Sharipova Shaxzoda Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda turizm madaniyatining roli, 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal576
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/13.06.2025.F.178.02
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isaxanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qobilov Rustam Rajabboevich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm madaniyatini yuksaltirish orqali xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy mexanizmlarini ochib berish va uni takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm madaniyatining xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi etnomadaniy, ijtimoiy-iqtisodiy omillar va rag‘batlantiruvchi mezonlar iqtisodiyotning strategik sektori sifatida qonuniyatli jarayon bo‘lib, xalqaro diplomatiyani kuchaytirishi faktual asoslangan;
turizm madaniyati xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish tizimi paradigmasiga abduksiya usulida aksiologik yondashish mental xususiyatlarni chetlab o‘tayotganligi sababli bevosita aholi ma’naviy-madaniy qadriyatlariga ta’sir ko‘rsatishi aksiologik, gnoseologik, akmeologik jihatdan isbotlangan;
turizm madaniyati takomillashuvi madaniyatlararo hamkorlikning ijtimoiy-funksional, attraktor xususiyati va milliy taraqqiyot konsepsiyasining murosa va konsensusga erishish tamoyiliga ko‘ra kogerent bog‘liqligi isbotlangan;
Yangi O‘zbekistonda fuqarolarda turizm madaniyatini yuksaltirishning obektiv va subektiv asoslari hisoblangan turizm sohasidagi islohotlar, turizm etikasini rivojlantirish madaniyatlararo muloqot tamoyili, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish ko‘rinishidagi potensial imkoniyatlari kumatoid usulida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda turizm madaniyatining rolini ilmiy jihatdan tadqiq etish asosida:
turizm madaniyatining xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi etnomadaniy, ijtimoiy-iqtisodiy omillar va rag‘batlantiruvchi mezonlar iqtisodiyotning strategik sektori sifatida qonuniyatli jarayon bo‘lib, xalqaro diplomatiyani kuchaytirishi faktual asoslanganligiga oid xulosalar va taklif-tavsiyalardan Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar soni yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-135-son Qarori 5z-ilovasi Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturda va hududda turizm sohasini rivojlantirish dasturi va “Yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 9-avgustdagi 03-12-17-5066-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasining 3-bobi “Turizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari” bo‘yicha vazifalarni belgilashda, turizm sohasida turistik xizmatlar raqobatbardoshligiga erishish, Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishida hamda turizm madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sohasini optimallashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
turizm madaniyati xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish tizimi paradigmasiga abduksiya usulida aksiologik yondashish mental xususiyatlarni chetlab o‘tayotganligi sababli bevosita aholi ma’naviy-madaniy qadriyatlariga ta’sir ko‘rsatishi aksiologik, gnoseologik, akmeologik jihatdan isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati “Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 2022-yilda bajarilgan 22/01/01 raqamli “Mahallalarda yoshlarning diniy ekstremizm va missionerlik ta’siriga tushib qolishni oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi amaliy grand loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati “Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 2024-yil 10-iyundagi 24/08-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirishga, fuqarolarimizda turistik madaniyatni shakllantirish va xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish orqali mamlakatimiz turistik salohiyatini oshirishga xizmat qilgan;
turizm madaniyati takomillashuvi madaniyatlararo hamkorlikning ijtimoiy-funksional, attraktor xususiyati va milliy taraqqiyot konsepsiyasining murosa va konsensusga erishish tamoyiliga ko‘ra kogerent bog‘liqligi isbotlanganligiga oid ilmiy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Adolat sotsial-demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining ijrosini ta’minlashda va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat sotsial-demokratik partiyasining 2024-yil 20-iyundagi 01-17/40-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda turizm sohasini modernizatsiyalashga, mamlakatimizda xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni funksional jihatdan optimallashtirishga doir ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqarishga oid ko‘nikmalarni shakllantiruvchi turizm madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda fuqarolarda turizm madaniyatini yuksaltirishning obektiv va subektiv asoslari hisoblangan turizm sohasidagi islohotlar, turizm etikasini rivojlantirish madaniyatlararo muloqot tamoyili, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish ko‘rinishidagi potensial imkoniyatlariga oid ilmiy yangilik, metodologik tavsiyalar va amaliy takliflardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2024-yil efirga uzatilgan “Samarqand-yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” ko‘rsatuv ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 25-iyundagi 01-07/163-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirish va ko‘rsatuvni ssenariysini mazmunan boyitishga hamda yoshlarda turizm madaniyatini shakllantirish va xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni kuchaytirishda pragmatik, innovatsion yondashuv muhim omil ekanligini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.