Orziev Daler Zavqiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “2-tur qandli diabet fonidagi yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda teri orqali koronar aralashuvdan keyingi antiagregant davolashni optimallashtirish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3506.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiet fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Maqsud Atabaevich, tibbiet fanlar doktori, professor; Mullabaeva Guzal Uchkunovna, tibbiet fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: 2- toifa qandli diabet fonida stabil yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan hamda tojsimon arteriyalarda stentlash amaliyoti o‘tkazgan bemorlarda klinik-laborator hamda molekulyar-genetik tahlillarga asoslanib samarali antiagregant davo sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
2-toifa qandli diabet fonida stabil yurak ishemik kasalligi bo‘lgan va tojsimon arteriyalarda stentlash o‘tkazilgan bemorlarda tikagrelor va atsetilsalisil kislotasi kombinatsiyasining samaradorligi hamda xavfsizligi ilk bor klinik-demografik va gemodinamik ko‘rsatkichlar asosida baholanib, individuallashtirilgan antiagregant davo taktikasi me’yorlari asoslangan;
bemorlarda tikagrelorga individual javobning farqlanishi, ya’ni sezgir va chidamli toifalar kompleks klinik-biokimyoviy, hamda CYP2C19 gen polimorfizmlari va ularning tikagrelor rezistentligidagi ahamiyati, bemorlarning infarktdan keyingi prognoziga ta’siri aniqlangan;
antiagregant dori vositasiga rezistentlikka ega bemorlarda yallig‘lanish ko‘rsatkichlari, interleykinlar, gemostaz tizimi va lipid almashinuvi parametrlari ilk bor kompleks baholanib, ularning samaradorligini genetik fon va yallig‘lanish holatiga qarab aniqlash imkoniyati asoslangan.
antiagregant davolash strategiyasini bemorning trombotsitlar faoliyati dinamikasiga muvofiq individuallashtirishning samarali usuli ishlab chiqilib, bu kasallik asoratlari xavfini kamaytirishda klinik ahamiyatga ega ekani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                                          
2-toifa qandli diabet fonida yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan hamda tojsimon arteriyalarda stentlash amaliyoti o‘tkazgan bemorlarda klinik-laborator hamda molekulyar-genetik tahlillarga asoslanib samarali antiagregant davo sxemasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida.
birinchi ilmiy yangilik. 2-toifa qandli diabet fonida stabil yurak ishemik kasalligi bo‘lgan va tojsimon arteriyalarda stentlash o‘tkazilgan bemorlarda tikagrelor va atsetilsalisil kislotasi kombinatsiyasining samaradorligi hamda xavfsizligi ilk bor klinik-demografik va gemodinamik ko‘rsatkichlar asosida baholanib, individuallashtirilgan antiagregant davo taktikasi me’yorlari asoslanganligi Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.07.2024 yildagi 364-sonli va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 06.12.2024 yildagi 254-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 iyul` №22/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Miokard infarkt va tromboz rivojlanish xavfini kamaytiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Ushbu yondashuv bir yilda teri orqali koronar aralashuvdan keyin bemorni olib borish xarajatlarini 32% ga qisqartirish imkonini berdi. Xulosa: Olingan tadqiqot natijalari 2 toifa qandli diabet fonida yurak ishemik kasalligiga ega bemorlarda stentlash amaliyotidan keyingi davrda trombotsitar faolligini samarali nazorat qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bemorlarda tikagrelorga individual javobning farqlanishi, ya’ni sezgir va chidamli toifalar kompleks klinik-biokimyoviy, hamda CYP2C19 gen polimorfizmlari va ularning tikagrelor rezistentligidagi ahamiyati, bemorlarning infarktdan keyingi prognoziga ta’siri aniqlanganligi Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.07.2024 yildagi 364-sonli va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 06.12.2024 yildagi 254-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 iyul` №22/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Farmakogenetik yondashuvlarni klinik amaliyotga joriy etish orqali dori vositalariga individual javobni bashorat qilish, asoratlar sonini kamaytirish va xavfsiz davoni ta’minlash imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: Ushbu yondashuv genetik skrining orqali noto‘g‘ri antiagregant tanlovni oldini olish orqali bemorlarda yillik davolash xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi. Xulosa: bemorlarda molekulyar genetik tahlillar asosida antiagregant dori vositalariga chidamli va sezgir guruhlarga ajratish va asoratlarni oldini olish orqali tromboz bilan bog‘liq asoratlar oldi olindi va bemorlarning ijtimoiy faolligini saqlashga erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: antiagregant dori vositasiga rezistentlikka ega bemorlarda yallig‘lanish ko‘rsatkichlari, interleykinlar, gemostaz tizimi va lipid almashinuvi parametrlari ilk bor kompleks baholanib, ularning samaradorligini genetik fon va yallig‘lanish holatiga qarab aniqlash imkoniyati asoslanganligi Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.07.2024 yildagi 364-sonli va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 06.12.2024 yildagi 254-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 iyul` №22/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Bemorlarning yallig‘lanish holatini baholash orqali davoni individual tanlash, tromboz va infarkt qaytalanishini oldini olish imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: antiagregant dori vositasiga rezistentlikka ega bemorlarda yallig‘lanish ko‘rsatkichlari, interleykinlar, gemostaz tizimi va lipid almashinuvi parametrlari erta diagnostikasi antiagregant davo orqali qayta gospitalizatsiya va o‘lim xavfi qisqarishiga sabab bo‘ldi. Xulosa: Bu tadqiqot 2 toifa qandli diabet fonida yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: antiagregant davolash strategiyasini bemorning trombotsitlar faoliyati dinamikasiga muvofiq individuallashtirishning samarali usuli ishlab chiqilib, bu kasallik asoratlari xavfini kamaytirishda klinik ahamiyatga ega ekani asoslanganligi Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 10.07.2024 yildagi 364-sonli va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 06.12.2024 yildagi 254-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17 iyul` №22/10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda optimal antiagregant davo rejimini qo‘llash yurak qon tomir kasalliklari profillaktikasi samaradorligini oshirishda, nogironlik va vaqtidan oldin o‘limni kamaytirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Individual davo sxemasi bemorlarni olib borish va davolash xarajatlarini qisqarishiga sabab bo‘ldi. Xulosa: 2 toifa qandli diabet fonida yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda stentlash amaliyotidan keyingi davrda erta yurak-qon tomir asoratlari xavfiga moyillikni aniqlash va oldini olish imkonini yaratadi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish