Nishanova Malika Sanjar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Andijon viloyatining uyushmagan aholisida uglevod almashinuvi buzilishining klinik va laborator jihatlari» 14.00.03 – «Endokrinologiya» (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. PhD/Tib.4842.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shaxnoza Kadirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc. 04/30.11.2024.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Karonova Tatyana Leonidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Uzbekova Nelli Rafikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: D vitamini darajasi, mikroelementlar (rux va ionlashgan kal`siy) bilan uglevod almashinuvining turli ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash hamda mikronutrient holatini hisobga olgan holda prediabet va 2-tur qandli diabetni erta tashxislash va oldini olish algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prediabetda, yangi aniqlangan 2-tur qandli diabetda D vitamini tanqisligining uchrashi va ifodalanish darajasi jins, yosh, antropometrik ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda ortishi isbotlangan;
mintaqada ilk bor uglevod almashinuvi buzilmagan shaxslarga nisbatan prediabet va 2-tur QD bilan og‘rigan bemorlarda mikronutrient holatining kompleks qiyosiy tahlil o‘tkazish samaradorligi asoslangan;
D vitamini darajasi bilan NGB,GTB va 2-tur qandli diabetning asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasida: nahorgi glikemiya, HbA1c, insulin, HOMA-IR ishonchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan va mikronutrient tanqisligi uglevod almashinuvi buzilishining potensial o‘zgartirish mumkin bo‘lgan xavf omili sifatida asoslangan;
uglevod almashinuvi buzilishi bo‘lgan bemorlarda D vitamini tanqisligini skrining qilish, oldini olish, davolash integral algoritmi ishlab chiqilgan va uglevodlar metabolizmi ko‘rsatkichlarini yaxshilashda samaradorligini isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liq holatini yaxshilash, davolash va mikroelementlar tarkibidagi buzilishlar bilan kechuvchi NGB, GTB va 2-tur qandli diabetni erta tashxislashni tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: prediabetda, yangi aniqlangan 2-tur qandli diabetda D vitamini tanqisligining uchrashi va ifodalanish darajasi jins, yosh, antropometrik ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda ortishi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 3 martda №6i-29/u son bilan tasdiqlangan "Klinik va metabolik ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda prediabet holatini erta aniqlash algoritmini ishlab chiqish" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining 28.03.2025 yildagi 70-son, hamda akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining 10.05. 2025 yildagi 75-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: D vitamini etishmovchiligining aniqlangan tarqalishi asosida sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida uni skrining qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundaki, qishloq va shahar aholisining yoshi va jinsini hisobga olgan holda prediabet va yangi aniqlangan 2-tur qandli diabet bilan kasallangan shaxslarda D vitamini tanqisligini o‘z vaqtida aniqlash va davolash natijasida kasalxonaga yotqizish uchun sarflanadigan mablag‘ sezilarli darajada kamayadi va bemorlar ambulatoriya sharoitida davolanishi mumkin bo‘ladi. Xususan, agar prediabet va yangi aniqlangan 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda D vitamini tanqisligi bo‘lganida statsionar davolash 7,5 million so‘mdan 15 million so‘mgacha tursa, ushbu patologiyani ambulatoriya sharoitida davolash 2,5 million so‘mdan kamroq, ya’ni 7 baravar arzonroq bo‘ladi. Xulosa: Uglevod almashinuvi buzilgan shaxslarda D vitamini etishmovchiligining oldini olish va erta tashxislash kasallikni kamaytirishning samarali strategiyasidir.
ikkinchi ilmiy yangilik: mintaqada ilk bor uglevod almashinuvi buzilmagan shaxslarga nisbatan prediabet va 2-tur QD bilan og‘rigan bemorlarda mikronutrient holatining kompleks qiyosiy tahlil o‘tkazish samaradorligi asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 3 martda №6i-29/u son bilan tasdiqlangan "Klinik va metabolik ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda prediabet holatini erta aniqlash algoritmini ishlab chiqish" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining 28.03.2025 yildagi 70-son, hamda akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining 10.05. 2025 yildagi 75-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan ma’lumotlar asosida uglevod almashinuvi buzilishlarida mikronutrient etishmovchiligini erta tashxislash va oldini olish usullari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundaki, Andijon viloyatining shahar va qishloq aholisi orasida prediabet va 2-tur qandli diabeti bor shaxslarda D vitamini, rux va kal`siy mikroelementlari miqdorini kompleks baholash natijasida mikro va makrotomir asoratlarini davolash uchun sarflanadigan mablag‘ sezilarli darajada kamayadi. Xususan, agar prediabet va yangi aniqlangan 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda D vitamini tanqisligi bo‘lgan holda mikro va makrotomir asoratlari mavjud bo‘lsa, statsionar davolash 10 milliondan 20 million so‘mgacha tursa, mikro va makrotomir asoratlari bo‘lmagan bemorlarni davolash 5 million so‘mdan kam bo‘lib, bu 2-4 baravar arzonroqdir. Xulosa: mikronutrientlarni kompleks baholash prediabet va 2-tur QDning oldini olish va nazorat qilish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: D vitamini darajasi bilan NGB,GTB va 2-tur qandli diabetning asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasida: nahorgi glikemiya, HbA1c, insulin, HOMA-IR ishonchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan va mikronutrient tanqisligi uglevod almashinuvi buzilishining potensial o‘zgartirish mumkin bo‘lgan xavf omili sifatida asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 3 martda №6i-29/u son bilan tasdiqlangan "Klinik va metabolik ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda prediabet holatini erta aniqlash algoritmini ishlab chiqish" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining 28.03.2025 yildagi 70-son, hamda akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining 10.05. 2025 yildagi 75-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mikronutrientlar tanqisligining uglevod almashinuvi buzilishlari rivojlanishi bilan isbotlangan bog‘liqligi ularni kompleks profilaktikaning bir qismi sifatida bartaraf etish zarurligini asoslaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundaki, D vitamini, rux va kal`siy etishmovchiligi hamda metabolik ko‘rsatkichlar bilan NGB, GTB va 2-tur qandli diabet rivojlanishi o‘rtasidagi ishonchli korrelyasion bog‘liqlikni tasdiqlagan hisob-kitoblar ushbu endokrinopatiyalarni samarali davolash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi, chunki ular patogenetik ahamiyatga ega. Shunday qilib, agar D vitamini, rux va kal`siy etishmovchiligi bo‘lgan NGB, GTB va yangi aniqlangan 2-tur qandli diabetli bemorlarni statsionar davolash 7,5 million so‘mdan 15 million so‘mgacha bo‘lsa, D vitamini, rux va kal`siy etishmovchiligi bo‘lmagan bemorlarda bu xarajat 2,5 million so‘mdan kam bo‘lib, 7 baravar arzonroqdir. Xulosa: D vitamini, rux va kal`siy tanqisligi hamda uglevod almashinuvi buzilishlari o‘rtasidagi statistik jihatdan ahamiyatli bog‘liqlikning mavjudligi ularning patogenetik rolini tasdiqlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: uglevod almashinuvi buzilishi bo‘lgan bemorlarda D vitamini tanqisligini skrining qilish, oldini olish, davolash integral algoritmi ishlab chiqilgan va uglevodlar metabolizmi ko‘rsatkichlarini yaxshilashda samaradorligini isbotlanganligi, Farg‘ona vodiysi klinik amaliyotiga joriy etilgan ushbu algoritm uglevodlar metabolizmi ko‘rsatkichlari parametrlarini 80-100% ga yaxshilashda yaxshilashda samaradorligini ko‘rsatganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 3 martda №6i-29/u son bilan tasdiqlangan "Klinik va metabolik ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda prediabet holatini erta aniqlash algoritmini ishlab chiqish" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining 28.03.2025 yildagi 70-son, hamda akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining 10.05. 2025 yildagi 75-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: skrining bo‘yicha yangi innovatsion texnologiyalarning ishlab chiqilishi tufayli, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini uchun moslashtirilgan usullar yaratildi. Bu texnologiyalar klinikagacha bo‘lgan bosqichda moddalar almashinuvi buzilishlarini aniqlash samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundaki, mamlakatimizda prediabet, 2-tur qandli diabet va ularning asoratlarini skrining tekshiruvi hamda profilaktikasi bo‘yicha integral algoritmdan keng va doimiy foydalanish uglevod almashinuvining asosiy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish natijalarining imkoniyatlari va samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Masalan, agar prediabet va yangi aniqlangan 2-tur qandli diabetga chalingan bemorlarda D vitamini tanqisligi bo‘lgan bemorni statsionar davolash 7,5 million so‘mdan 15 million so‘mgacha tursa, ushbu patologiyani ambulatoriya sharoitida davolash 2,5 million so‘mdan kamroq mablag‘ talab qiladi, ya’ni 7 baravar arzonroqdir. Xulosa: mikronutrient holatini hisobga olgan holda integral algoritmni qo‘llash 2-tur QD va uning asoratlarini erta aniqlash va oldini olishning optimal strategiyasi hisoblanadi