Abduraxmonova Ruxsoraxon Xotamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prediabetda kardiovaskulyar asoratlar xavf omillarining tarqalishini baholash va oldini olish» 14.00.03 – «Endokrinologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2. PhD/Tib4454.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shaxnoza Kadirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti,     DSc. 04/30.11.2024.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Xalimova Zamira Yusufovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Artikova Dilfuza Maxamatova tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: prediabet bilan xastalanganlarda epidemiologik, klinik-metabolik, laborator ko‘rsatkichlar asosida kardiovaskulyar asoratlar rivojlanishi xavfini prognozlashni matematik modelini ishlab chiqish va individuallashgan profilaktikaga yondashuvni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prediabetda yangi aniqlangan kardiovaskulyar asoratlarini uchrashi va ifodalanish darajasi arterial gipertenziya, ortiqcha vazn, semizlik, gipodinamiya, noto‘g‘ri ovqatlanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda ortishi isbotlangan;
prediabet bilan xastalangan shaxslarda yurak-qon tomir asoratlarining shakllanishida: giperurikemiya, ultra sezgir C-reaktiv oqsil darajasining ortishi, D vitamini tanqisligi noan’anaviy xavf omillari sifatida aniqlangan va D vitamini darajasi bilan klinik - metabolik ko‘rsatkichlari o‘rtasida ishonchli o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan;
D vitamini tanqisligi renin-angiotenzin-aldosteron (RAAT)  tizimi faolligining ko‘rsatkichi renin darajasining ortishiga olib kelishi natijasida prediabet bilan bemorlarda glyukozaga tolerantlikning va nahorgi glikemiyaning ko‘rsatkichlari ortishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;  
yaratilgan matematik modelning algoritmi prediabetda kardiovaskulyar asoratlarni xavfini erta aniqlash, individual baholash, yuqori prognostik aniqlik bilan asoratlarini maqsadli oldini olish imkoniyatini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
prediabetda yurak-qon tomir kasalliklarining salomatlik holati ni yaxshilash, davolash va erta diagnostikani amalga oshirish ilmiy izlanish natijalari asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: prediabetda yangi aniqlangan kardiovaskulyar asoratlarini uchrashi va ifodalanish darajasi arterial gipertenziya, ortiqcha vazn, semizlik, gipodinamiya, noto‘g‘ri ovqatlanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda ortishi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 aprel №6i-40/u-son bilan tasdiqlangan “Prediabetga chalingan shaxslarda yurak-qon tomir asoratlari xavfi SCORE-2 shkalasini joriy etish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif, akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining 24.04 2025 yildagi 73-son va  akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  Farg‘ona filialining 10.05. 2025 yildagi 74-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: Andijon viloyati qishloq va shahar aholisi o‘rtasida prediabet bilan xastalangan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarining an’anaviy xavf omillari (gipertoniya, jismoniy kamharakatlilik, yomon odatlar, ortiqcha tana vazni) yuzaga kelish chastotasini o‘rganish natijasida ularni skriningdan o‘tkazish bo‘yicha tegishli amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki: Andijon viloyati qishloq va shahar aholisi o‘rtasida prediabet bilan hastalangan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarining an’anaviy xavf omillari (gipertoniya, noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha vazn) o‘z vaqtida aniqlangan holda kasalxonaga yotqizish uchun sarflanadigan mablag‘ sezilarli darajada kamayadi va bemorni ambulatoriya sharoitida davolash mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorlik: prediabet bilan hastalangan bemorlarda statsionar davolash 4,5 million so‘mdan 6,5 million so‘mgacha bo‘lsa, bu patologiya bo‘yicha ambulator davolanayotgan bemorlar uchun 1,5 million so‘mdan kam, ya’ni 2 barobar arzon. Xulosa: prediabet bilan hastalangan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarining an’anaviy xavf omillarini  izlash asoratlardan kasallanish va o‘limni oshirishni kamaytirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: prediabet bilan xastalangan shaxslarda yurak-qon tomir asoratlarining shakllanishida: giperurikemiya, ultra sezgir C-reaktiv oqsil darajasining ortishi, D vitamini tanqisligi noan’anaviy xavf omillari sifatida aniqlangan va D vitamini darajasi bilan klinik - metabolik ko‘rsatkichlari o‘rtasida ishonchli o‘zaro bog‘liqlik isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 aprel №6i-40/u-son bilan tasdiqlangan “Prediabetga chalingan shaxslarda yurak-qon tomir asoratlari xavfi SCORE-2 shkalasini joriy etish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif, akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining  24.04 2025 yildagi 73-son va akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  Farg‘ona filialining 10.05. 2025 yildagi 74-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: prediabet bilan xastalangan bemorlarda D vitamini darajasi bilan klinik - metabolik ko‘rsatkichlari o‘rtasida ishonchli o‘zaro bog‘liqlik isbotlanganligi, yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishiga noan’anaviy xavf omillari (siydik kislotasi, ultra sezgir C-reaktiv  oqsil, D vitamini) ta’sirini o‘rganish tufayli, ularning erta tashxislash va oldini olishning tegishli usullari ishlab chiqildi.  Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, yurak-qon tomir tizimi asoratlari bo‘lgan prediabet bilan xastalangan bemorlarda statsionar sharoitda davolash 7 milliondan 10 million so‘mgacha bo‘lgan bo‘lsa, yurak-qon tomir tizimi asorati bo‘lmagan bemorlar uchun ambulator davolanishda 2 million so‘mdan kam, ya’ni 3 barobar arzonga tushadi.  Xulosa: noan’anaviy xavf omillarining (siydik kislotasi, ultra sezgir C-reaktiv  oqsil, D vitamini), D vitamini darajasi bilan klinik - metabolik ko‘rsatkichlarni o‘rtasidagi tasdiqlangan ishonchli bog‘liqlik prediabet bilan xastalangan bemorlarda, yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish ularning tarqalishini kamaytirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: D vitamini tanqisligi renin-angiotenzin-aldosteron (RAAT)  tizimi faolligining ko‘rsatkichi renin darajasining ortishiga olib kelishi natijasida prediabet bilan bemorlarda glyukozaga tolerantlikning va nahorgi glikemiyaning ko‘rsatkichlari ortishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik qayd etilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 aprel №6i-40/u-son bilan tasdiqlangan  “Prediabetga chalingan shaxslarda yurak-qon tomir asoratlari xavfi SCORE-2 shkalasini joriy etish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif, akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining  24.04 2025 yildagi 73-son va  akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  Farg‘ona filialining 10.05. 2025 yildagi 74-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: RAATning funksional holatini o‘rganish va uning GTB, NGB bilan xastalangan bemorlarda D vitamini etishmovchiligi bilan bog‘liqligini aniqlash tufayli ularni birlamchi tibbiy yordam darajasida keng qo‘llash bo‘yicha tegishli amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, RAATning funksional holatini o‘rganish va uning GTB, NGB bilan xastalangan bemorlarda D vitamini etishmovchiligi bilan bog‘liqligini aniqlash orqali uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlarini boshqarish imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi. Iqtisodiy samaradorlik: prediabet bilan xastalangan bemorlarda D vitamini tanqisligi bilan kasallangan bemorni statsionarda davolash 4,5 milliondan 5,5 million so‘mgacha bo‘lsa, bu patologiya bo‘yicha ambulator davolanayotgan bemorlar uchun 2,5 million so‘mdan kam, ya’ni 2 barobar arzon.  Xulosa: GTB, NGB bilan og‘rigan bemorlarda RAATning funksional holatini o‘rganish va uning D vitamini etishmovchiligi bilan bog‘liqligini aniqlash yurak-qon tomir asoratlari va o‘limning oldini olishning keng tarqalgan usuli hisoblanadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aniqlash, individual baholash, yuqori prognostik aniqlik bilan asoratlarini maqsadli oldini olish imkoniyatini berishi yaratilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 4 aprel №6i-40/u-son bilan tasdiqlangan  “Prediabetga chalingan shaxslarda yurak-qon tomir asoratlari xavfi SCORE-2 shkalasini joriy etish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif, akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining  24.04 2025 yildagi 73-son va  akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  Farg‘ona filialining 10.05. 2025 yildagi 74-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: prediabet bilan xastalangan bemorlarda KVA rivojlanishini bashorat qilishning matematik modelini ishlab chiqish tufayli uni birlamchi tibbiy yordam darajasida keng qo‘llash bo‘yicha tegishli amaliy tavsiyalar kiritildi. Iqtisodiy samaradorlik: prediabet bilan xastalangan bemorlarda KVA rivojlanishini bashorat qilishning matematik modelini ishlab chiqish tufayli ularni erta aniqlash imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi, prediabet bilan xastalangan bemorlarda KVA bilan kasallangan bemorni statsionar davolash 4,5 million so‘mdan 5,5 million so‘mgacha bo‘lsa, bu patologiyani ambulator davolashda bo‘lgan bemorlar uchun - 2,5 million so‘mdan kam, ya’ni 2 barobar arzon. Xulosa: prediabet bilan xastalangan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishini bashorat qilish uchun matematik modelni ishlab chiqish ularning o‘sishini oldini olishning muhim usuli hisoblanadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish