Romanov Dilshod Ravshanbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Shimoliy-g‘arbiy O‘zbekiston er qandalalari (Heteroptera:Lygaeidae) faunasi, ekologiyasi va xo‘jalik ahamiyati», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V1034.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Musaev Dilshod Muxammadjanovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston er qandalalari populyatsiyalarining zamonaviy holatini baholash, ekologiyasini asoslash hamda zararli turlariga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston er qandalalarining faunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 3 kenja oila 2 triba 10 avlodga mansub 23 turi aniqlangan;
Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston hududida aniqlangan haqiqiy qalqonli qandalalardan Lygaeosoma anatolicum, L. sibiricum va Kleidocerys resedae resedae turlari O‘zbekiston faunasi uchun ilk bor aniqlangan;
Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston er qandalalarining biotsenoz va agrotsenozlarda tarqalgan 39 oilaga mansub 170 ta madaniy va begona o‘t o‘simlik turlari bilan oziqlanishi – trofik aloqalari ochib berilgan;
Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston bug‘doy agrobiotsenozida er qandalasining tarqalishi va ularning zarari baholangan hamda ularga qarshi kurash usullari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoliy g‘arbiy O‘zbekiston er qandalalari (Heteroptera: Lygaeidae) faunasi, bioekologiyasi va xo‘jalik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
er qandalalarining 2 kenja oilaga tegishli bo‘lgan 11 turiga mansub 29 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 22 apreldagi 4/1255-992-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar er qandalalari fondini boyitgan va qandalalar turlari xilma-xilligini aniqlash va turlarini sistematik tahlil qilish imkonini bergan;
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida Lygaeidae oilasi er qandala turlarining mDNK COI qismi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2025 yil 30 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, L. sibiricum turi uchun – PV851501.1 identifikatsiya raqamlari olingan bo‘lib, ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish