Shamurotov Sabirjon Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa agrar sektorida suv resurslaridan samarali foydalanishning ekonometrik modellari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4966.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Rahimov Zahidjon Tayirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati agrar sektorida barqaror qishloq xo‘jaligi mahsulot etishtirishni ta’minlashda suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa agrar sektorida taqqoslama suv resurslari samaradorlik ko‘rsatkichini DEA (ma’lumotlar muhiti tahlili) modeliga ko‘ra yuqori (0,86-1,00 ball) o‘rta (0,71-0,85 ball) quyi (0,55-0,70 ball) darajalarda baholash yondashuvi taklif qilingan;
Xorazm viloyati tumanlar kesimida qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlanganlik darajasining qishloq xo‘jaligida taqqoslama suv resurslari samaradorligi ko‘rsatkichiga ta’sirini baholash bo‘yicha Bog‘ot tumani uchun y= 0,47lnx_1-1,31lnx_2+0.94lnx_3, Qo‘shko‘pir tumani uchun y= 1.29-0.22lnx_1+0,13lnx_2-0,02lnx_3, Hazorasp tumani uchun Y=0,95- 0.02lnx_1-0.04lnx_3, Shovot tumani uchun y= 1,86 -0,3lnx_1+0.13lnx_3 va Yangibozor tumani uchun y=1,23- 0,39lnx_1+0,07lnx_2+0.31lnx_3 ko‘p omilli regressiya modellari ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jalik erlar tarkibidagi lazerli tekislangan maydon ulushi va suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilgan maydon ulushi AgWP=1786,46 + 135,28ln(LevWST)+3123,15(LevLAA), kanallar betonlashtirish darajasi y=4104,6 + 569,76ln(LevCC) qishloq xo‘jaligi suv samaradorligi ko‘rsatkichiga ta’sirini baholash modellari ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi suv resurslaridan samaradorlik ko‘rsatkichi (water productivity), qishloq xo‘jalik erlar tarkibidagi lazerli tekislangan maydon miqdori, suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilgan maydon miqdori, betonlashtirilgan kanallar uzunligi bo‘yicha 2025-2029-yillarga prognoz ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa agrar sektorida suv resurslaridan samarali foydalanishning ekonometrik modellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa agrar sektorida taqqoslama suv resurslari samaradorlik ko‘rsatkichini DEA (ma’lumotlar muhiti tahlili) modeliga ko‘ra yuqori (0,86-1,00 ball) o‘rta (0,71-0,85 ball) quyi (0,55-0,70 ball) darajalarda baholash bo‘yicha taklif Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-sentyabrdagi 05-6-09/8915-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish jarayonida hudud taqqoslama suv resurslaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichiga ko‘ra hududga mos ekin turlarini va optimal miqdorini tanlashda xizmat qilgan;
Xorazm viloyati tumanlar kesimida qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlanganlik darajasining qishloq xo‘jaligida taqqoslama suv resurslari samaradorligi ko‘rsatkichiga ta’sirini baholash bo‘yicha Bog‘ot tumani uchun y= 0,47lnx_1-1,31lnx_2+0.94lnx_3, Qo‘shko‘pir tumani uchun y= 1.29-0.22lnx_1+0,13lnx_2-0,02lnx_3, Hazorasp tumani uchun Y=0,95- 0.02lnx_1-0.04lnx_3, Shovot tumani uchun y= 1,86 -0,3lnx_1+0.13lnx_3 va Yangibozor tumani uchun y=1,23- 0,39lnx_1+0,07lnx_2+0.31lnx_3 ko‘p omilli regressiya modellari bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-sentyabrdagi 05-6-09/8915-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Bog‘ot tumani, Qo‘shko‘pir tumani, Hazorasp va Shovot tumanlarida qishloq xo‘jaligi texnikalarini miqdor va sifat jihatidan oshirish taqqoslama suv resurslari samaradorligini oshirish imkonini bergan;
qishloq xo‘jalik erlar tarkibidagi lazerli tekislangan maydon ulushi va suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilgan maydon ulushi AgWP=1786,46 + 135,28ln(LevWST)+3123,15(LevLAA), kanallar betonlashtirish darajasi AgWP=4104,6 + 569,76ln(LevCC) qishloq xo‘jaligi suv samaradorligi ko‘rsatkichiga ta’sirini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan modellari bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-sentyabrdagi 05-6-09/8915-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash qishloq xo‘jaligida suv resurslarini baholash samaradorligini baholash bo‘yicha tuzilgan ko‘p omilli regression model natijalariga ko‘ra suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash darajasini 1 foizga oshirish 1 m3 suvga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini real bahoda 16,35 so‘m (nominal bahoda 95,16 so‘m)ga, lazerli tekislangan maydon darajasini 1 foizga oshirish 1 m3 suvga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini real bahoda 31,23 so‘m (nominal bahoda 181,74 so‘m)ga, kanallar betonlashtirish darajasini 1 foizga oshirish 1 m3 suvga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini real baholarda 199,52 so‘m (nominal baholarda 1161,34 so‘m)ga oshirishga xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligi suv resurslaridan samaradorlik ko‘rsatkichi (water productivity), qishloq xo‘jalik erlar tarkibidagi lazerli tekislangan maydon miqdori, suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilgan maydon miqdori, betonlashtirilgan kanallar uzunligi 2025–2029-yillarga prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-sentyabrdagi 05-6-09/8915-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari qishloq xo‘jaligida suv resurslari samaradorligi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.