Meliev Voxidjon Pulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiya himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalari faoliyatini raqamlashtirish samaradorligini baholash (Kimyo sanoati korxonalari misolida)”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integrasiya”.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3654. 
Ilmiy rahbar: Qodirov Tuyg‘un Uzoqovich – iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor. 
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc 19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norkulov Suhrob Turakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor v.b.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalari faoliyatini raqamlashtirish samaradorligini baholashning uslubiy vositalarini ishlab chiqish hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga oid ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari: 
sanoat korxonalarini raqamli transformasiyalash asosida mijozlar talabi, bozor sharoiti va texnologik infratuzilmani uyg‘unlashtirishtirgan holda biznes yuritishning moslashuvchan modeli hamda innovasiyalarni joriy etishda yangi imkoniyatlarga ega bo‘lish va iqtisodiy barqarorlikka erishishini ta’minlashga qaratilgan uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
sanoat korxonalarini raqamlashtirish jarayonlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tasniflanib, raqamlashtirish samaradorligini baholashning uch o‘lchamli (texnologik daraja, iqtisodiy samaradorlik, kiberxavfsizlik va tayyorgarlik) TES modeli taklif etilgan;
kimyo sanoati korxonalarini raqamlashtirishning yuqori va etalon (Industy 4.0)  darajasiga erishishga xizmat qiladigan, raqamli transformasiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimi, ularning vazni va mezonlari aniqlangan  holda, iqtisodiy va texnologik o‘sish indeksi taklif etilgan; 
kimyo sanoati korxonalarida raqamlashtirish darajasining turli ssenariylarida iqtisodiy samaradorlikka erishishning  2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalari faoliyatini raqamlashtirish samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llab biznes yuritishning yangi “Sanoat korxonalarida yangi raqamli texnologiyalar asosida biznes yuritish” modeli taklifi «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati (2025 yil 4 iyundagi 22-04-06-sonli ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotgan joriy etilib, “Kimyo sanoatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda biznes yuritishning 5 bosqichli raqamli transformasiyasidan foydalanilgan. Ushbu ilmiy taklifni amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bir tomondan, kimyo korxonalarida ish o‘rinlari barqarorlashadi va yuqori qo‘shimcha qiymat yaratilishi hisobiga xodimlar daromadi oshadi, ikkinchi tomondan, raqamli nazorat va monitoring orqali ishlab chiqarish xavfsizligi, ekologik talablarga rioya etish, chiqindilarni kamaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish hisobiga aholi salomatligini yaxshilash imkoni kengaytiriladi;
sanoat korxonalarida raqamlashtirish darajasi samaradorligini baholash (TES) modeli taklifi «O‘zkimyosanoat» AJ  (2025 yil 4 iyundagi 22-04-06-sonli ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Jumladan, jamiyat tarkibidagi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ korxonasida modelni qo‘llanilishi natijasida raqamlashtirilganlik darajasini 10.4 birlikka,  ma’lumotlar tahlili va AI/ML tizimi qo‘llanilishi hisobiga texnologik raqamlashtirilganlik ko‘rsatkichini 9 birlikka oshirishga erishildi. Bu o‘z navbatida korxonada ishlab chiqarish va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, texnologik xatarlar va nosozliklarni barvaqt aniqlash, ishchilar mehnat sharoitlari va sanoat xavfsizligini yaxshilash hamda ekologik ta’sirni kamaytirishshga xizmat qiladi;
kimyo sanoati korxonalarini raqamlashtirishning yuqori va etalon (Industy 4.0)  darajasiga erishishga xizmat qiladigan, raqamli transformasiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash uchun taklif etilgan ko‘rsatkichlar tizimi, ularning vazni va baholash mezonlaridan “Kimyo sanoatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” parametrlarini shakllantirishda foydalanilgan 2025 yil 4 iyundagi 22-04-06-sonli ma’lumotnoma). Ishlab chiqarishni Industry 4.0 etalon darajasiga yaqinlashtirish orqali  texnologik xavflarni kamaytirish, energiya va resurs tejamkorligini ta’minlash hamda ekologik yuklamani pasaytirish imkoniyati yaratiladi;
kimyo sanoati korxonalarida raqamlashtirish darajasining turli ssenariylarida iqtisodiy samaradorlikka erishishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari  taklifi «O‘zkimyosanoat» AJ  (2025 yil 4 iyundagi 22-04-06-sonli ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilib, 2030 yilda ishlab chiqarish xajmining 
1,6 barobarga, sof foydaning 2 barobarga o‘sishidan “Kimyo sanoatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” parametrlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, tarmoqda raqamlashtirish bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy asoslangan va iqtisodiy jihatdan hisob-kitob qilingan holda amalga oshirilishini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda yuqori malakali yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati kengayadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish