Suvanova Dilnoza Dilmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertasiya himoyasi haqida e’lon
 

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar asosida aksiyadorlik jamiyatlarida biznes-jarayonlarni samarali boshqarish”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integrasiya”.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2358. 
Ilmiy rahbar: Qodirov Tuyg‘un Uzoqovich – iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor. 
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc 19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kenjabaev Aman Turgunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Xusanboy Maxammadqosim o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnolgiyalari universiteti. 
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar asosida aksiyadorlik jamiyatlarida biznes-jarayonlarni samarali boshqarishga oid ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari: 
rivojlangan mamlakatlarda biznes jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish va korporativ raqobatbardoshlikni oshirishga oid tajribalarini  o‘rganish va tahlil qilish natijasida biznes jarayonlarini boshqarishni raqamlashtirish bilan bog‘liq “biznes jarayonlar”, “biznes jarayonlarni samarali boshqarish”, “biznes-jarayonlarni raqamlashtirish”, “raqamli biznes ekotizimi” kabi terminlarga mualliflik ta’riflari hamda raqamli texnologiyalar asosida biznes-jarayonlarni boshqarish tizimini shakllantirishga uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
 aksiyadorlik jamiyatlarida biznes-jarayonlar tasniflanib, ular subjarayonlarga ajratildi va har bir jarayonni boshqarishga tavsiya etiladigan raqamli texnologiyalarning tavsiyaviy ro‘yxati shakllantirilib,  alohida jarayonlar va aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha  raqamlashtirish samaradorligi indeksini baholash uslubiyati taklif etildi;
aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli iqtisodiyotga sarflangan xarajatlar, asosiy fondlar tarkibida raqamli aktivlar ulushi va elektron platformalar orqali sotuvlar ulushi ko‘rsatkichlari asosida  mavjud ichki va tashqi muhit sharoitlarni hisobga oluvchi raqamlashtirish salohiyatidan foydalanish darajasini baholashning indeksli usuli ishlab chiqildi;
biznes jarayonlarni boshqarishni raqamlashtirishning joriy holatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar, raqamlashtirish salohiyati va unga ta’sir etuvchi omillarni hamda raqamli modellarini qo‘llash imkoniyatlarini ekonometrik baholash asosida aksiyadorlik jamiyatlarida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmining 2030-yilga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar asosida aksiyadorlik jamiyatlarida biznes-jarayonlarni samarali boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarida biznes-jarayonlar, ularni samarali boshqarishga berilgan ta’riflar, qarashlarning nazariy asoslari, o‘ziga xos xususiyatlari, biznes-jarayonlarni samarali boshqarish mezonlarini tasniflanish, biznes-jarayonlarini samarali boshqarishda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning metodologik asoslari va ilg‘or rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalari asosida yangicha yondashuv taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (2025 yil 07 iyuldagi 01/53-sonli ma’lumotnoma), “O‘zbekneftegaz” AJ (2025 yil 03 oktyabrdagi  03-18-8-917-sonli ma’lumotnoma) va "O‘zbektelekom" AJ (2025 yil 03 oktyabrdagi 27-03-38/4899-son ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Mazkur ilmiy taklifning Bank-moliya akademiyasi, “O‘zbekneftegaz” AJ va "O‘zbektelekom" AJ larning o‘quv markazlari o‘quv jarayoniga joriy etilishi natijasida tinglovchilarning raqamli texnologiyalar asosida biznes-jarayonlarini boshqarish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yanada kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirishga imkon yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida biznes-jarayonlarni tasniflash, subjarayonlarga ajratish va raqamli texnologiyalarning tavsiyaviy ro‘yxatini shakllantirish, alohida jarayonlar va aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha  raqamlashtirish samaradorligi indeksini baholash uslubiyati “O‘zbekneftegaz” AJ (2025 yil 03 oktyabrdagi 03-18-8-917-sonli ma’lumotnoma) va "O‘zbektelekom" AJ (2025 yil 03 oktyabrdagi 27-03-38/4899-sonli ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. AJ lar  biznes-jarayonlarini raqamlashtirish samaradorligini
1 foizga oshirish hisobiga ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmini o‘rtacha 
10,8 foizga, sof foydaning esa 2,5 foizga yoki o‘rtacha 11,9 mlrd.so‘mga oshirishiga erishilgan. Raqamli echimlar asosida mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish va foyda o‘sishi hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, inson kapitalini rivojlantirish, mehnatga haq to‘lash fondini kengaytirish, xodimlar daromadlarining o‘sishi va ularning ijtimoiy farovonligi yaxshilash imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining raqamlashtirish salohiyatidan foydalanish darajasini baholashning indeksli usuli bo‘yicha taklifning “O‘zbekneftegaz” AJ (2025 yil 03 oktyabrdagi 03-18-8-917-sonli ma’lumotnoma) va "O‘zbektelekom" AJ (2025 yil 03 oktyabrdagi 27-03-38/4899-sonli ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamlashtirish salohiyatidan foydalanish darajasining 3 foizga oshishi hisobiga jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmining 4 foizga oshishiga va xarajatlarni esa 2,3 foizga qisqartirishga erishilgan. Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi korxonalar faoliyatida shaffoflik va samaradorlikni oshirib, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, xodimlar malakasining yuksalishi, xizmat va mahsulotlar sifati hamda iste’molchilar manfaatlarining yaxshiroq himoya qilinishiga xizmat qiladi;
biznes jarayonlarni boshqarishni raqamlashtirishning joriy holatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar, raqamlashtirish salohiyati va unga ta’sir etuvchi omillar hamda raqamli modellarini qo‘llash imkoniyatlarini ekonometrik baholash asosida aksiyadorlik jamiyatlarida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmining 2030 yilga prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekneftegaz” AJ (2025 yil 03 oktyabrdagi  03-18-8-917-sonli ma’lumotnoma) va "O‘zbektelekom" AJ (2025-yil 03 oktyabrdagi 27-03-38/4899-sonli ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Mazkur taklifning prognoz ko‘rsatkichlari asosida "O‘zbektelekom" AJda 2030 yilda 2024 yilga nisbatan xizmat ko‘rsatish hajmi 1,8 barofarga, sof foyda 2,1 barobarga oshirilishiga erishiladi. Shu asosida aksiyadorlik jamiyatlarining uzoq muddatli strategik rivojlantirish dasturlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish