Sayt test rejimida ishlamoqda

Igamov Sayrambay Badambaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘ta past energiyalarda yadroviy-astrofizik radiatsion qamrash reaksiyalarini hisoblashning modifikatsiyalangan ikki va uch zarrachali usullari», 01.04.08–Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/FM33.

Ilmiy maslahatchi: Yarmuxamedov Raxim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yadro fizikasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi DSc.30.05.2018.FM/T.65.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Kanokov Zokirjon, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Usmanov Pazlitdin Nuritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Olimov  Kosim, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 

Yetakchi tashkilot: Al-Farobi nomidagi Qozoq Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: zaryadlangan zarrachani sirtli uzatish, quyi va o‘ta quyi energiyalarda radiatsion qamrash yadroviy jarayonlarini hisoblashning asimptotik usullarini ishlab chiqish, A+a®B uchun asimtotik normirovka koeffisientining eksperimental qiymatlarini aniqlash va ularni rr–zanjir va CNO sikl reaksiyalari astrofizik S–faktorlarining o‘ta quyi energiyalarda qiymatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

uch zarrali (A, a  va u) modeli doirasida A(x,u)V periferial yadroviy reaksiyalarda (bu erda  x=u+a va V=A+a) a zarrachani uzatish mexanizmida uch zarrachali kulon dinamikasini yaqinlashtirilgan holda hisobga olishning umumlashgan modifikatsiyalangan buzilgan to‘lqinlar usuli rivojlantirilgan;

6Li(3He,d)7Be, 13C(3He,d)14N va 14N(3He,d)15O reaksiyalarda proton uzatish mexanizmida uch zarrachali kulon dinamikasining hissasi va uning 6Li+p®7Be, 13C+p®14N va 14N+p®15O lar  asimtotik normirovka koeffisientlarining eksperimental qiymatlariga ta’siri miqdoriy baholangan; 

modelga taalluqsizlikka asoslangan aniqlashning modifikatsiyalangan ikki zarrachali potensial usuli doirasida  asimtotik normirovka koeffisientining eksperimental qiymatlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

α+t® 7Li(g.s.), α + t®7Li(0.478 MeV) va 7Be + p®8B lar uchun ANKning eksperimental hamda 0≤E≤ 25 keV energiyalarda t(α,γ)7Li va  7Be(p,γ)8B reaksiyalar astrofizik S-faktorlari qiymatlari aniqlangan;

amplitudaning to‘g‘ri qamrash qismi uchun A+a®B asimtotik normirovka koeffisienti haqidagi aniq ma’lumotni hisobga olgan holda A(a,γ)V yadroviy-astrofizik reaksiyani ifodalaydigan modifikatsiyalangan ikki zarrachali R-matrisa usuli  rivojlantirilgan;  

6Li(p,γ)7Be, 12C(p,γ)13N, 13C(p,γ)14N, 14N(p,γ)15O reaksiyalarining 0≤E≤ 25 keV energiyalar uchun astrofizik S- faktorlari, oxiridagi uchta reaksiya uchun 01≤T9 ≤ 10 harorat oralig‘i reaksiya tezliklari hamda 13N yadrosining (2.365 MeV;  1/2) rezonans holati uchun radiatsion γ-kengligi aniqlangan;

yulduzlar bag‘rida vodorod yonishining CNO-sikli eng sust   14N(p, γ)15O reaksiyasi orqali yonishi qabul qilingandan yana 1,8 marta sekin bo‘lishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘ta quyi energiyalarda kechadigan yadroviy astrofizika reaksiyalarini hisoblashning taklif etilgan modifikatsiyalangan ikki zarrachali potensial va rivojlantirilgan  R – matrisa usullari hamda zaryadlangan zarrachani uzatish mexanizmida uch zarrachali kulon dinamikasini  hisobga olish usuli asosida:

rivojlantirilgan boshlang‘ich, oraliq va so‘ngi holatlarda periferal bar`er usti A(x, u)V (x= y+a, B= A + a, bunda a – uzatma zarracha) reaksiyalarini zaryadli zarracha a ni uzatish mexanizmida uch zarrachali kulon effektlarini yaqinlashtirilgan holda ifodalashning umumlashtirilgan modifikatsiyalangan buzilgan to‘lqinlar usuli Qozog‘iston Respublikasi Yadro fizikasi institutida amalga oshirilgan engil yadrolarning deytron va alfa zarrachalar bilan ta’sirlashuvida kechadigan yadroviy reaksiyalarni tahlil qilishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi Yadro fizikasi institutining 2018 yil 12 iyundagi 34-02-13/836-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi bir qator CNO–sikli yadroviy astrofizik reaksiyalari astrofizik S-faktorlarining eksperimental qiymatlarining aniq ifodalash va uning gamov piki atrofi energiya hududiga  yuqori aniqlikdagi ekstrapolyasiyasiga erishish imkonini bergan;

quyi energiyalarda A(a,g)B to‘g‘ri radiatsion qamrash yadroviy-astrofizik reaksiyasini ifodalash uchun ishlab chiqilgan yangi modifikatsiyalangan ikki zarrachali potensial usuli (MIZPU) hamda A(a,γ)V rezonans radiatsion qamrash yadroviy-astrofizik reaksiyasini ifodalashning rezonans va to‘g‘ri radiatsion kamrashlarini, A+a®B asimtotik normirovka koeffisientidan foydalangan holda rivojlantirilgan modifikatsiyalangan R – matrisali usuli O‘zbekiston Milliy universitetidagi EG-2 elektron tezlatkichida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning eksperimental metodikalarini yaratishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 sentyabrdagi 89-0303148-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi  protonning 12S va 16O yadrolari bilan qamrashi bo‘yicha yangi eksperiment natijalari olishga hamda protonning 12S va 14N yadrolari tomonidan radiatsion qamrash yadroviy-astrofizik reaksiyalari tezligini aniqlashga imkon bergan;

12C(p,γ)13N radiatsion qamrash reaksiyasi astrofizik S-faktor bo‘yicha olingan natijalar xalqaro olimlar tomonidan xorijiy ilmiy jurnallarda (Nuclear Physicis A 918, 61-169, 2013, IF =1.992;  Nuclear Physicis A 834, 661-663, 2010, IF =1.992; Nuclear Physicis A 834, 661-663, 2010, IF =1.992; Reviews of Modern Physics 83, 195-245, 2011, IF =36.917 va boshqalar) Quyosh qarisida va massiv yulduzlarda yuz beradigan  12C(p,γ)13N reaksiya tezligini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish hamda olingan natijalar bo‘yicha qiyoslash tahlillarini olib borish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish