Toshalieva Saodat Toxirovnaning
fanlari doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqalarni  iqtisodiy rivojlantirishning metodologik asoslari”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt448.
Ilmiy maslaxatchi: ilmiy maslaxatchisiz.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kadirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madraximov Qaxramon Egamberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tizimi ahamiyatlilik darajasi bo‘yicha “asosiy harakatlantiruvchi”, “barqaror rivojlanishni ta’minlovchi” va “iqtisodiy faollik uchun tabiiy va ijtimoiy asos yaratuvchi” omillar guruhlariga ajratish asosida takomillashtirilgan; 
mintaqaviy iqtisodiyotning rivojlanish holatini kompleks baholashning kompozit klasterli indeks ( ), iqtisodiy dinamika-integral indeksi ( ), SAM samaradorlik indeksi ( ) hamda mehnat unumdorligi va bandlik samaradorligi indeksi ( ) usullari ishlab chiqilgan;
hududlarni bazaviy tahlil qilish, salohiyat va raqobat ustunliklarini aniqlash, senariy va prognoz modellash, strategiya va klaster asosida rivojlantirish, monitoring, iqtisodiy ta’sirni baholash va qayta aloqa bosqichlarini qamrab olgan mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirishning kompleks integrallashgan metodologiyasi taklif etilgan;
mintaqalarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishga asoslangan konseptual model va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asosida hududlarning o‘zaro integratsiya qilish, investision muhitning jozibadorligini oshirish va ijtimoiy farovonlikni mustahkamlashning “ixtisoslashuv – samaradorlik – barqarorlik” modeli taklif etilgan;
O‘zbekiston mintaqalari iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan uzoq muddatli prognoz senariylari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirishning metodologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tizimi ahamiyatlilik darajasi bo‘yicha “asosiy harakatlantiruvchi”, “barqaror rivojlanishni ta’minlovchi” va “iqtisodiy faollik uchun tabiiy va ijtimoiy asos yaratuvchi” omillar guruhlariga ajratish taklifi  Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01/012-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyat iqtisodiyotining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ahamiyatliligi bo‘yicha tizimlashtirgan holda ularning ta’sir samarasini oshirishga doir chora-tadbirlarni takomillashuviga olib kelgan;
mintaqaviy iqtisodiyotning rivojlanish holatini kompleks baholashning kompozit klasterli indeks ( ), iqtisodiy dinamika-integral indeksi ( ), SAM samaradorlik indeksi ( ) hamda mehnat unumdorligi va bandlik samaradorligi indeksi ( ) usullari Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01/012-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyat iqtisodiyotining rivojlanish holatini kompleks baholash va shu asosida olinadigan xulosalarning aniqlik darajasining 5-8 foizga yaxshilanishiga erishilgan;
hududlarni bazaviy tahlil qilish, salohiyat va raqobat ustunliklarini aniqlash, senariy va prognoz modellash, strategiya va klaster asosida rivojlantirish, monitoring, iqtisodiy ta’sirni baholash va qayta aloqa bosqichlarini qamrab olgan mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirishning kompleks integrallashgan metodologiyasi Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01/012-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishning tartib-tamoyillarini ishlab chiqishning uslubiy asoslarini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
mintaqalarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishga asoslangan konseptual model va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asosida hududlarning o‘zaro integratsiya qilish, investision muhitning jozibadorligini oshirish va ijtimoiy farovonlikni mustahkamlashning “ixtisoslashuv – samaradorlik – barqarorlik” modeli Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01/012-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishning konseptual asoslari va uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston mintaqalari iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan uzoq muddatli prognoz senariylari Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01/012-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududni iqtisodiy rivojlantirishning chora-tadbirlari va prognozlari asosida uzoq muddatli davrdagi istiqbol ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish