishning ilmiy-metodik samaradorligini ta’minlovchi differensial yondashuvlari asoslanganligiga doir xulosa va ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Jahon adabiyoti”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlar ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 10-oktyabrdagi 05-09-1590-son ma’lumotnomasi). Natijada erishilgan “BIT-dars” texnologiyasining samaradorligi, differensial yondashuvlarni ochib berishga imkoniyat yaratilgan.