Xabibullaeva Shirinxon Toxir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish (“O‘zkimyosanoat” AJ misolida)”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2369.
Ilmiy rahbar: i.f.d., prof.Suyunov Dilmurod Xolmurodovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kenjabaev Aman Turgunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moyil.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar asosida kimyo sanoati tarmog‘ida korporativ boshqaruvning institutsional va funksional mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra “korporativ boshqaruvni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish” tushunchasiga mualliflik ta’rifi korporativ tashkilotlarda raqamli texnologiyalar yordamida qaror qabul qilish jarayonlarini tezkorlashtirish, boshqaruv jarayonlarining shaffofligini oshirish, manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni samarali tashkil etish hamda tashkilotning strategik maqsadlariga erishishni ta’minlovchi zamonaviy boshqaruv amaliyoti nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
kimyo sanoatidagi aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichi (CAPM) ga moliyaviy faoliyat xarajatlari, zahira kapitali, soliq to‘lagunga qadar foyda, investision kapital va debitorlik qarzlarining ta’sirini ekonometrik baholash asosida, raqamli texnologiyalarni korporativ boshqaruv jarayonlariga joriy etish orqali ushbu omillar ta’sirini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish imkoniyati ilmiy asoslab berilgan;
PSL-SEM algoritmi asosida «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari faoliyati samaradorligini baholash jarayonida, ularning taftish funksiyasi ijobiy, operasion faoliyati va raqamli texnologiyalarning ta’sir doirasi salbiy ta’sirga ega ekanligi aniqlash orqali kuzatuv kengashlari faoliyatiga ta’sir etuvchi yashirin omillar tizimlashtirilgan va ularni tartibga solish taklifi asoslangan;
korporativ boshqaruvini raqamlashtirish asosida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2030-yilgacha rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kimyo sanoati tarmog‘idagi korporativ boshqaruvni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra “korporativ boshqaruvni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish” tushunchasi korporativ tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari orqali qaror qabul qilish jarayonlarini tezkorlashtirish, boshqaruv jarayonlarining shaffofligini oshirish, manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni samarali tashkil etish hamda tashkilotning strategik maqsadlariga erishishni ta’minlovchi zamonaviy boshqaruv amaliyoti nuqtai nazaridan takomillashtirish taklifi «O‘zkimyosanoat»AJ tomonidan amaliyotga  (2025-yil 28-maydagi  22-285-sonli ma’lumotnoma) joriy qilindi. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari orqali qaror qabul qilish jarayonlarini tezkorlashtirish, boshqaruv jarayonlarining shaffofligini oshirish, manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni samarali tashkil etish tushunchasidan tarmoq va korxonalar faoliyat konsepsiyasini ishlab chiqishda, tizimning barcha rahbarlari va xodimlarining malaka oshirishi jarayonida ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yanada kengaytirishga imkon yaratilgan; 
kimyo sanoatidagi aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichi CAPMga moliyaviy faoliyat xarajatlar [-0,051], zahira kapital [0,16], soliq to‘lagunga qadar foyda [0,02], Invested capital [0,081], debitorlik qarzlari [-0,106] larning ta’sir koeffisientlarini asoslashga oid taklifi «O‘zkimyosanoat»AJ tomonidan amaliyotga  (2025-yil 28-maydagi  22-285-sonli ma’lumotnoma) joriy etilishi natijasida “Navoiazot” AJ korporativ boshqaruv samaradorligini 10 foizga yoki 15,3 mlrd. so‘mga oshirishga, korxona faoliyatini bozor talablariga ko‘ra muvofiqlikka erishish, tashqi muhitga moslashtirish, yuk tashish imkoniyatlarini hisobga olish va optimal foyda hajmini 8 foizga yoki 23,5 mlrd. so‘mga oshirish imkoni yaratilgan. Bu esa korxonaning bozor talablariga moslashish, raqobatbardoshligini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va ishchi-xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yaxshilash imkonini yaratadi;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv tizimida PSL-SEM algoritmi asosida Kengash operasion faoliyatining salbiy (F2=-0,174), Kengashning taftish funksiyasi ijobiy (F3=0,166), Kengashga raqamli texnologiyalarning ta’sir doirasi salbiy (F4=-0,203) ta’sirlarini aniqlash orqali kuzatuv kengashining boshqaruv darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi yashirin omillarni tartibga solish taklifi «O‘zkimyosanoat»AJ tomonidan amaliyotga  (2025-yil 28-maydagi  22-285-sonli ma’lumotnoma) joriy qilindi. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Navoiazot” AJda raqamli platformalardan foydalanish asosida korxonani rivojlantirish strategiyalarini takomillashtirish va yashirin omillar aniqlangani tufayli boshqaruvning shaffofligini oshirish imkoni yaratilgan;
korporativ boshqaruvini raqamlashtirish asosida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2030-yilgacha rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlari taklifi «O‘zkimyosanoat»AJ tomonidan amaliyotga  (2025-yil 28-maydagi  22-285-sonli ma’lumotnoma) joriy etilishi natijasida sof foydaning 9,88 foizga o‘sishi aniqlanib, korporativ boshqaruvni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha uzoq istiqboldagi ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan. Bu davlat byudjeti uchun soliq tushumlarining o‘sishiga, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, infratuzilmaga qo‘shimcha investisiyalar kiritish, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish